A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə28/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
imtixon javoblari 10 sinf

29-BILET

  1. DNK ning tuzilishi va tarkibi nimalardan iborat?

DNKning tuzilishi. DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib,qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi.Bir zanjirning purin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri bilan vodorod bog‘i orqali bog‘lanib komplementar juftlarni hosil qiladi.Adenin va timin o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i hosil bo‘lsa, guanin va sitozin o‘rtasida uchta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi.

Azotli asoslarning komplementarlik qonuniyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan:

1. Purin asoslarining soni pirimidin asoslari soniga teng.

2. Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C

3. Adenin va guaninlar sonining yig‘in disisitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga teng: A+G=T+C

Azotli asoslar komplementarligi DNK ning irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish vazifasining kimyoviy asosi hisoblanadi. Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlan gandagina irsiy axborot nasldan naslga xatosiz o‘tkaziladi.



2.Ushbu tasvirda qaysi jarayon aks etganligini biologik ma`lumotlar asosida izohlang.

1997-yil shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin universiteti olimlari erishgan natijalarning J. Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib, yetuk organizm oldilar.

3.Oqsilning massasi 36000 ga teng bo‘lsa, shu oqsilga mos i-RNK dagi va DNK dagi nukleotidlar sonini aniqlang.

Yechish:


Oqsil tarkibidagi aminakislita qoldig’ining o’rtacha molekulyar masasi: 120 ga teng

36000:120=300

1 ta oqsil 3 ta nuklyatitdan ibirat 300*3= 900 N.

DNK qo’sh zanjirli 900*2= 1800 nukleotid bor.

JAVOB: i-RNK da 900 ta N,DNK da 1800ta N bor.


Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə