A. V. Mavlonov


Kondagi tadqiqotlar, ulardan ma’lumot olish usullari



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə10/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

2.2. Kondagi tadqiqotlar, ulardan ma’lumot olish usullari

Neft-gaz koni geologiyasining birlamchi ma’lumotlar manbaiga har xil usullar bilan qilinayotgan va umumiy masalalarni hal qilishga qaratilgan tadqiqotlarni kuzatishlar kiradi. Bu kuzatishlar quduqdan tog’ jinslari namunasini olish, qatlamdagi gaz va suyuqliklardan namunalar olish va ularni minerologik hamda geokimyoviyy va boshqa usullar bilan tahlil kilishdan boshlanadi, Undan tashqari quduqlar geoximik va gidrodinamik usullar bilan tadqiq qilinadi. Qazib chiqarish jarayonida quduq ishini kuzatish katta ahamiyat kasb etadi.


Laboratoriyalarda maxsus asboblar yordamida kern, shlam, neft-gaz va suv namunalarini tadqiq qilish tog’ jinslari, ularga shimilgan uglevodorod (UV) va suvlarning fizik-geologik xossalari tg’g’risida bevosita ma’lumot beradi. Laboratoriya sharoiti bilan qatlam muhiti g’rtasida anchagina tafovut mavjudligi tufayli olingan ma’lumotlar haqiqiysidan farq qiladi. Hozirgacha qatlam sharoitidagi namuna olish masalalari murakkabligicha qolmoqda. Faqat qatlamdan g’sha sharoitda neft va suv olinishi mumkin. Laboratoriya sharoitida olingan ma’lumotlarga har xil yordamchi chizmalardan foydalangan holda tuzatishlar kiritiladi.
Quduqlarni geofizik usullar bilan tadqiq qilish: 1) quduqlarning geologik kesmasini g’rganish; 2) uning texnik holatini g’rganish; 3) qazib chiqarish jarayonida qatlamlarning neft-gaz bilan shimilganlik xususiyatining g’zgarishini nazorat qilish maqsadlarida olib boriladi.
Quduqning geologik kesmasini g’rganish - geofizikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda elektrik, magnit, radioaktiv, termik, akustik, mexanik, geokimyoviy va boshqa usullardan foydalaniladi. Bularda har xil tog’ jinslarining turli xususiyatdagi tabiiy va sun’iy fizik maydonlari orqali g’rganiladi. Tog’ jinslarining fizik xossalari ulardagi elektrik, qarshilik, elektrokimyo va radioaktivlik bilan hamda sh.k. qator belgilar bilan farqlanadi. Geofizik tadqiqotlar natijalari har xil diagramma kg’rinishida aks ettiriladi.
Ma’lumki, tog’ jinslarining g’tkazuvchanligi, qattiqligi, zichligi neft va gaz bilan shimilganligi, ulardagi har xil radiaktiv nurlanishning mavjudligi va shu kabilar hamma jinslarda xilma-xil hamda rang-barangdir.
SHu vajdan tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlari (g’ovakligi, g’tkazuvchanligi, suyuqlik bilan shimilganlik darajasi va h.k.) geofizik usullar bilan yaxshi tadqiq qilinadi va u geologik va laboratoriya (kernlarni g’rganish va h.k.) tadqiqotlarini asosli ravishda tg’ldiradi. Geofizik tadqiqotlarni taqqoslash natijasida tog’ jinslarida mavjud kollektorlar va ularning xossalari, qatlamlarni tashkil qilgan qatlamchalarning xossalari, ularning neft, gaz va suvlar bilan shimilganligini aniqlash mumkin bg’ladi.
Quduqning texnik holatini aniqlashda inklinometriya - quduq tanasi tikligini va agar qandaydir og’ish mavjud bg’lsa (aksariyat hollarda bunday og’ishlar ma’lum darajada sodir bg’ladi) uning og’ish burchagi azimuti aniqlanadi: kavernometriya - quduqning asl diametrini aniqlash darajasini va uning mahkamlash sifatini aniqlash jarayoni hamda shu kabilar bilan bajariladi.
Geofizik usullar bilanquduq tanasiningg har bir joyida mavjud bo’lgan suv oqimlarini (yaxshi tsementlangan hollarda sodir bo’ladi) aniqlash mumkin.
Quduqlarni gidrodinamik usullarda tadqiq qilish kollektorning fizik xossalari va mahsuldorligini aniqlash va quduq mahsuldorligining u bilan bog’liqligi va qatlamdagi bosim bilan bog’liqligini aniqlashga qaratilgandir. Aslida bu munosabatlar asoslangan va matematik tenglamalar bilan ifodalangan hamda qatlamning fizik kg’rsatkichi (parametr) tariqasida ularning orasiga kiradi. Quduqning debitini qatlam va quduq tubi bosimi orasidagi farqni gidrodinamik usulda asoslangandan sg’ng, shu tenglama asosida quduq yoki qatlamning kg’rsatkichlarini topish mumkin bg’ladi. Undan tashqari bu usulda neft-gaz uyumining gidrodinamik sistemasi bilan bog’langanligi darajasini aniqlash mumkin.
Neft-gaz koni geologiyasida gidrodinamik tadqiqotlarning quyidagi turlari qg’llanadi:
1) bosimning qayta tiklanishi (kg’tarilishi);
2) suyuqlikni olishning barqarorligini ta’minlash;
3) quduqlarning g’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlash, qatlamdan oladigan va unga haydaydigan quduqlarning ishini kuzatish kon geologik usullarining birlamchi axborot beradigan manbaidir. Bu kuzatishlar jarayonida geolog qatlamni qazib chiqarish davomida quduqlarning beruvchan va qabul qiluvchanlik qobiliyatini, ulardagi suvlarning miqdori va kimyoviy tarkibining g’zgarishi, qatlam bosimining g’zgarishi, quduqlar sonining ahvoli tg’g’risida ma’lumotlar oladi hamda g’shalar yordamida qazib chiqarishni tekshiradi va boshqaradi.
Sistemali struktura yondoshish nuqtai nazaridan birlamchi axborot olish usullari imkoniyatini tahlil qilish bir xil xossalarni turli yg’llar bilan tadqiq qilish har xil natijalar berishini kg’rsatdi. Konni geologik makon sifatida tasavvur qilinganda va undan sistema ajratish vaqtida bu narsa yaqqol bilinadi.
Real geologik makonni cheksiz xususiyatlarga ega bg’lgan hisobsiz nuqtalardan iboratligini tadqiq qilish - neft-gaz koni geologiyasining vazifalaridan biridir. Bu makonni bevosita kuzatishlar bilan g’rganib bg’lmaydi, chunki har xil xususiyatlarga ega bg’lgan nuqtalar cheksizdir. SHuning uchun ham ma’lum bir nuqtalarni ularning ma’lum xususiyatlari rg’yxati bilan g’rganilib, ular orqali makon tg’g’risidagi tasavvurni ifodalaymiz. SHuning uchun ham "rasmiy nuqta", "rasmiy statistik geologik makon" tushunchasini kiritish lozim bg’ladi.
Agar nuqta ma’lum rg’yxatga olingan va ularning xossalari ham ularning aniqligi ham ma’lum darajada belgilangan bg’lsa, buni rasmiy nuqta deyiladi. SHunday rasmiy nuqtalarning majmuasi rasmiy statistik geologik makondir.
Real geologik makonda rasmiy makonning har xil shartlari bilan juda kg’p kg’rinishlarini joylashtirish mumkin (tg’g’ri tg’rtburchak, uchburchak, kesmali, uch, besh, etti nuqtali va sh.k.). Kam sonli razvedka quduqlar asosida tasvirlangan makon bilan kg’p sonli ishlatuvchi quduqlar natijasi bilan tuzilgan makonning farqi bor, albatta.
SHuni e’tibordan xoli qilmaslik kerakki, har xil uslub bilan tuzilgan rasmiy makon natijasi bir-biriga aynan g’xshash bg’lmasliga mumkin. Hamma gap shundaki, bu farqli usullarda ba’zi bir kg’rsatkichlarga kg’proq e’tibor berilgan bg’ladi va natijada g’rganilayotgan ob’ekt har xil strukturali darajaga mansub bg’lib qoladi.
Bu farqni quyidagi misolda yaqqol kg’rish mumkin: kern namunasi orqali jismning g’tkazuvchanligini g’rganish uchun 3 sm uzunlikdagi va 2 sm diametrdagi tsilindr shaklidagi namuna olinadi, uning hajmi 9*10-6 m3 ni tashkil etadi. Xuddi shu quduqda geofizik usulda tadqiqot qilsak, ta’sir doirasi, masalan, qatlamning qalinligi h=10 m bg’lganda quyidagicha bg’ladi:

PD2 h/4 = 3,14*752*10/4  4,4*102 m3


bu erda D=7,5 m zond bilan tadqiqot qilingandagi ta’sir doirasi g’lchami. Agar bu tadqiqot bosimning ko’tarilish usuli bilan olib borilsa, quyidagicha bg’ladi:


R=15 xt , x - qatlamning pezo g’tkazuvchanligi, t - tadqiqot qilingan vaqt. Qatlam bosimini kg’tarilishi 8 soat davomida x=1000 sm2/s kg’rsatkichda R=250 m ni tashkil etadi va h=10 m bg’lganda g’tkazuvchanlik g’lchanadigan tog’ jinsi hajmi PR2h=3,14*2502*102*10b m3 ni tashkil etadi.
YUqoridagi misoldan tajribalar darajasini belgilash mumkin, masalan quduqdan olingan namuna mikrodaraja ma’lumotini beradi, geofizik usul esa mezodarajani, gidrodinamik usul - makrodaraja ma’lumotini beradi. Lekin hamma darajadagi tadqiqotlar va ularning ma’lumotlari g’z g’rniga ega.
Rasmiy makonni tashkil qiluvchi rasmiy nuqtalar neft kon geologiyasida aksariyat quduqlarga joylashgan bg’ladi.
Neft koni geologi ixtiyorida har xil rasmiy nuqtalar bo’lishi va ular geologik makonda har xil joylashishi mumkin hamda ularni umumlashtirish, solishtirish foydali natijalarni olishga yordam beradi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə