A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini


Ninabargi, qubbasi va shoxlarida zaxarli



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/64
tarix15.04.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#105652
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

Ninabargi, qubbasi va shoxlarida zaxarli
xossalarga ega efir moyi mavjud. Bu archa turi
boshqa turlar bilan archazorlar hosil qiladi, ular
suvni saqlash, tuproqni himoyalash kabi muhim
aapaxTH. 
funksiyalami bajaradi.
44-pacM.
Capa


D O IM Y A SH IL SA R V I - C U PRESSU S S E M P E R V IR E N S
Bo‘yi 25 m gacha etadigan (30 m) keng shox-shabbali daraxt. 
Soyaga chidamli, ayniqsa yoshlik davrida boshqa daraxtzorlam ing 
shox-shabbalari ostida k o ‘p vaqt soyaga chidaydi. Uzoq vaqt davom 
etgan qurg‘oqchilikka chidamlidir, qisqa davomli -20°S gacha 
xaroratga chidaydi. Tuproqqa kam talabchan, toshloq, ohakli, 
hamda quruq engil tuproqlarda ham o ‘sadi, ammo kuchli sho‘rlan- 
magan boTishi zarur. Yumshoq, chuqur tuproqlarda yaxshiroq 
o ‘sadi. Ortiqcha nam tuproqlarda ko‘p yashamaydi va shamoldan 
zararlanadi.
Shahar sharoitiga chidamli. Uning shox-shabbalarini kesib har- 
xil shakllami hosil qilish mumkin. Juda ko‘p yil yashaydigan tur.
G L IP T O S T R O B U S S IM O N M ETA SEK V O Y Y A -
M E T A S E G U O A G L Y P T O S T R O B O ID E S
Katta daraxt boTib, bo‘yi 50 metrga, diametri 2 m etrga etadi. 
Shox-shabbasi tuxumsimon. Po‘stlog‘i jigar rang. Shoxlari po‘stini 
tashlab turadi. N ovda va barglari qarama-qarshi joylashadi. 
M etasekvoyyaning novdalari uzun va kalta boTib, yon kalta 
novdalari yashil rangda, qishda barglari bilan birga to ‘kilib ketadi.
M etasekvoyya daraxti simpodial tipda shoxlanadi. Shunga 
ko‘ra uning shox-shabbasi yon tomonga qarab o ‘sadi. Yon shoxlari 
to ‘g ‘ri burchak hosil qilib joylashadi. Kurtaklari tuxum shaklida
yirik, jig ar rang, yupqa tangachalar bilan o ‘ralgan, tuksiz, k o ‘pincha 
2 tadan joylashadi. Ninabarglari 0,8-1,25 sm gacha, mayin, nozik 
boTib, novdada qarama-qarshi joylashadi. Ularning yuz tomoni to ‘q 
yashil, orqa tomoni zangori yashil rangda bo‘lib, silliq, bandsiz.
M etasekvoyya bir uyli o‘simlik, 
6
yoshida changlanadi. Erkak 
qubbalari novdasining uchida barg qo‘ltig‘ida joylashadi. U lar 5 
mm uzunlikda boTib, shingilcha hosil qiladi. Gulyon barglari but 
shaklida joylashgan. Gulbandi 3 mm uzunlikda, mikrosporofili kalta 
bandchali. U rg‘ochi qubbalari bittadan joylashadi, bo‘yi 
8
mm, 
gulyonbarglari ham bularda butsimon joylashgan, ular oval yoki 
uchburchak shaklida.
45-rasm.
M etasekvoyya daraxti va 
novdasi.
Gulbandi 4 mm uzunlikda boTib, 
bargsiz. Qubbalari to ‘q jigarrang, nov­
dada osilib turadi. Ular birinchi yili 
etiladi. 
Qubba 
tangachalari 
qarama- 
qarshi joylashadi, har qaysi tangacha 
tagida 5-9 tadan urug‘ rivojlanadi. UrugM 
yassi, yupqa, tuxumsimon bo‘lib, uchki 
tomoni bir oz o ‘yiq. Metasekvoyya 
urug‘dan ko‘payadi. U o ‘q ildiz va yon 
ildizlar chiqaradi. Uni qishki qalam- 
chasidan ko‘paytirish mumkin.
Metasekvoyyaning qoldiqlari Yapo- 
niya va Xitoyda uchlamchi davr qatlam- 
laridan topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
uning vakillari bo‘r va uchlamchi davrdagi 
o‘rmonlarda o‘sgan. U ayniqsa, Markaziy 
Xitoyning g ‘arbiy tumanlarida ko‘p o‘sgan. 
U tabiatda soyaroq, nam erlarda, tog‘ 
qiyaliklarida, daryo qirg‘oq-larida, qumoq, 
kislotali tuproqlarda o‘sadi. Metasekvoyya 
Xitoyda 
shaharlarni 
ko‘kalamzorlash- 
tirishda ko‘p ekiladi. Sovuqqa va qurg‘oq-
46-rasm.
G‘arb tuyasi. 
chilikka chidamli. Yog‘ochi sifatli.


G ‘A RB TU Y A SI - T H U JA O C C ID E N T A L IS
B o ‘yi 10-12 m, diametri 1 m keladigan daraxt. Ayrim 
tuplarining b o ‘yi 30 m gacha ham etadi. Shox-shabbasi pirami- 
dasimon va jigar rangda. Katta yoshida p o ‘st tashlab turadi. 
Birlamchi va ikkilamchi novdalari yassi bo‘lib, yasmiqchali. Ular 
uchinchi yili silindr shakliga kiradi. Shox-shabbasi zich joylashgan. 
Barglari yozda to‘q yashil, qishda yashil-qo‘n g ‘ir rangda boMadi, 
smola bezlari yo ‘q. Yuqori novdalardagi barglari o ‘tkir uchli, qattiq, 
yon novdalaridagisi to ‘mtoq va oval shaklda boMib, novdaga 
yopishib joylashadi. Ular daraxtda 2-3 yilgacha saqlanadi. G ‘arb 
tuyasi bir uyli o ‘simlik. Qubbalari 5-6 juft tangachadan iborat 
bo‘lib, cho‘ziqroq-tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm. U lar kuzda etiladi, 
bu vaqtda tangachalari ochilib, ichidan qanotchali urug
4
lari 
to ‘kiladi. 1000 dona urug‘ining vazni 1,4 g keladi.
Tuya urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Qalamcha va payvand qilib, 
parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Olti yoshida changlana 
boshlaydi. Sekin o
4
sadi, soyasevar daraxt boMib, unumdor erlarda 
yaxshi o ‘sadi. Unumsiz erda barglari sarg‘ayadi. Qurg‘oqchilikka 
ham, sovuqqa ham chidamli. G ‘arb tuyasi Qora dengiz bo‘ylaridagi 
shaharlarda ko‘p o‘sadi. Shuningdek, u Sibirda va Uzoq Sharqda 
uchraydi. Yaponiyaning Xondo orolida dengiz sathidan 1000-1800 m 
balandlikdagi o ‘rmon mintaqalarida tarqalgan. Bu erlarda yirik 
o ‘rmonzorlar hosil qilgan. 100 yil yashashi mumkin. Evropaga tuya 
XVI asrda keltirilgan. Yog‘ochi o ‘zakli, smolasiz, yumshoq, engil, 
Kanadada va AQSh da yog‘ochidan shpal, stolbalar tayyorlanadi. U 
kemasozlik va duradgorlikda, qayiq yasashda ishlatiladi. Po‘stlog‘i va 
bargida S vitamin boMib, u singa kasalligiga davodir. Shuning uchun 
uni «hayot daraxti» deb ham atashadi.
G ‘arb tuyasi havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to ‘siq yara- 
tishda qulay daraxt hisoblanadi. Uning chiroyli xillari bor. Tuyani 
yakka-yakka, guruh yoki qator qilib ekish tavsiya etiladi. Lekin 
nihollari yosh vaqtida issiqdan zararlanadi, shuning uchun soya 
joylarga ekish mumkin.
SH A R Q B IO T A SI - B IO T A O R IE N T A LIS
Daraxt yoki buta, bo‘yi 10 m. Tanasining p o ‘stlog‘i to ‘q kul 
rang, po‘st tashlab turadi, shox-shabbasi piram ida shaklida b o ‘lib, 
vertikal o ‘sadigan novdalardan tuzilgan. Novdalari yassi, pishiq, 
yashil rangda. Barglari ninasimon, tangachasimon bo‘lib, uchi 
o ‘tkir, bezli, tiniq yashil rangda. Sharq biotasi bir uyli o ‘simlik. 
Asosan urug‘idan k o ‘payadi, qalamchadan ham ko‘paytirish 
mumkin. U sekin o ‘sadi, soyasevar, issiqsevar, qurg‘oqchilikka 
chidamli, katta yoshida sovuqqa ham chidamli, gazlarga chidamli. 
Har xil tuproqda o ‘saveradi. Lekin ohakli qumloq tuproqlarda 
yaxshi o ‘sadi. Ildizi baquvvat. Shoxlari egiluvchan bo‘lib, shamol 
ta ’siridan va qor bosib qolishidan zararlanmaydi. Sharq biotasining 
qalin, sharsimon shox-shabbali va egilib o ‘suvchi shakllari bor. 
Ba’zilari pakana, boshqalari baland bo‘yli, yashil zangori, oq- 
sarg‘ish rangda bo‘lib, juda chiroyli.
Sharq biotasi Shimoliy Xitoyning tog‘li xududlarida va Hisor 
tog‘ining T o‘palang daryosi qirg‘oqlarida tarqalgan. MDH ning 
janubiy tumanlaridagi shahar va parklarda o ‘sadi. Uni yakka-yakka 
yoki guruh qilib ekish tavsiya qilinadi. U ko‘kalamzorlashtirishda 
keng miqyosda foydalanilmoqda.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə