A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə5/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

Xususiyatlari

DNK

RNK

Hujayrada uchrashi

Adro,mitoxondriya,xliroplast

Yadro,ribosoma,sitoplazma,mitoxondriya,xloroplast

Funksiyasi

Genetik axborotni saqlash,ko‘paytirish, nasldan naslga o‘tkazish

Oqsil biosintezida ishtirok etish

Polipedtid zanjiri soni

Qo’sh polinuklyatit zanjir

Yakka polinuklyatit zanjir

Uglevodlar

Dezoksiribonukleotidlar

Ribonukleotidlar

Purin asoslari

A,G

A,G

Pirimidin asoslari

S,T

S,U

7-BILET

  1. Energiya almashinuvining bosqichlarini tushuntiring.

Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetic almashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar,nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob organizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda o‘tadi 1. Tayyorgarlik bosqichi.2. Kislorodsiz bosqich – glikoliz. 3. Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi.





  1. Gulli o'simliklarda jinsiy ko'payish jarayonini izohlang.

Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralar – changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni hosil qiladi

Urug‘li o‘simliklarda erkaklik gametalarning rivojlanishi. 1 – changchi;2 – mikrosporotsit hujayra; 3 – mikrosporalar; 4 – hang donasi; 5 – vegetativ hujayra;6 – generativ hujayra; 7 – spermiylar.

Tugunchaning urug‘kurtagidagi diploid to‘plamli megasporotsit hujayra meyoz bo‘linishdan so‘ng 3 ta mayda, 1 ta yirik ujayra – megasporani hosil qiladi. Mayda hujayralar tezda nobud bo‘ladi. Megaspora 3 marotaba mitoz yo‘li bilan bo‘linadi va sakkiz yadroli murtak xaltasini hosil qiladi. Murtak xaltaning bir qutbida uchta, ikkinchi qutbida ham uchta, markazida esa ikkita hujayraning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan markaziy hujayra joylashadi.Murtak xaltasining mikropile tomonidagi uchta hujayrasining o‘rtadagi yirikrog‘i tuxum hujayra hisoblanadi .

1 – urug‘chi; 2 – megasporotsit hujayra; 3 – megaspora;4-, 5-, 6 – mitoz bo‘linish; 7 – murtak xalta; 8 – tuxum hujayra; 9 – markaziy hujayra.

Changlanishdan so‘ng urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naychachang yo‘lini hosil qiladi. Chang naychasi tez o‘sib, urug‘chi tugunchasi tomon o‘sib urug‘kurtakka yetib boradi. Hosil bo‘ lgan ikkita spermiy chang naychasi orqali urug‘kurtakdagi murtak xaltaga kiradi. Spermiylardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish deb ataladi.

Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish jarayoni.

Urug‘kurtakning urug‘langan hujayralari ko‘p marta bo‘lina boshlaydi.Urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan murtak, urug‘langan markaziy hujayradan esa endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda urug‘ni hosil qiladi. Shunday qilib, qo‘sh urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Uning po‘stidan shu urug‘ni o‘rab turadigan po‘st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo‘ladi.


  1. GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketmaketligidan iborat DNK molekulasi asosida sintezlangan i-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketmaketligini va oqsildagi aminokislotalar sonini aniqlang.

Echilishi: GTCATGGATAGTCCTAAT

CAGTACCTATCAGGATTA DNK

GUCAUGGAUAGUCCUAAU i-RNK nukleotidlar soni 18 ta, 1 ta aminokislota 3 ta nukleotidga teng

GUCAUGGAUAGUCCUAAU 18:3=6 ta aminokislota

Javob: nukleotidlar soni 18 ta, 6 ta aminokislota

8-BILET


  1. O‘simlik va hayvonlarning mineral oziqlanishini tushuntiring.

O‘simliklarning mineral oziqlanishi. Yashil o‘simliklar organizmidagi hayotiy jarayonlar uchun nafaqat uglevodlar, balki oqsillar, lipidlar, nuklein kislotalar, viraminlar, fi togormonlar ham zarur. Bu moddalar tarkibiga uglerod,vodorod, kisloroddan tashqari azot, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar ham kiradi. Bu elementlar o‘simliklar tomonidan mineral moddalar: sulfatlar,nitratlar, fosfatlar ko‘rinishida qabul qilinadi. O‘simliklar suvda erigan mineral moddalarni tuproqdan shimib oladi.

Hayvonlarning mineral oziqlanishi. Geterotrof organizmlarda kechadigan plastik jarayonlar, to‘qimalarning yangilanishi ko‘p jihatdan mineral moddalarga ham bog‘liq. Masalan, Ca tuzlari suyak, qon, tish dentini tarkibiga kiradi, qonning ivishi, muskullar qisqarishini ta’minlaydi. Nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi va hujayraning osmotik bosimini ta’minlaydi. Fosfor nuklein kislotalar, ATF, fermentlar, suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi, Temir elementi gemoglobin, mioglobin oqsillari tarkibida O2 tashilishini ta’minlaydi. Ftor tish emali tarkibiga kiradi.



  1. Hayvonlarda jinsiy ko‘payish jarayonini izohlang.

Hayvonlarda jinsiy ko‘payish. Bir hujayrali organizmlarda jinsiy jarayon – kopulatsiya (lotincha kopu latio – qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi.Bunda maxsus jinsiy hujayralar – gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi.Bu organizmlarda – gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi.Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaydi.Konyugatsiya (lotincha konyugatsiya – birikish, bog‘lanish so‘zlaridan olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo‘linib ikkita gaploid yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o‘rtasida qo‘shni hujayralar sitoplazmasini bog‘lovchi ko‘prikcha yuzaga eladi. Har ikki tufelka yadrolarining biri sitoplazma suyuqligi bilan boshqasiga o‘tadi. Har bir tufelkadagi ikkita gaploid yadrolar o‘zaro qo‘shilib, diploid yadroni hosil qiladi.Konyugatsiyada ishtirok etgan tufelkalar tarqalib alohida hayot kechiradi.Konyugatsiya natijasida genetik axborot almashinuvi (rekombinatsiya) sodir bo‘lgani uchun yangi hosil bo‘lgan individlar genotipi dastlabki individlar genotipidan farq qiladi.Ko‘p hujayrali organizmlarda urug‘lanib va urug‘lanmasdan (partenogez)ko‘payish farqlanadi.

  1. DNK molekulasining uzunligi 850 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini aniqlang.

Ishlanishi:

1) L=N*0,34 => N=L/0,34 => 850nm/0,34nm=2500 ta N

2) 1 ta zanjirda – 2500 N; 2 ta zanjirda – 5000 ta N bor

Javob: Nkleotidlar soni 5000 ta



9-BILET

  1. Transpozonlar haqida ma'lumot bering.

Ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar evolutsiyasida muhim o‘rin tutadigan genetik birliklar bo‘lib, ular xromosomalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi fragmentlaridir. Bunday elementlar o‘tgan asrning 40-yillarida AQSH olimasi B. Mak Klintok tomonidan kashf qilingan va bu ishi uchun olima 1984-yil Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Ko‘chib yuruvchi elementlarning uch xil tipi mavjud va ular birbiridan tuzilishi, ko‘chib yurish tipi va viruslarga o‘xshash yoki o‘xshashmasligi bilan farqlanadi. Shulardan birinchisi transpozonlar bo‘lib, ular DNK ning bir joydan ajralib chiqib, ikkinchi joyiga borib o‘rnashadi. Bunda DNK miqdor jihatdan o‘zgarmaydi. Transpozonlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi,markaziy qismida esa DNK molekulasini belgilangan joyda «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjud.Transpozonlar xromosomada o‘z o‘rnini o‘zgartirganda irsiyat ham o‘zgaradi.

  1. Oqsil molekulasining tuzilish darajalarini izohlang.

Oqsillar tarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologic polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» –birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko‘p jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog‘liq.Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar,o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer moddalar bo‘lib, ularning monomerlari aminokislotalardir.Oqsillarning tuzilishi. Oqsillar tarkibida aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘ hosil qilib birikadi (8-rasm). Shuning uchun oqsillar polipeptidlar deb ham yuritiladi. Bunda qo‘shni aminokislotalarning birikishidan bir molekula suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsil tarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga teng deb olish mumkin. Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibi, turning o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosidatuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir xil funksiyani bajarishiga qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq ham shunchalik katta bo‘ladi. Oqsil molekulasi tabiiy tuzilmasining yo‘qolishi denaturatsiya deyiladi.Denaturatsiyani yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish va boshqa omillar keltirib chiqaradi.

  1. DNK molekulasi 4000 nukleotiddan iborat. Shu DNK molekulasining uzunligini aniqlang.

Echilishi: N soni 4000 ta N*0,34 nm ga teng

DNK L=4000:2 * 0,34 nm = 680 nm

Javob: DNK molekulasining uzunligini 680 nm


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə