A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə30/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
imtixon javoblari 10 sinf

Stabillashtiruvchi tanlanish

Harakatlantiruvchi tanlanish

Dizruptiv tanlanish

Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruvchanligini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bog‘liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o‘zgarmasa, u holda populatsiya – yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘zgaruv chanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi mos ashgan,o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud bo‘ladi.

Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq qo‘ysa, oziq yetishmasligi zolalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.



Tabiiy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini kengay tiradi. Harakatlanti ruvchi tanla nish o‘z gar gan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkam laydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saq lana boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.

Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi

tanla nish deb ataladi.


Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq indi vidlar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy tanlanishning yana bir alohi da shakli bo‘lgan dizruptiv tanlanish natija sidir. Chunonchi, ikki nuqtali tugmacha qo‘ng‘izida mavsumiy polimorfizm hodisa sini ko‘rish mumkin. Bu qo‘n g‘izning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli kam nobud bo‘lib, yoz oylarida kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir qanotli formalilar qishda past haroratga bardosh berolmay ko‘proq nobud bo‘ladi va yoz oylarida esa ko‘p nasl beradi. Demak, yilning turli fasliga moslashish orqali bu ikki xil tugmacha qo‘ng‘iz guruhlari o‘z zaslini saqlab kelmoqda.

3.Darvinni yirik asarlari haqida ma’lumot bering?
Darvin dunyo bo‘ylab uyushtirilgan safardan qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan

tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini yaratish tajribasini o‘rgandi.U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni



15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi.1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868),«Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi.Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltirdi va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot natijalari, fi kr-mulohazalarini bayon etdi. Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va

tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi.
Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə