A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə11/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

Taqqoslanadigan jihatlar

Fotоsintez

Nafas olish

Hujayraning qaysi qismida sodir bo‘ladi

Xloroplastlarda,

mitaxondriyalarda

Bosqichlari

Yorug’lik va qorong’ulik

Kislorodli

Boshlang‘ich mahsulot

CO2,ATF,NADF*H

C3H6O3

Oxirgi mahsulot

O2,ATF,NADF*H

CO2,H2O

Reaksiyaning ifodalanishi

6CO2 + 6H2O + quyosh energiyasi → C6H12O6 + 6O2

2C3H6O3+6O2+36ADF+36H3PO4=6CO2+42H2O+36ATF

C6H12O6+6O2+38ADF+38H3PO4= 6CO2+44H2O+38ATF



Ahamiyati

HUJAYRA HAYOTIY FAOLIYATINING ASOSI

HUJAYRA HAYOTIY FAOLIYATINING ASOSI

NADF-nikotinamidadenindinukleotidfosfat.

14-BILET

  1. Moddalar almashinuvining hujayradagi ahamiyatini tushuntiring.

Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. Organizm hayot faoliyatining har qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarfl ashni talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar yig‘indisi energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi.Hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastic va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi metabolizm, metabolism mahsulotlari esa metabolitlar deyiladi. Energetik almashinuv – dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning universal energiya zaxirasi bo‘lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi.

ADF + H2PO4+ 40 kJ = ATF +H2O

ATFning sintezi uchun kerak bo‘ladigan energiya hujayrada organic moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy bog‘larida saqlanadi. Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Plastik almashinuv reaksiyalari uchun zarur energiya manbayi ATF energetik almashinuv reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Energetik almashinuv reaksiyalarining yuzaga chiqishi uchun zarur fermentlar plastik almashinuv reaksiyalarida sintezlanadi. Plastik va energiya almashinuvlar orqali hujayra tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Bu jarayonlar hujayra hayoti davom etishining asosiy sharti, uning o‘sishi, rivojlanishi va funksiyalarini yuzaga chiqarish manbayidir.


  1. Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biribilan bog‘liqligini izohlang.

Tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligini saqlash uchun hujayra tuzilmalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlar moddalar almashinuvi jarayonida to‘xtovsiz sintezlanadi. Hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi. Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotrofl ar va geterotrofl arga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organic moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. Organik moddalarni sintezlashda yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar fototroflar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar xemotroflardir.Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetic almashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar,nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob organizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda o‘tadi:

1. Tayyorgarlik bosqichi.

2. Kislorodsiz bosqich – glikoliz.

3. Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi.



  1. Fotosintezni yorug‘lik bosqichini tushuntiring

Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning tilakoidlarida kechadi. Bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv,ADF, xlorofi ll ishtirok etadi.Yorug‘lik kvantlari – fotonlar xlorofi ll molekulasi elektronlarini qo‘zg‘atadi. Elektronlar energiyasi hisobiga ADF va fosfat kislotadan ATF sintezlanadi. Ya’ni yorug‘lik energiyasi ATFning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Elektronlar energiyasining bir qismi vodorod (H+) ionlarini vodorod atomlariga aylantirishga sarfl anadi.Natijada suv fotolizga uchraydi. Yorug‘lik energiyasi ta’sirida suvning parchalanishi fotoliz deyiladi. Hosil bo‘lgan vodorod atomlari NADF (nikotinamidadynindinukleotidfosfat) molekulalari – akseptorlarga birikib, energiyaga boy NADF·H hosil bo‘ladi. OH– (gidroksil) ionlari elektronlarini xlorofi ll molekulasiga uzatib, OH radikallariga aylanadi, radikallarning o‘zaro ta’sirlashuvidan suv va molekular kislorod hosil bo‘ladi.Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida O2, ATF, NADF·H hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi,energiyaga boy ATF va NADF·H qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarfl anadi.




Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə