Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

cheksizlik va ruh erkin-
ligi
bilan, epos 
sof zaruriyat
bilan bogliq, drama esa shu 
ikkisining sintezi - uning asosida 
erkinlik bilan zarurat
kurashi
yotadi.1 Ko'rinadiki, Shelling talqinidagi adabiy 
tur o'zida muayyan mazmunni ifodalash uchun qulay im- 
konlar saqlovchi badiiy shakl hodisasi emas, balki univer­
sal mazmunga ega mavjudlik, mazmun hodisasi sifatida 
talqin qilinmoqda. Natijada adabiy turlar masalasi adabi- 
yotshunoslik (poetika)dan ko'ra ko'proq falsafaning pred- 
metidek taassurot hosil bo'ladi. Xulias, bu endi adabiy 
turlarni farqlashda antik an’analardan chekinish, adabiy 
turni badiiy mazmun tipi o'laroq tushunish yoki yangicha, 
kategorial yondashuv an’anasining boshlanishidir.
Yuqorida A.Shlegel asarlaridayoq tashqi olam (obyekt) 
yoki ichki olam (subyekt) tasviri ham poetik asarlarni 
bir-biridan farqlashiga diqqat qilinganini aytdik. Biroz o‘tib 
bu narsa, masalan, Shelling asarlarida ham, Jan-Pol (Rix- 
ter) qarashlarida ham kuzatiladi.2 Biroq buni, ya’ni tasvir 
predmetini turlarga ajratish asosi sifatida tushunish va uni 
atroflicha asoslash ham boshqa bir nemis faylasufi - Gegel 
chekiga tushdi. Gegel talqinida 
epik poeziya
«ruhiy olam 
butunligini tashqi reallik shaklida» taqdim etishi bilan tas- 
viriy san’at prinsiplarini takrorlaydi. Epik asardagi voqea 
ilohiy kuchlar yoki inson irodasi tufayli harakatga keladi -
go‘yo o‘z-o‘zicha, roviy ixtiyoridan tashqarida sodir bo'ladi, 
muallif esa ikkinchi planga chekinadi. Ya’ni epik poeziya 
«obyektivlikni obyektiv holicha namoyon etadi».3 Gegelga 
ko‘ra, «epik poeziyaning aksi bo'lgan tomonni 
lirika
tashkil 
qiladi. Uning mazmuni - subyektivlik, ichki olam, musho- 
hada va his qiluvchi - qaysiki, tashqi harakatga do‘nmas-
1 Шеллинг Ф. Философия искусства. - М., 1966. - С.399.
2 Жан Поль. Приготовительная школа эстетики. - М.: Искусство, 1981. -
С .176, 180, 244.
3Гегель. Эстетика. В 4-хт. Т.З. - М.: Искусство, 1 9 7 1 .-С .4 1 9 .
356


dan o‘zida ichki hayot tarzida muqim qoladígan, shu bois 
ham yagona shakli va pirovard maqsadi o'laroq subyekt- 
ning so'z vositasidagi o‘z-o‘zini ifodalashinigina qabul qi- 
luvchi qalbdir».1 Nihoyat, uchinchi tur - drama «avvalgi 
ikkisíni yangi butunlikda birlashtiradi»ki, undagi obyektivlik 
subyektga tegishli, subyektivlik esa real namoyon bo'ladi- 
gan tarzda taqdim etiladi.
Rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham «Poeziyaning tur va 
xillarga bolinishi» nomli maxsus maqolasida asosan Gegel 
an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi obyekt (vo- 
qelik) va subyekt (ijodkor) munosabatiga nisbatan ko'proq 
urg'u berdi, eposda obyektivlik, lirikada subyektivlik, dra- 
mada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni 
«obyektiv poeziya» deb atarkan, Belinskiy epik asar mualli- 
fi o‘zining ixtiyoridan tashqari «o‘z-o‘zicha amalga oshgan 
narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani 
«subyektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor shaxsiya- 
tining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsi- 
yati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi.2 
Shuni unutmaslik kerakki, obyektivlik va subyektivlik de- 
gan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, epos­
ni «obyektiv poeziya» deganimizda uning faqat o‘quvchi 
nazdidagina «obyektivlik» illyuziyasini hosil qilishi nazarda 
tutiladi, aslida esa epik asarda ham subyektiv ibtido mav- 
juddir. Belinskiy ham buni juda yaxshi biladi, uning Gegel 
qarashlariga tanqidiy yondashgani shundan. Shu bois ham 
u adabiy turlar ko‘pincha qorishiq namoyon bo'lishi, «ayrim 
shakl e’tibori bilan epik asarning dramatik xarakterda yoki 
aksincha» bo'lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Belinskiy bu 
fikrni izchil rivojlantirib, «epopeyada drama, dramada esa 
epopeya bo'lishi», shuningdek, «eposda ham, dramada 
ham lirik unsurlar salmog‘i zalvorliroq bo'lishi mumkin»ligi-
1 Ko'rsatilgan asar. - Б.420.
2Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. Т.5. - М., 1954.- С . 9.
357


ni U.Shekspir tragediyalari, V.Skott romanlari, Gogolning 
«Taras Bulba» qissasi tahlili asosida ko‘rsatib beradi.1
Tabiiyki, Belinskiy mufassal to'xtalgan bunday qorishiq- 
lik boshqa nazariyotchilar e’tiborini tortmay qolmaydi. Shu 
bois ham an’anaviy tarzda masalaga kategorial yondashuv 
ustunlik qilgani holda, XIX - XX asr birinchi yarmi davomi- 
da adabiy turlarga ajratish masalasida turli-tuman qarash- 
lar ilgari surildi. Jumladan, turlarga ajratish asosi sifatida 
pslxologiktushuncha (xotira, tasavvurva b.), umumfalsafiy 
zamon (o‘tmish, hozir, kelajak) yoki grammatik shaxs kate- 
goriyalari (I, II, III shaxs), ruhiy kechinma tipi (lirik, epik, 
dramatik kechinma), nutq funksiyalari (xabar yetkazish, 
ekspressiya, appelyatsiya) kabilarni olgan holda muayyan 
ilmiy konsepsiyalarni shakllantirish yo'lida harakatlar bo‘ldi, 
biroq bularning hech biri umume’tirof etilmadi. Ayni paytda, 
adabiy asarlarni turlarga ajratish zarurati yo‘q (B.Kroche), 
bu masalani adabiyotshunoslik muammolari sirasidan 
chiqarish lozim (K.Fossler) degan qarashlar ham mavjud.
Ko‘rinib turganidek, qadim zamonlardan beri o'rganib 
kelinayotganiga qaramay, adabiy turlar masalasida yakdil 
fikr, barchani qanoatlantiradigan to‘xtamga kelingan emas. 
Buning sababini eng avval adabiy turning tarixiy kategoriya 
ekanligi bilan izohlash kerak. Ya’ni adabiy turlar muayyan 
bir tarixiy davrda shakllanib, muttasil o'zgarish-rivojlanishda 
yashab kelgan, tabiiyki, bu jarayon davomlidir. Shu ma’no- 
da, masalan, Esxil-u Sofokllar davri tragediyalari bilan bu- 
gungi dramatik asarlar yoki Arastu difiramb deb atagan qa­
dim yunonlarning ilohlariga madhiyalari bilan zamonaviy 
lirik asarlar orasida juda katta farq borligi tayin. Har bir ada­
biy turning qator o‘ziga xos jihatlari, o'ziga xos xususiyat- 
lari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlarning asosan 
she’riy yolda, epik asarlarning asosan nasrda yozilishi. 
Xo‘sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati
1 Ko'rsatilgan asar. - B.22 - 31.
358


sanala oladimi? Yo‘q, chunki she’riy yo‘l bilan yozilgan epik 
va dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo‘l bilan yozilgan 
lirik asarlar ham mavjud. Yoki konkret adabiy turga mansub 
asarlarning hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, 
problematikasi kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Bi- 
roq bu xususiyatlaming hech biri belgilovchilik maqomida 
emas. Masalan, Aflotun, dialogik yo monologik nutq shakli- 
da ekaniga ko'ra drama bilan lirikani farqlagan bo'lsa, keyin- 
gi davrlarda dialogik nutq shaklida qurilgan lirik asarlar ham 
ko'plab uchraydi. Boz ustiga, adabiy turlar orasida qat’iy 
chegaraning yo‘qligi, bir turga xos xususiyatlar boshqa bir 
turga mansub asarda ham namoyon bo'laverishi masala- 
ni yanada murakkablashtiradi. Shunga qaramay, yuqori- 
da ham aytdik, turlarga ajratish adabiyotni ilmiy o'rganish 
uchun zarurat ekani ham ayni haqiqat, shu bois mavjud 
tasnif prinsiplaridan biriga tayanish yo asos sifatida oigan 
holda muayyan mavqeni egallash kerak bo'ladi.
Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gegel tak- 
lif etcjan tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga 
ajratish tamoyili hozircha eng maqbuli ko'rinadi. Ya’ni biz 
ham turlarga ajratishda konkret asarda nima tasvirlan- 
ganini asosga qo'yamiz, faqat tasvir predmetini birmun- 
cha farqli tavsiflaymiz: lirik asar predmeti -

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə