A. V. Mavlonov


-bob. Neft-gaz kollektorlari, ulardagi neft- gaz va suvlarning xususiyatlari



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə12/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

3-bob. Neft-gaz kollektorlari, ulardagi neft- gaz va suvlarning xususiyatlari


3.1. Neft-gaz kollektorlari

Neft koni geologiyasi oldidagi echilishi lozim bg’lgan aniq vazifalardan biri uyumning ichki tuzilishiga g’rganish, qatlamlar orasida kollektorlarni belgilash va uning fizik xossalarini chamalash hamda aniqlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda statistik geologik konda tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan sistemani belgilash tuzilishi echib berishdir. Bunda tog’ jinslarini va uyumlarini o’rganish ularning tuzilishdagi mezo, makro, metastrukturalar darajasida olib borilmog’i lozim. Tog’ jinslarini kollektor va kollektor emasligini farqlamoq darkor. G’z bag’rida neft, gaz va suvlarni saqlash hamda sharoitlar yaratilganda ularni berish qobiliyatiga ega bg’lgan tog’ jinslari kollektor deb ataladi. Demak, kollektor, gaz, neft va suv bilan shimilgan holatda bg’lishi tabiiy, ular qatlamda g’zlarining solishtirma og’irliklariga qarab joylashadilar.


Hozirgi texnika va texnologiya sharoitlari hamda qazib chiqarish sistemasida mahsulot olinishi mumkin bg’lgan kollektorlar - mahsuldor kollektor deb ataladi. Ba’zi tog’ jinslari bag’rida mahsulot mavjud, lekin u ozroq miqdorda yoki geologo-fizik xususiyatlari tufayli ularni hozirgi texnika darajasida chiqarib bg’lmaydi. Bunday tog’ jinslarini mahsuldor bg’lmagan kollektor deb ataladi. Umuman, suyuqlik harakati mavjud bg’lmagan tog’ jinslari kollektor hisoblanmaydi. Tog’ jinslarining bir-biridan farqi va ularning er bag’rida joylashgan holatini, ularning chegaralarini aniqlash ushbu fanning vazifalaridandir.
Qatlamning chegaralari har xil tabiiy sharoitlar bilan belgilanadi. CHunonchi, qatlamning ma’lum joyda litologik tarkibi keskin g’zgarib, u kollektor holatidan kollektor bg’lmagan holatga g’tadi yoki qatlam ma’lum bir joyda tabiiy uzilma bilan kesilgan va uning chegarasi qirqilgan bg’ladi. SHu kabi belgilarga qarab neft-gaz tg’planishi mumkin bg’lgan geologik jismlarni sodda va murakkab turlarga ajratish mumkin.



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə