Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


RAQAMLAR HAQIDAGI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə12/24
tarix15.04.2022
ölçüsü202,5 Kb.
#85482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
maktab.d nikoh va oila tushinchasi

RAQAMLAR HAQIDAGI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH.

Yordamchi maktabda matematika o`qitish dasturining muhim yo`nalishlaridan biri yordamchi maktab o`quvchilarida raqamlar va sonlar haqida tushunchalarni shakllantirishdir.

Yordamchi maktabning 1-sinfida o`quvchilarni son-sanoq haqidagi tasavvurlari o`rganiladi va aniqlashtiriladi. 1-infda birinchi o`nlikdagisonlar bilan tanishtirish birdan o`ngacha raqamlar ustida olib boriladi. O`quvchilarni har bir son bilan tanishtirishda uni avvalgi songa birni qo`shib hosil qilinishi sifatida qaraladi. Shuningdek navbatdagisidan birni ayirish, raqam bilan ifodalash, raqamning yozilishi, raqam va miqdor hamda kattalik orasidagi o`zaro moslik o`rnatish, sonlarni taqqoslash, sonning sonli qatordagi o`rniga qaraladi. 10 ichida sonlarni o`rganish uchun tayyorgarlik ishlari olib boriladi. 10 ta birlikni emas 1 ta o`nlik deb ham qaraladi.

2-sinfda 20 ichidagi sonlar o`rganiladi. Bir xonali va ikki xonali sonlar, raqamning sondagi o`rni qiymati bilan tanishtiriladi.

3-4-sinflarda 100 ichidagi sonlar o`rganiladi. Bunda boshlang`ich sinf o`quvchilariga 100 ichidagi sonlarni hosil bo`lishi, sonlar tartibi, bir biridan farqi, birliklar, o`nliklar haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.

Shuningdek birlik va o`nlik sonlarni yozilishi haqida ko`nikma va malakalar berilib boriladi O`quvchilar ichida 100 ichida misol va masalalar yechish haqida ham tushunchalar berilib boriladi. Yordamchi maktabning 5-9 sinflarida raqamlar bilan tanishtirish quyidagicha belgilangan:

5-sinfda 1000 ichida

6-sinfda 10000 ichida

7-sinfda 100000 ichida

8-9 sinfda 10000000 ichida

Asosiy et’ibor, o`rtasida va oxirida nollar qatnashgan sonlarning yozilishi va o`qish ishiga qaratiladi, sanashda yangi xona birligiga o`tish, o`nli sanoq sistemasining xossalari o`rganiladi. Sonlar analiz qilinadi, sinflar, xonalar ajratib o`tiladi.

O`qituvchi o`quvchilarni dastur doirasida har qanday xonadagi birliklarni to`g`ri va teskari sanashga, qator sonlardan ko`proq yoki kamroq sonlarni ajratishga, sonlarni taqqoslay bilishga o`rgatiladi.




Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə