A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə26/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
imtixon javoblari 10 sinf

28-BILET

  1. Lipidlarning funksiyasini ayting.

Barcha tirik organizmlar hujayralari tarkibiga kiradi. Lipid qutblanmagan,gidrofob molekulalardir. Tuzilishiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi.

Neytral yog‘lar – tabiatda ko‘p tarqalgan lipidlar bo‘lib, 3 ta yog‘ kislota va 3 atomli spirt – glitserinning birikishidan hosil bo‘ladi. Bu guruhga hayvon yog‘lari va o‘simlik moylari kiradi. Mumlar – yog‘ kislotalar va ko‘p atomli spirtlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Mumlar terini, hayvonlarning junini,qushlarning patlarini qoplab turadi, ularni yumshatadi hamda suvdan himoya qiladi. Mum qoplami barg, poya, mevalarni suv ta’siridan, qurib qolishdan himoya qiladi. Fosfolipidlar – hujayraning membranali tuzilmalarini hosil qiladi. Glikolipidlar – lipidlarning uglevodlar bilan, lipoprotein – lipidlarning oqsillar bilan hosil qilgan birikmasi. Steroidlarga mansub – xolesterin hujayra membranasining muhim tarkibiy qismidir. Buyrakusti bezida, jinsiy bezlarda xolesterindan steroid gormonlar sintezlanadi. Ortiqcha xolesterin qon tomirlarda to‘planib, tomirlarni toraytiradi, ateroskleroz kasalligiga sabab bo‘ladi. A, D,E, K vitaminlari ham yog‘simon moddalarga kiradi.




Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə