A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə25/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
imtixon javoblari 10 sinf

27-BILET

  1. Suvning hujayradagi funksiyalarini aytib bering.

Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali organizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suvning miq dori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘la di. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga mos lashganligi,dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi.Suvning biologik funksiyalari uning fi zik-kimyoviy xususiyatlari bilan belgilanadi. Suv molekulasi kislorod atomi va u bilan kovalent bog‘lar orqali bog‘langan ikkita vodorod atomidan tashkil topgan. Suv molekulasining bir tomoni musbat, ikkinchi tomoni esa manfi y zaryadlangan bo‘lib, dipol – ikki qutbli molekula deyiladi.

Suv molekulasi



Bitta suv molekulasining manfi y zaryadlangan kislorod atomi bilan ikkinchi suv molekulasining musbat zaryadlangan vodorod atomi orasida vodorod bog‘ hosil bo‘ladi. Har bir suv molekulasi 4 ta qo‘shni suv molekulalari bilan vodorod bog‘ hosil qilib birikadi.

Suv molekulalari orasidagi vodorod bog‘lar.



Suvning yuqorida keltirilgan xususiyatlari uning funksiyalarini belgi laydi. Suv ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi va organizmda oziq moddalarni, metabolism mahsulotlarini tashiydi. Suvda erigan mineral moddalar o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalari orqali barcha organlariga yetkaziladi.Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi.Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni gidrofi l moddalar deyiladi.

Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, oddiy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suvda yomon eriydigan va umuman erimaydigan modda larni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga polisaxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF,lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.



Gidrofi l mod daning suvda erishi. 1 – gidrofil birikma; 2 – suv molekulalari



2. Disaxaridlar va polisaxaridlar haqida ma'lumot bering.

Disaxaridlar: Saxaroza,Maltoza,Laktoza

Polisaxaridlar:Kraxmal,glikogen,selluloza,xitin,pectin,lixenin,geparin.

Disaxaridlar ikkita monosaxaridning birikishidan hosil bo‘ladi.Ikkita monosaxarid bir-biri bilan glikozid bog‘ orqali birikishi natijasida disaxarid – C12H22O11 hosil bo‘ladi.

С6Н12О6 + С6Н12О6 = С12Н22О11+ Н2О








Maltoza (glukoza + glukoza)

Saxaroza (glukoza + fruktoza)

Laktoza (glukoza + galaktoza)

Disaxaridlar ham, xuddi monosaxaridlar singari, suvda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega. Disaxaridlardan saxaroza (lavlagi yoki shakarqamish shakari) bilan laktoza (sut shakari) muhim. Sut shakari sutemizuvchilarda o‘sayotgan organizm uchun muhim.

Maltoza undirilgan don shakari deb ataladi. Chunki u don unib chiqishi davrida kraxmalning parchalanishidan hosil bo‘ladi.Polisaxaridlar yuqori molekular birikmalar bo‘lib, molekular massasi bir necha mingga, hatto milliongacha yetadi. Ular ta’msiz bo‘lib, suvda erimaydi.

Polisaxaridlar monomeri monosaxaridlardan tashkil topgan gomopolimer moddalardir. Ularning monomerlari o‘zaro glikozid bog‘lar orqali birikkan.

С6Н12О6 + С6Н12О6 + С6Н12О6 ..... + С6Н12О6 = (С6Н11О5)n + (Н2О) n

Polisaxaridlarga kraxmal, kletchatka selluloza, glikogen, xitin va pectin kiradi. Kraxmal, kletchatka, sellulozaning monomerlari glukozadir. Ba’zi uglevodlar oqsillar bilan glikoproteinlar, lipidlar bilan esa glikolipidlarni hosil qiladi.

Kraxmal o‘simliklar tanasida ko‘p to‘planadigan muhim polisaxaridlardan hisoblanadi. U o‘simlik donida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Masalan, sholi va makkajo‘xori donida 80% gacha, bug‘doy donida 60–70% gacha, kartoshka tuganagida 20% gacha kraxmal bo‘ladi.

Glikogen, ya’ni hayvon kraxmali deb ataladigan polisaxarid odam va hayvon,zamburug‘ organizmida zaxira oziq modda sifatida uchraydi.

Selluloza o‘simliklar tarkibida ko‘p bo‘lib, ular hujayra devorining asosini tashkil qiladi. O‘simliklar bargi to‘qimasining 15–30% i, yog‘ochligining 50% I sellulozadan iborat.

3. Kyuvening paleontologiya sohasidagi shlari haqida nimalar bilasiz?

Paleontologik ma’lumotlar qadimgi o‘simlik va hayvonot dunyosini bilib olishga, tashqi qiyofasini tiklash ga, fauna va fl oraning qadimgi va hozir gi vakillari orasidagi aloqani ko‘rsatib berishga imkon beradi. Biologiya fanida to‘plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi ko‘rinishda birdaniga paydo bo‘lmay, balki uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi ekanligidan guvohlik beradi. O‘simliklar va hayvonlar o‘zgarib organik olamning hozirgi vakillarini hosil etgan bo‘lsalar,aksariyat ko‘pchiligi yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Qattiq skeletga ega bo‘lmagan ko‘pchilik umurtqasizlar, tuban o‘simliklar, zamburug‘lar mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o‘zlaridan keyin nomnishon qoldirmagan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib,ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o‘rin almashgan.Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro‘y bergan. Yer qatlamlarida qadim zamonlarda o‘lib ketgan hayvon, o‘simlik ildizlari, skelet, suyaklar, jag‘lar,tishlar, shoxlar, tangachalar, chig‘anoqlar, o‘simlik poyalari birmuncha to‘liq holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho‘kindi jinslarni tekshirish uchun yupqa, shaff of shlifl arni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig‘ini ko‘rish mumkin.Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo‘lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening korrelatsiya qonuniga muvofi q kashf etgan rekonstruksiya (lotincha rekonstruktio – qayta tiklash) metodidan foydalaniladi. Rekonstruksiya metodi kalla, qo‘l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o‘zaro taqqoslab,nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi qiyofasini tiklashga muvaff aq bo‘lindi. Ch. Darvin o‘z vaqtida aleontologik solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to‘plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o‘simliklar olami qanday bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.




Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə