Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Yordamchi maktabning boshlang`ich sinflarida matematika o`qitish maxsus dasturining mazmuni va talablari



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə9/24
tarix15.04.2022
ölçüsü202,5 Kb.
#85482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
maktab.d nikoh va oila tushinchasi

Yordamchi maktabning boshlang`ich sinflarida matematika o`qitish maxsus dasturining mazmuni va talablari.

Aqli zaif o`quvchilar ta’limining asosiy maqsadi 9 yil davomida o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish (korreksiyalash) va mustaqil hayotga tayyorlash, eng avvalo aqli zaif o`quvchilar bilimi faoliyatidagi nuqsonlarni, jismoniy taraqqiyotdagi kamchiliklarni tuzatishdan iboratdir. Matematika yordamchi maktabda asosiy o`quv fanlaridan biri bo`lib , matematika fanini o`qitish hajmi, me’yorlari va ta’lim mazmuni aqli zaif o`quvchilar rivojlanishi xususiyatlari va ularni o`quv materiallarini o`zlashtirish imkoniyatlari darajasi bilan belgilanadi. Matematika darslari davomida taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish orqali o`quvchilarning sinflash, qobiliyatlari, ehtiyoriy diqqati shakllanadi, xotira mustahkamlanadi, lug`at boyligi kengayadi.

Sinfdagi o`quvchilarning aqliy imkoniyatlari rivojlanish darajalari bir xil bo`lmaganligi sababli aqli zaif o`quvchilarning har bir dars egallagan bilim, ko`nikmalari me’yorlari turlichadir. Bunday holat o`qituvchidan har bir o`quvchiga nisbatan alohida yordamlashgan holda tabaqalantirilgan munosabat bildirishni talab qiladi.

K Berilgan yangi mavzularni qiyinchilik bilan o`zlashtirayotgan o`quvchilarga oson misollarni yechish, ularga topshiriqlarni qayta-qayta tushuntirish, o`quvchi ketidan qaytarish doskadan ko`chirish, doska oldida oqituvchi bilan ishlash kabi talablar qo`yiladi, ushbu toifadagi o`quvchilar imkoniyatiga mos misol, masala, topshirishlar beradi. O`zlashtirishda erishilgan ozgina yutuqlar ham inobatga olinib aqli zaif o`quvchilar sinfdan-sinfga ko`chiriladi.

Induvidual dastur bilan ishlaydigan o`quvchilarga maktab pedagogika kengashining qarori chiqarilishi shart, har bir darsga pedagogic himoya rejimiga rioya qilish zarurdir.

Yordamchi maktablarda matematika fanining maqsadlari quyidagilardan iboratdir:

a) o`quvchilarda natural sonlar qatori-nol hamda yuqori sonlarda oddiy va o`nli kasrlar haqida tushuncha berish;

b) o`quvchilarni butun va kasr sonlar (yuqori sinflarda) bilan to`rt amalda arifmetik misol va masalalarni yechishga o`rgatish;

v) matematika darslarida o`rganilgan miqdor, favoviy va vaqt o`lchovi haqidagi tushunchalar orqali aqli zaif o`quvchilarning atrofdagi hayotini to`g`ri tasavvur ettirishi va mehnat faoliyatida bir qadar samarali ishtirok etishiga yordam berish;

g)matematikadan olingan bilimlar bilan aqli zaif o`quvchilarning rivoji va bilim faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish va yordam berish;

d) matematika o`qitish jarayonida chidam bilan ishlash, mustaqillik bilan qat’iyatlik bilan izchillik bilan xarakter xususiyatlarini tarbiyalash.

e) ko`z bilan chamalash, ishni to`g`ri rejalashtirish boshlagan ishni oxiriga yetkazish kabi ko`nikma, masalalar hosil qilish.

Yordamchi maktabda matematikaning o`qitilishi albatta turli guruhdagi o`quvchilarga o`ziga xos yondashishni shuningdek, o`qitish predmeti amaliy yo`nalishda bo`lishini, o`quvchilarning kasb-hunar tayyorgarligi hamda boshqa o`quv predmetlari bilan bog`lanishda bo`lishini talab qiladi.


Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə