Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

lirik tur - she’r - janr
», 
«Adabiyot nazariyasi»dagi talqin esa 
«lirik tur - «univer­
sal, sintetik she’riy shakl»
qolipida talqin qilinadi. E’tibor 
berilsa, I.Sulton talqinidagi «she’r» bilan «lirik tur» («lirik 
asar») atamalari mohiyatan sinonim ekanini ko'rish qiyin 
emas. Demak, ular silsilada ikkita emas, bittagina halqa 
bolishi mumkin, xolos. Ikkinchi talqinga ko‘ra esa janr tu- 
shunchasi yo'qqa chiqadi, chunki, agar barcha lirik asariar 
«universal», sintetik she’riy shakl»da bo‘lsa, demak, ular­
da turga mansublikdan boshqa umumiy jihatlar ham, bas, 
janrlarga ajratish zarurati ham yo‘q. Holbuki, zamonaviy 
she’riyatni o'rganish, u haqda bir butun tasavvur hosil qi- 
lish lirik asarlarni muayyan belgilaridan kelib chiqqan hol- 
da guruhlash, tizimga solish zaruratdir. Ayni shu nuqtada 
yuqorida vaqtincha to'xtatib qo‘yügan gapga qaytamiz va 
hozirgi she’riyat janrlarini 
lirik kechinma subyekti va obyek-
ti nuqtayi nazaridan tasniflash
maqsadga muvofiq ekanini 
ta’kidlaymiz. Bu jihatdan iirikaning asosiy janrlari sifatida 
ijroviy lirika, personajli lirika, meditativ lirika va tavsifiy liri-
ka
(va uning ko'rinishlari: 
peyzaj lirikasi, voqeaband lirika)
farqlanadi. Avvalo, mazkurtasnif bilan bog'liq bitta muhim 
nuqta - avtopsixologik lirikani alohida janr sifatida ajrat- 
mayotganimiz sababini izohlab o’tishga zarurat bor. Gap 
shundaki, lirik asarlarning aksariyati avtopsixologik xarak- 
terda, ya’ni ushbu shakl universal tabiatga ega: meditativ 
lirika ham, tavsifiy lirika ham shaklan avtopsixologik bo‘la- 
veradi. Shu bilan birga, 
ijroviy lirika
bilan 
personajli lirika
aynan avtopsixologik xarakterdagi she’rlarfonida alohida- 
lik kasb etadi va hamma vaqt ongimizdagi 
avtopsixologik
lirikaga
qiyosan anglanadi.
394


Yuqorida aytganimizdek, ijroviy lirikada shoir o‘zga 
shaxs ruhiyatiga kirib, o'zganing tilidan mushohada yurita- 
di, natijada o'zga shaxs she’rning lirik qahramoniga aylana- 
di. Ijroviy lirikaning ommalashuvi ham XX asrda, lirika epos 
va drama bilan raqobatlashishga majbur bo'lgan vaziyatda 
boshlandi. Bu lirik mushohada obyekti ko'ngildan voqelik- 
ka ko'chganidan dalolat, lirikaning olamni badiiy idrok etish 
kolamini kengaytirish yo'lidagi dadil qadamdir.1 Ijroviy li­
rika haqida yuqorida aytilganlarga qo'shimcha qilish joizki, 
70 - 80-yillar she’riyatida ijroviy lirika qahramonlari o'laroq 
bo‘y ko'rsatgan tarixiy shaxslar obrazlari milliy ijtimoiy ta- 
fakkur rivojida g'oyat muhim rol o'ynadi. Bu nav she’rlar- 
ning ommalashuvi, bir tarafdan, milliy o‘zlikni anglashga 
intilish boshlangani, ikkinchi tarafdan, bu xil she’rlarning 
«so‘z aytish» uchun nisbatan kengroq imkoniyat yaratishi 
bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron «Abulhay 
so‘zi» nomli she’rida olis XV asrda yashagan musavvir 
Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolg'onga asos- 
langán san’at, hayotni bejab ko'rsatadigan san’at haqidagi 
fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini ko'ndalang 
qo'yadi. Shuningdek, Rauf Parfining «Muktibdoh», «Tur- 
kiston yodi», U.Azimning «Brut» she’rlarida ham «zamo- 
na dardi»ni ifodalash qasdida tarixiy shaxslar ruhiyatiga 
ko'chish holati kuzatiladi.
Hozirgi o'zbek she’riyatida tavsifiy lirika namunalari 
ham ancha keng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar 
salmog'i nisbatan ustun, biroq tavsif (tasvir) zamirida hami- 
sha lirik meditatsiya mavjud. Boshqacha aytsak, shoir o‘zi 
tavsiflayotgan yoki tasvirlayotgan narsa-hodisalar, hayotiy 
holat, tabiat manzaralarida his-kechinmalarini, o‘y-fikrla- 
rini suratlantiradi. Masalan, Shavkat Rahmonning «Tong 
ochar ko‘zlarin erinib», «Tun gurkirab o‘sar yobonda»,
1 Каранг: Куронов Д. Шеъриятимиздаги поэтик янгиланишнинг бир к;ирра- 
сига дойр айрим кайдлар // «¡уронов Д. Мутолаа ва идрок машклари. - Тош- 
кент: Akademnashr, 2013. - Б. 192 - 213.
395


«Oy sinig'i to‘la suvloqqa...» kabi bir qator she’riarida ayni 
shunday holatga duch kelamiz. Misol tariqasida shoirning 
«Tungi manzara» she’riga diqqat qilaylik:
0 ‘rmoniar jim, yiglamas shamol,
soy sayramas, baqalar jimdir,
ingroqlarga to‘lib ketgan tun -
g'amgin qo‘shiq aytadi kimdir.
Otim o ‘lgan, qilichim singan,
majaqlangan sovut-qalqonim,
kim tashladi meni bu chohga,
qayda qoldi yorug1 osmonim?
Qayerdanman, qayga borarman,
qora zindon naqadar chuqur,
faqat toqning burjidagi oy
-
tuynukchadan tushar xira nur.
Barcha azob kamlik qilganday,
soy sayramas, baqalar jimdir,
go'yo mazax qilganday goh-goh
yopib tu rar tuynukni kimdir...
She’rda lirik qahramon ruhiyati prizmasidan o'tkazib 
beriigan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, o‘y- 
fikrlari o‘z aksini topgan. Lirik qahramon o'zini asirlikda- 
gi bahodirdek sezadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu 
sezimni kuchaytirib ifodalaydi. She’rning kuchi shundaki, 
lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati o‘quvchi 
ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilish- 
ga, shu kayfiyat asosida ko‘nglidan kechinmalar bo'hroni- 
ni, ongidan 
o ‘y - fik r la r
oqimini o'tkazishga imkon beradi. 
Aslida, shoirning tub maqsadi tabiat manzarasini chizish- 
gina emas, shu bois u konkret manzarani hissiy bo'yoqlar 
bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb 
manzarasiga aylangan. Peyzaj lirikasi tavsifiy she’rlarning 
bir ko‘rinishi, xolos. Zero, biror narsa-hodisa yoki holatni
396


tavsiflash asosida lirik qahramon kechinmalarini ifodalov- 
chi she’rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan, 
A.Oripovning vatan tavsiflangan « 0 ‘zbekiston», hazrat 
Navoiyga bag'ishlangan «Alisher», nogoh uchragan go‘zal 
tavsiflangan «Go'zallik» kabi she’rlari ham tavsifiy lirika 
namunalari sanaladi.
Hozirgi she’riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband 
lirikaga ham tavsifiy lirikaning bir ko'rinishi sifatida qa- 
raladi. Sababi, kechinmalar narsa-hodisa tavsifi (tasvi- 
ri) asosida ifodalanuvchi tavsifiy lirikaning boshqa ko‘ri- 
nishlaridan voqeaband lirikaning bittagina farqi bor: uning 
asosida voqea yotadi. Shuningdek, unda ham voqeani 
tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Maqsad 
esa voqea ortida uni hissiy mushohada etayotgan lirik 
subyekt qalbini akslantirishdir. Shu bois voqeaband liri- 
kada voqea to‘laqonli tasvirlanmasdan, punktirlar bilan 
chizijadi: uning eng muhim detallarini olib, eng qizg‘in, 
kulminatsion nuqtalariga urg‘u berish bilan kifoyalaniladi. 
Tasvir ko‘lami, bir tomondan, o‘sha voqea ta’sirida yu- 
zaga kelgan his-tuyg'uni ifodalash, ikkinchi tomondan
o‘quvchining uni tasavvur qila oiishi, lirik kechinmaga 
turtki bolgan asosni his qila oiishi uchun yetarli bo'li- 
shi bilan belgilanadi. Ta’kidlab aytish kerak, voqeaband 
she’rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifati­
da tushunish unchalik to‘g‘ri emas. Qachonki she’rda 
tasvirlanayotgan voqea his-tuyg‘ularni ifodalash vositasi 
bolsa, bas, voqeadagi buning uchun zarur parchalargina 
uzib olib tasvirlangan (ya’ni voqea to‘laqonli gavdalanti- 
rilmagan) bo'lsa, voqeaband she’r haqida gapirish mum- 
kin bo‘ladi. Masalan, A.Oripovning «Ayol», «Yomg'irli kun 
edi» she’rlarini voqeaband lirika namunasi desak, uning 
«Sharq hikoyasi», «Hangoma» asarlari she’riy yo‘lda yo- 
zilgan kichik hikoyatlar, ya’ni mohiyatan epik xarakterdagi 
asarlar sifatida tushunilgani to‘g‘riroq boladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə