A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə43/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlari


A va V segment bo‘yicha


S
segmenti bo‘yicha


Segmentlar bo‘yicha jami


Realizatsiyadan
tushgan tushum

135000

15000

150000



O‘zgaruvchan
xarajatlar ayirmasi

52500

7500

60000



Marjinal foyda

82500

7500

90000



Doimiy xarajatlar
ayirmasi

55500

16500

72000



Foyda
(segmentlar bo‘yicha)

27000

-9000

18000







12000



Soliqqa tortishgacha
bo‘lgan foyda




6000


Keyingi jadvalda esa shu shartlardan kelib chiqib vazifani amalga oshirish va uning natijalari bo‘yicha alternativ variantlar taklif etiladi. Misolimizdagi farazlar bo‘yicha S segmenti bilan bog‘liq barcha doimiy xarajatlar bartaraf etiladigan xarajatlar deb e’tirof etiladi, ya’ni S segmenti tugatiladigan bo‘lsa bu xarajatlar sodir etilmaydi, deb.

Bartaraf etiladigan xarajatlar – segmentning mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki ish bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan doimiy xarajatlar bo‘lib, mabodo shu segment tugatiladigan bo‘lsa, uning shu faoliyatni amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lgan shunday xarajatlari ham barham topadi, ya’ni boshqa sodir etilmaydi, deb hisoblanadi.


Shunga muvofiq quyidagi jadvalda ko‘rinayaptiki, mabodo S segmenti tugatiladigan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasi 9000 p.b.ga oshadi.




Alternativ variantlar


S
segmentini qoldirish


S
segmentini tugatish


S
segmentini tugatish tarafiga og‘ish bo‘yicha


Realizatsiyadan
tushgan tushum

150000

135000

15000
(kamayish)




O‘zgaruvchan xarajatlar ayirmasi

60000

52500

7500
(xarajatlarning kamayishi)




Marjinal foyda

90000

82500

7500
(kamayish)




Doimiy xarajatlar ayirmasi

84000

67500

16500
(xarajatlarning kamayishi)




Soliqqa tortishgacha
bo‘lgan foyda

6000

15000

9000
(foydaning ko‘payishi)



Mana shu jadvalning oxirgi ustuni ma’lumotlarini diqqat bilan kuzatiladigan bo‘lsa, ana shu foydaning 9000 p.b. miqdorga ko‘payishi ikkita alternativ variantlardagi o‘zgarishlar, ya’ni tushum va xarajatlar miqdori o‘zgarishi natijasida vujudga kelgan.

Tushum va xarajatlarning o‘zgarishi ta’siri tahlili quyidagi jadvalda berilgan. Ushbu holatda S segmentining barcha doimiy xarajatlari bartaraf etiladigan xarajatlar deb qaralsa, u holda birinchi jadvalda hisoblanilgan (-9000) zarar ham shu subyekt tugatilishi natijasida bartaraf etiladigan deb qaraladi.


Shu o‘rinda alohida bir jihatga e’tiborni qaratish kerak, bu - segment faoliyati bilan bog‘liq doimiy xarajatlarning hammasi ham bartaraf etiladigan xarajatlar turkumiga mansub bo‘lavermasligidir. Bartaraf etiladigan xarajatlar o‘suvchi xususiyatga ega bo‘lib ular shu segment faoliyatini olib borsa ular vujudga keladi, segment faoliyati
kengayib borsa shunga muvofiq ularning miqdori ham o‘sadi va mos ravishda – segment faoliyatini tugatsa, bunday xarajatlar ham barham topadi, ya’ni bunday xarajatlar vujudga kelmaydi.


S segmenti tugatilishidan ko‘riladigan naf

Summa



Realizatsiyadan tushadigan tushumning oshishi

Yo‘q



Xarajatlarning kamayishi (7500 + 16500)

24000

Jami foyda

24000



S segmenti tugatilishidan ko‘riladigan chiqimlar

Summa



Realizatsiyadan tushadigan tushumning kamayishi

15000



Xarajatlarning ko‘payishi

Yo‘q

Jami zarar

15000



S segmenti tugatiladigan bo‘lsa, foyda o‘sishi

9000


Bartaraf etiladigan xarajatlar mohiyatini chuqurroq anglash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Ana shu faoliyati tugatilayotgan S segmentining rahbarlari va asosiy mutaxassislari S segmenti faoliyati tugatilishi munosabati bilan boshqa segmentlarga ishga o‘tishdi, deb faraz qilaylik.

S segmenti doimiy xarajatlarining (bu miqdor birinichi jadvalda keltirilgan – 16500 p.b.) umumiy miqdoridan 12000 p.b. ana shu rahbar va asosiy mutaxassislarining ish haqi xarajatlari. Ana shu farazdan keyin S segmentini tugatish bilan vujudga kelgan hisob-kitoblar natijasi o‘zgaradi. Xususan, shu holatda, ya’ni S segmenti tugatiladigan bo‘lsa – bartaraf etiladigan xarajatlar miqdori 4500 p.b.ga (16500 - 12000) teng bo‘ladi.


Tugatiladigan bo‘lsa ko‘riladigan naf




O‘zgaruvchan xarajatlarning kamayishi

7500



Doimiy xarajatlarning kamayishi

4500

Jami yutuq

12000

Tugatiladigan bo‘lsa ko‘riladigan chiqimlar



Realizatsiyadan tushadigan tushumning kamayishi

15000

Jami chiqim

15000



S segmenti tugatilishi natijasida foydaning kamayishi

3000

E’tirof etish kerakki, bartaraf etiladigan xarajatlari miqdoridan marjinal foyda miqdori yuqori bo‘lgan segment faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi mulohazalar to‘g‘ri emas. Bu qoida shu borada olib boriladigan barcha hisob-kitob va tahlillarda asosiy g‘oya sifatida qaralmog‘i kerak. Shu qoidani misolimizga tatbiq qiladigan bo‘lsak, bizning holatimizdagi xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari faoliyati tahlili natijalari quyidagi ko‘rinishga keladi:



S segmenti


Marjinal foyda


7500

Bartaraf etiladigan doimiy xarajatlar

4500

Foydaning o‘zgarishi

3000


Tahlil natijalari shuni ko‘rsatayaptiki, oldingi barcha qilingan hisob-kitoblarni oxirgi keltirilayotgan mana shu jadval natijalariga keltirish mumkin. Aniqrog‘i, xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari tarkibidan S segmenti faoliyati tugatiladigan bo‘lsa, subyektning foydasi haqiqatdan ham 3000 p.b.ga kamayadi. Lekin, xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotida zarar miqdori 9000 p.b. deb ko‘rsatilgan edi.

Olib borilgan tahlil va hisob-kitoblar natijasi bo‘yicha quyidagi xulosani keltirish mumkin: foyda keltirmayotgan segment faoliyatini tugatish bo‘yicha boshqaruv qarorini qabul qilish uchun ikki bosqichli tahlil ishlarini bajarish talab qilinadi. Birinchisi – marjinal usuldan foydalanib hisobot tuzish, ikkinchisi – o‘zgarishlarni hisoblash tahlili. Birinchisi – qaror qabul qilish uchun relevantli bo‘lgan bartaraf etiladigan xarajatlarni hisobga olish uchun yordam beradi. Ikkinchisi esa alternativ variantlarni taqqoslab xulosa chiqarish uchun asos beradi – tugatish kerakmi yoki tugatmaslik kerakmi, degan savolga javob beradi.


Misol:
Kompyuter markazida 10 nafar operator ishlaydi. Markaz rahbariga o‘sha 10 nafar operatorlar imzosi bilan, kompyuterlarning operatsion xotirasini kengaytirish maqsadida, kuchaytirishni so‘rab ariza tushgan.
Bu taklif markaz rahbariga uncha yoqmayapti. Amalda ishlayotgan "sistema" bundan ikki yil oldin 300 000 p.b.ga sotib olingan bo‘lib, uning yana foydali ish muddati 3 yil.
Yangi stansiyani sotib olish, har bir stansiya uchun 13500 p.b.ni tashkil qiladi. Foydali ish muddati ham 3 yil. Amaldagi tizimning (sistemaning) bir yillik xarajatlari 40000 ga teng. Ishlayotgan 10 nafar operatorning bir yillik xarajati 10000 (1 x 1000) ga teng. Sistemaning hisobdan chiqarilish (tugatish qiymati) bahosi 95000 p.b.
Yillik daromad - 1000000, shuningdek kompyuterlarga bog‘liq bo‘lmagan joriy xarajatlar - 880000 p.b. Bu ko‘rsatkichlar ikkala holatda ham o‘zgarishsiz qoladi.
Talab qilinadi:
  1. Barcha ma’lumotlarni ikkala variant bo‘yicha ham yig‘ib chiqish:


  2. eski sistemani qoldirish;


  3. uni yangi ish stansiyasiga almashtirish.


  4. Ikkala variant bo‘yicha relevant va norelevant ma’lumotlarni taqqoslash.


  5. Faqat relevantli xarajatlarni taqqoslash.


  6. Fikringizni bildiring, nima uchun bu taklif rahbarga yoqmadi?







a) eski sistemani qoldirish




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə