Abdusalomova oynuraxonning fizikaviy kimyo fanida


Kuchsiz kislotani kuchsiz asos bilan titrlash



Yüklə 53,75 Kb.
səhifə10/10
tarix19.12.2023
ölçüsü53,75 Kb.
#150351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abdusalomova oynuraxonning fizikaviy kimyo fanida fayllar org

3.1 Kuchsiz kislotani kuchsiz asos bilan titrlash.
Masalan,
Yuqoridagi reaktsiyada kuchsiz elektrolitlar ta’siri natijasida kuchliroq elektrolit - tetraborat ammoniy hosil bo’ladi. SHu tufayli titrlash borasida elektr o’tkazuvchanlik ortib boradi. Ekvivalent nuqtadan so’ng, grafik bo’yicha elektr o’tkazuvchanlik qariyib o’zgarmaydi. CHunki hosil bo’lgan tetraborat ammoniy kuchli elektrolit bo’lgani uchun ortiqcha



qo’shilsa elektr o’tkazuvchanlikka ta’sir ko’rsatmaydi. Xuddi shunday hol


misolida ham takrorlanadi:


3.2 CHo’ktirish reaktsiyasiga asoslangan konduktometrik titrlash.


Masalan,



Reaktsiya natijasida yomon eriydigan BaSO4 hosil bo’ladi (ZR=1,0810-10). Ba++ ionlari titrlash borasida Na+ ioniga almashinadi. Binobarin, elektr o’tkazuvchanlik pasayadi.


Suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi


Elektr o’tkazuvchanlik suvsiz eritmalarda xam kuzatiladi. Ulardagi o’tkazuvchanlik xam ionlar harakatchanligi va kontsentratsiyaga bog’liq. Biroq suvsiz eritmalarda elektr o’tkazuvchanlik patsroq bo’ladi (ammiak va eritmalari bundan mustasno).
Suv eritmalarda moddalarning dissotsiatsiyalanish darajasi kichik. SHu tufayli elektr o’tkazuvchanlik past. Suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi D.I.Mendeleev (1878-1882), I.A.Kablukov (1889), Valden va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Kablukov urush yillarida Toshkentda yashagan. U suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi erituvchining dielektrik doimiyligiga bog’liqligini ilk bor kuzatdi. Uning tajribasi natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
HCl ning turli erituvchilardagi eritmasining elektr o’tkazuvchanligi, T=293 K.

Erituvchi


V, 1 mol HCl erigan hajm





D

H2O

100

370,0

81,7

CH3OH

97,2

117,0

35,4

C2H5OH

100

27,8

25,4

C4H9OH

36

4,0

18,0

(C2H5)2O

3,52

0,044

4,37


Jadvaldan ko’rinib turibdiki, erituvchining dielektrik doimiyligi pasayishi bilan elektr o’tqazuvchanlik ham pasayadi.

Barcha erituvchilarga qaraganda suv eng katta dielektrik qiymatiga ega. U juda yaxshi ionlashtiriruvchi erituvchidir.


Elektr o’tqazuvchanlik erituvchi qovushqoqligiga xam bog’liq. Qovushqoqlik katta bo’lsa ionlar harakatchanligi kichik elektr o’tqazuvchanlik xam past bo’ladi. Bu xulosa Valden ishlarida o’z aksini topdi; u bog’likni topdi. YA’ni cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o’tqazuvchanlikning erituvchi qovushqoqligiga bo’lgan nisbati doimiy sondir. Binobarin, qovushqoqlik ortsa, elektr o’tqazuvchanlik pasayadi. Kcf
Valden yana bir qonuniyatni ochdi. Uning fikricha suyultirish (eritma uchun) va erituvchining dielektrik doimiyligi orasida quyidagi bog’liqlik mavjud:

Bu tenglama orqali, bir xil moddaning elektr o’tqazuvchanligi turli erituvchida bir xil bo’lishi uchun, moddani qancha suyultirish lozimligi hisoblash mumkin.


Masalan, 0,01 M HCl ning suvdagi eritmasi bo’lsin; T=291 K, . Valden tenglamasiga qo’ysak:

.
Endi HCl ni metanolda eritib, xuddi suvdagiga o’xshash elektr o’tqazuvchanlik olish uchun:

Bu bir xil elektr o’tqazuvchanlik olish uchun 0,01 M HCl ni 100 l suvda eritsak, metanolli eritma 1000 l bo’lishi kerak.
XULOSA
Xozirgi kunga kelib butun jahon bo`yicha kimyo sanoatiga alohida e`tibor berilib kelinmoqda. Shu jumladan Respublikamizda ham kimyo sanoati mahsulotlarini tayyorlash Fizikaviy kimyo zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Ilmfanning rivojlanishi bilan fizikaviy kimyo kursining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ushbu kursning asosiy vazifasi talabalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, mazkur fanning zamonaviy holatini chuqur tushunish va olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Fizik-kimyo aniq fan bo’lib, nazariy qarashlarning eksperemental usullari fizikaning mantiq va matematik qonun va qonuniyatlaridan keng foydalanadi. Bu esa jarayonlaming qanday borishini va sodir bo’ladigan o‘zgarishlami oldindan aytib berish imkoniyatini beradi. XX asrda fizikaviy kimyo fani juda katta sur’at bilan rivojlandi. Bunga sabab uning kimyo fani sanoatining asosiy talablariga to’la javob beradigan yo‘nalishidir. Ma’lumki, kimyo fanining anorganik kimyo bo’limi noorganik moddalaming organik kimyo bo’limi organik moddalaming olinish yo’llari va xossalarini analitik kimyo eritmalarning sifat miqdoriy tarkibini tekshiradi. Bu sohadagi tekshirishlar reaksiyaning borish mexanizmini oydinlashtirib beradi. Moddalaming tuzilishini o’rganib moddalaming reaksiyaga kirishish qobiliyati va bu qobiliyatlar yondosh holda ta’sir etuvchi kuchlarga ham bog’liq ekanligini tushuntiradi. Demak, fizikaviy kimyo reaksiyalarning nazariy va amaliy mohiyatini ochib beradi.

Adabiyotlar:


1. Akbarov H.I., Sagdullayev B.U., Xoliqov A.J. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: “Universitet”, 2019. – 540 b.
2. Akbarov H.I., Tillayev R.S., Sagdullayev B.U. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: “Universitet”, 2014. – 436 b.
3. Akbarov H.I. Fizikaviy kimyo kursidan seminar mashg‘ulotlari. – T.: “Universitet”, 2018. – 80 b.
4. Akbarov H.I., Yarkulov A.Yu., Azimov L.A., Mamatov J.Q. Fizikaviy kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. – T.: “Universitet”, 2019. – 96 b.
5. Akbarov H.I., Yarkulov A.Yu., Eshmetov I.D. Fizikaviy kimyoning dolzarb muammolari fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. – T.: “Universitet”, 2019. – 76 b. 6. Akbarov H.I., Kattayev N.T., Azimov L.A. Elektrokimyoviy usullar. – T.: “Universitet”, 2019. – 63 b.
7. Akbarov H.I., Eshmamatova N.B. Elektrokimyoviy tadqiqot usullari. – T.: “Universitet”, 2019. – 83 b.
8. Eshmamatova N.B, Akbarov H.I. Fizikaviy va kolloid kimyo. – T.: “Universitet”, 2018. – 110 b.
9. Akbarov H.I. Fizik kimyodan amaliy mashg‘ulotlar. – Toshkent: O'zR OO'MTV, 1991. – 50 b.
10. Akbarov H.I., Tillayev R.S. Fizik kimyodan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent: “O'zbekiston”, 1999 (rus tilidan K.B. Mishchenko, A.A. Ravdel`, A.M. Ponomaryovalar tahriridagi 4-nashrning tarjimasi).
11. Akbarov H.I., Xoliqov A.J. Fizikaviy kimyo mutaxassisligi magistrantlari uchun elektrokimyodan uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: O'zMU, 2005.

i




http://fayllar.org
Yüklə 53,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə