A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə23/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

25-BILET

  1. Lipidlar va ularning guruhlarini aytib bering.

Lipidlar. Barcha tirik organizmlar hujayralari tarkibiga kiradi. Lipid qutblanmagan,gidrofob molekulalardir. Tuzilishiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi.Neytral yog‘lar – tabiatda ko‘p tarqalgan lipidlar bo‘lib, 3 ta yog‘ kislota va 3 atomli spirt – glitserinning birikishidan hosil bo‘ladi. Bu guruhga hayvon yog‘lari va o‘simlik moylari kiradi. Mumlar – yog‘ kislotalar va ko‘p atomli spirtlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Mumlar terini, hayvonlarning junini,qushlarning patlarini qoplab turadi, ularni yumshatadi hamda suvdan himoya qiladi. Mum qoplami barg, poya, mevalarni suv ta’siridan, qurib qolishdan himoya qiladi. Fosfolipidlar – hujayraning membranali tuzilmalarini hosil qiladi. Glikolipidlar – lipidlarning uglevodlar bilan, lipoprotein – lipidlarning oqsillar bilan hosil qilgan birikmasi. Steroidlarga mansub – xolesterin hujayra membranasining muhim tarkibiy qismidir. Buyrakusti bezida, jinsiy bezlarda xolesterindan steroid gormonlar sintezlanadi. Ortiqcha xolesterin qon tomirlarda to‘planib, tomirlarni toraytiradi, ateroskleroz kasalligiga sabab bo‘ladi. A, D,E, K vitaminlari ham yog‘simon moddalarga kiradi

2.RNK ning tuzilishini tushuntiring.



RNKning tuzilishi. RNK molekulasi bitta polinukleotid zanjiridan iborat.Tuzilishi, molekulasining katta-kichikligi, hujayrada joylashishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 xil RNK farq qilinadi.Informatsion RNK (i-RNK) oqsilning strukturasi haqidagi genetik axborotni yadrodan ribosomalarga yetkazadi. Ribosomal RNK (r-RNK) ribosomalarning tarkibiga kiradi, yadroda xromosomaning yadrocha hosil qiladigan qismida sintezlanadi. Transport RNK (t-RNK) yadroda hosil bo‘ladi,aminokislotalarni biriktirib ribosomaning polipeptid zanjiri yig‘iladigan joyga – ribosomaga yetkazadi.t-RNK «beda bargi» deb ataluvchi ikkilamchi struktu ra ga ega. t-RNKning mo lekulasida ikkita faol qismi bo‘lib, ulardan biri antikodon tripleti va ikkin chisi akseptor uchi. Antiko don tripleti, i-RNKning kodoniga komplementar. Akseptor uchiga aminokislotalar birikadi. RNK mo lekulalari DNK molekula sining qo‘sh zanjirining biriga kom plementar tarzda sintezlanadi.



3. DNK molekulasi 3000 nukleotiddan iborat, shundan 650 tasini sitozinli nukleotidlar tashkiletadi. Shu DNK molekulasining uzunligi va boshqa nukleotidlar sonini aniqlang.

YECHISH: 650ta sitozin 1300,

650ta guanin

850ta adenin 1700,

850ta timin

3000-1300=1700ta adenine va timin A-850, T-850, S-650, G-650

DNK zanjiri 2 ta spiraldan iborat bo’lganligi uchun 3000:2=1500

N orasidagi masofa 0,34 nm 1500*0,34=510nm

A+T+G=850+850+650=2350

JAVOB : 1. DNK molekulasining uzunli 510 nm ga teng=5100Angidtrum

2. boshqa nukleotidlar soni 2350 ta


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə