Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

hikoya),
qahramon hayotidan butun bir 
etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini 
(roman) qalamga oladi. Shunga ko'ra, adabiyotshunoslik­
da 
katta, o'rta va kichik epik shakl
(janr)lar ajratiladi. Bir 
qarashda mazkur belgi masalasida hech bir munozara- 
ga o‘rin yo‘qday ko'rinishi mumkin. Biroq badiiy adabiyot 
taraqqiyotining keyingi davrlarida eposga dramaning kirib 
kelishi va syujet vaqtining qisqara borishi barobarida bu 
xil tamoyilning ojiz tomonlari tobora ko'proq ayon bo'lib 
qolayotir. Negaki, zamonaviy nasrda, masalan, qahramon 
hayotidan katta bir davr emas, uning atigi bir bosqichigina 
qalamga olingan romanlar ham talaygina 
(mas.,
«Kecha 
va kunduz», «Ulug‘bek xazinasi»). 0 ‘z-o‘zidan ayonki, bu 
hoi epik asarlarning hajmi haqidagi tasavvurlarimizga (axir, 
hikoya deganda ko'proq ixcham, roman deganda esa kat­
ta hajmli asarni ko‘z oldimizga keltiramiz) ham o'zgarish- 
lar kiritadi. Masalan, Ulug'bek Hamdamning «Na’matak» 
mini-romani bilan Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» 
tetralogiyasi o‘zbek nasrida hajm jihatidan ikkita qara- 
ma-qarshi qutbni egallaydi - birinchisi ijodiy eksperiment 
mahsuli bo'lsa, ikkinchisida adabiy an’analar ta’siri kuch- 
liroq namoyon bo‘ladi. Demak, epik asarlarni janrlarga 
ajratishda, tabiiyki, hajm mezon bo'lolmaydi. Zero, ayrim
372


hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo'lishi va 
buning aksicha holatlar kuzatilaverishi mumkin ekan. Biroq 
odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga 
mos tarzda kattarib borishi ham aslo inkor qilib bo'lmay- 
digan haqiqatdir.
Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajra- 
tishda ularning boshqa jihatlariga ham e’tibor qilish zarur 
bo‘ladi. Jumladan, asarda qo'yilgan 
muammolar ko'lami
janr xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olinishi mum- 
kin. Bu jihatdan katta epik shakl bo'lmish roman dunyo-yu 
davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo'lsa, qissa markazida 
qahramon xarakteri, hikoyada esa konkret hayotiy voqea 
turadi. Ko'ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga man- 
sub asar qahramonlari asarda tutgan mavqeyi, ahamiyati
vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahra­
mon vosita -
dunyoni anglash
(bunisi maqsad) vositasi, 
qissanavis uchun 
qahramonnlng
o‘zi - maqsad (voqea- 
hodisalar vosita), hikoyanavis uchun esa vogeaning o'zi 
maqsad bo‘lib qoladi. Shunga mos ravishda mazkur janr- 
lar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqla­
nadi. Tabiiyki, dunyo-yu davr mohiyatini idrok etish va o‘zi 
anglagan haqiqatlarni yaxlit bir badiiy konsepsiyada tizimli 
ifodalash uchun voqelik butun murakkabligi bilan ko‘lamli 
tasvirlanmog'i kerak, shu bois ham roman, odatda, ko‘p 
planli murakkab syujetga ega bo‘ladi. Qissa syujeti bunga 
qaraganda soddaroq, asosan bosh qahramon tevaragida 
uyushadi, asosiy funksiyasi ham uni har jihatdan tavsif- 
lash, to'laqonli badiiy qiyofasini yaratishdan iborat boladi. 
Hikoya syujeti bo‘lsa aksar hollarda bitta hayotiy epizod- 
ning ichki rivoji sifatida voqelanadi.
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan (ya’ni sinxroni- 
ya aspektida) qaralsa, epik turning asosiy janrlari sifatida 
hikoya, qissa va roman ko‘rsatilishi kerak. Biroq diaxroniya 
aspektida qaralsa, milliy adabiy bisotda xalq og‘zaki ijodi 
yoki o‘tmish adabiyotida faol bolgan qator epik janrlarni
373


ko'rish mumkin. Shu bilan birga, ayrim janrlar borki, garchi 
eposning asosiy janrlari sirasida sanamasak-da, ular bu- 
gungi adabiyotda ham ancha faol qo'llanadi. Bundan tash- 
qari, ijod amaliyotida epik janrlarning modifikatsiyalangan 
ko'rinishlari ham uchraydi. Xullas, adabiyot nazariyasiga 
oid manbalarning aksariyatida epik janrlar sirasida qayd 
etiluvchi janrlar hayotni badiiy qamrash ko'lami jihatidan 
quyidagi tartibda tasniflanishi mumkin:
1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, er- 
tak, adabiy ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse;
2) o'rta epik shakllar: qissa (povest);
3) katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya.
Avvalo, mazkur ro‘yxatdan mavjud (tarixan va hozirda)
janrlarning ayrimlarigina o'rin oldi, xolos. Zero, masalan, 
qadimgi turkiy bitiklar, mumtoz adabiyotimizdagi 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə