A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə27/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
imtixon javoblari 10 sinf

Lipidlarning funksiyalari. Lipidlar hujayrada xilma-xil funksiyalarni bajaradi. Plastik (qurilish materiali) funksiyasini bajaradigan lipidlarga hujayralar membranali tuzilmalarining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar, xolesterin,lipoproteinlar, glikolipidlar misol bo‘ladi.Buyrakusti bezidan ajraladigan kortikosteroid gormonlar va jinsiy bezlarning gormonlari steroidlar qatoriga kiradi va gormonal funksiyani bajaradi. 1g yog‘ to‘liq oksidlanganda 9,3 kkal yoki 38,9 kj energiya ajraladi Teri osti yog‘ kletchatkasi mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Lipidlar issiqlikni yomon o‘tkazganligi tufayli, organizmda issiqlikni saqlashga yordam beradi. O‘simliklarda va hayvonlarda yog‘ zaxira holda to‘planadi. Cho‘l hayvonlarida va qishda uyquga ketadigan hayvonlarda zaxira yog‘ energiya va suv manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘da eruvchi A, D, E, K vitaminlari fermentlarning koferment qismini tashkil qiladi.

2. Hujayra nazariyasining asosiy qoidalarini aytib bering.

Hujayra nazariyasi – barcha tirik organizmlar kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishining bir ekanligini e’tirof etuvchi umumbiologik qonuniyatdir.Teodor Shvann va Mattias Shleyden hujayra haqida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib hujayra nazariyasini yaratdilar (1838–1839-yillar). O‘simlik va hayvon organizmlari uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini ko‘rsatib berdilar.Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi ko‘pgina kashfi yotlarga bog‘liq. Rudolf Virxov hujayrasiz hayot yo‘qligi, hujayra faqat avval mavjud hujayralarning bo‘linishidan paydo bo‘lishi, hujayra hayotning hamma xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi va hujayraning asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini isbot qilib berdi. Karl Ber barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini isbotladi. Hozirgi vaqtda hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

1.Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional va rivojlanish birligidir.

2. Har bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi.

3. Bir va ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari tuzilishi va fi ziologik jarayonlari jihatidan o‘xshash.

4. Ko‘p hujayrali organizmlarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birgalikda to‘qimalarni hosil etadi.

5. Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi va nasllarga berilishini ta’minlaydi.

3. Bir zanjirda GTCATGGATAGTCCTAATnukleotidlar ketma-ketligi bo‘lgan DNK molekulasidagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang.

YECHISH: G T C A T G G A T A G T C C T A A T

C A G T A C C T A T C A G G A T T A

3 2 3 2 2 3 3 2 2 2 3 2 3 3 2 2 2 2

ADENIN va TIMIN nukleotidlari orasida 2ta H2 bo`ladi. Ya`ni A=T

GUANIN va SITOZIN nukleotidlari orasida 3ta H2 bo`ladi. Ya`ni G=S



11*2=22 AT 43ta

7*3=21 GS

JAVOB: DNK molekulsidagi vodorod bog`lar soni 43ta


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə