A. V. Mavlonov


Ma’lumot olishning vositalari



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə11/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

2.3. Ma’lumot olishning vositalari

Neft-gaz koni geologiyasining tajriba yg’li vositalari quduqlar va kg’plab asbob-uskunalar orqali hamda laboratoriyalarda olinadigan natijalardir. Bu vositalar majmuasiga kern olish uchun ishlatiladigan burg’u, yonboshdan tuproq oluvchilar, qatlamdan namuna oluvchi asboblar, har xil geofizik zondlar, quduqning egriligini g’lchovchi asboblar, har xil manometr, debitomer, rasxodomer, tog’ jinslarining va undagi suyuqliklarning geologo-fizik xossalarini tadqiq qiladigan laboratoriya asboblari kiradi.


Moddiy nusxalash usuli bilan qatlamga oid ma’lumotlarning ikkinchi darajali xulosalarini qg’lga kiritish mumkin. CHunonchi, quvur ichi neftga shimilgan qum bilan tg’latib, uni yoqilsa va natijalar kuzatilsa, qatlamni yoqqandagi natijalar kabi ma’lumot olish mumkin. SHu modelni kuzatish va uni boshqarish bilan jarayonning qanday kechishini kg’rish mumkin bg’ladi va uni qatlamga taqqoslash mumkin hamda natijalarni qatlamga tadbiq qilish mumkin. Undan tashqari natural modellar ham tashkil qilish mumkin, bunda asosan qandaydir yangi usuldagi tadqiqotlar ayrim kichik hajmdagi sharoitda olib boriladi va natija keyin tahlil qilinib, katta hajmda qg’llanadi. Tajriba maydonida uni g’tkazish uchun geologik-sanoat sharoitlar qulay holati tanlab olinadi.
Sanoat tajribasi neft-gaz qatlamlarini qazib chiqarish jarayonida ba’zi nazariy ma’lumotlarni amalda isbot qilish va natijani loaqal g’xshatishlik asosida amalda tatbiq qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Masalan, Romashkino konida uzluksiz suv bostirish jarayoni avval tajriba maydonida amalga oshirilgan va sg’ng konga tadbiq etilgan.
Quduqlarni kuzatish, ishlatish va qazib chiqarish vaqtida tg’plangan ma’lumotlar olinishi mumkin bg’lgan ma’lumotning asosiysidir. Bunda uyumning tuzilishi va unda rg’y berayotgan jarayonlar hamda g’zgarishlar xususida kg’p kerakli ma’lumotlar olishga imkon bg’ladi.


2.4. Dastlabki ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish va umumlashtirish usullari

Ma’lumotlarni umumlashtirish ham nazariy ham tajribalarni umumlashtirish tariqasida olib borilishi mumkin. Bu ishlarni amalga oshirishda neft koni geologiyasi faniga hamda unga yaqin bg’lgan fanlar katta yordam kg’rsatishi mumkin. SHuningdek, bu sohadagi tajribalarning natijalari asosida modellash usuli katta ahamiyat kasb etadi.


Real geologik holat cheksiz nuqta va shakllardan iboratdir hamda undagi jarayonlar uzluksizdir. Amalda esa biz rasmiy geologik makonga ega bg’lamiz va undagi jarayonlar chegaralidir. SHuning uchun rasmiy makon tg’la aniq bg’lmasligi mumkin. Uni tg’la aniq holatiga keltirish uchun turli usullar bilan olingan ma’lumotlarni bir-biriga taqqoslash va umumiy xulosalar chiqarish lozim bg’ladi. Bunday umumlashtirishlar ba’zan moddiy, ba’zan xayolan va yoki fikran bg’lishi mumkin.
Fikriy-xayoliy nusxalar bilish jarayonida kg’p qg’llaniladi. Har xil tajribalar ham avval xayolda pishitiladi, sg’ngra model kg’rinishida ifodalanishi mumkin. SHunday modellashning bir usuli - matematik modellash ya’ni ehtimollik nazariyasi va matematik statistika usullarini taqsimlanish nazariyasiga va solishtirish maqsadlarida qg’llash shular jumlasidandir. Matematik modellash ham uyumning fikriy modellashning bir turidir. Matematika kon geologiyasiga abstrakt strukturani beradi va u bilan real ob’ekt nusxasini tuzish imkoni paydo bg’ladi. G’sha ob’ektning elementlarida tajribalar g’tkazish va uning natijalarini butun sistemaga kg’chirish imkoni bg’ladi.
Grafik modellash xayoliy modellashning boshqa turidir. Bunda har xil kesmalar, korrelyatsion sxemalar tuzish orqali maqsadga erishish uchun harakat qilinadi va buning uchun g’sha chizmalardan foydalaniladi. Har xil tuzilishi mumkin bo’lgan xaritalar (struktura xaritasi, qazib chiqarish xaritasi, mahsuldorlik xaritasi, bosim xaritasi va sh.k.) yordamida qazib chiqarish jarayoni tg’g’risida tasavvurga ega bg’lamiz va uni kuzatib boshqaramiz. Turli grafiklar va ularda butun jarayonning namoyon bg’lishi (quduqdar soni, bosim g’zgarishi, suv haydash, suyuqlik olish va sh.k.) fikrimizning dalilidir.



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə