Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

jangnoma,
qissa, manoqib, holot
kabilar ham epik turning o'tmishdagi 
vakillaridir. Shuningdek, ajdodlarimiz adabiyot deb o'qigan 
«Badoye ul-vaqoye», «Makorim ul-axloq» kabi asarlarda 
turfa epik janrlarga mansub asarlar jamlangan. Mustaqil 
janr sifatida qaralayotgan 
debocha
ham ayrim belgilari bi­
lan epik turga tortib ketadi. Hozirda hazrat Navoiy «Xam- 
sa»si bir butun asar - universal janr namunasi sifatida 
talqin qilina boshlandi.1 Xullas, aytilganlar mumtoz adabi­
yotimizdagi epik janrlar tizimi, uning rivojlanish va takomil 
yo'lini tarixiy nuqtayi nazardan izchil tarzda yaxlit tadqiq 
etish o'tkir zaruratga aylanganidan dalolatdirki, bu ish- 
ning amalga oshirilishi milliy adabiyotimiz janrlari haqidagi 
tasavvurlarni beqiyos darajada kengaytiradi. Ikkinchi to- 
mondan, keltirilgan tasnifdagi ayrim izohtalab o'rinlarga 
to‘xtalib o'tish zarur. Masalan, 
badia, etyud, ocherk
kabilar 
sof badiiy proza namunasi bo'lmay, badiiy-publitsistik janr- 
lardir. Hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan esse 
janri, bir tomondan, badiiy-publitsistik xarakterda ekanligi,

Журак,улов У. Алишер Навоий «Хамса»сида хронотоп поэтикаси. - Тош- 
кент: Турон-ицбол, 2017.
374


ikkinchi tomondan, hajm e’tibori bilan turlicha ko'rinishlar- 
ga egaligi (kichik hikoya shaklidan to katta romangacha) 
bilan xarakterlanadi. Masalan, B.Ahmedovning «Mirzo 
U!ug‘bek» asari ham, X.Davronning «Bibixonim qissasi 
yoxud tugamagan doston»i ham mohiyatan esse, biroq 
ular hajm e’tibori bilan keskin farqlanadi. Shuningdek, 
epik janrlarning kino ta’sirida shakllangan modifikatsiyalari
-
kinoetyud, kinohikoya, kinoqissa, kinoroman
kabilar 
ham adabiyot mulkida fuqarolik olishga haqii. Zéro, tas- 
vir yo'sini kinodagiga monand bo‘lgani holda, ularda ham 
voqeabandlik xususiyati yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, 
ularda ham xuddi dramadagi kabi voqeaning «hozir sodir 
bo‘layotganlik» illyuziyasi saqlanib qolaveradi. Yoki ayrim 
manbalarda masal liro-epik janr deb ko‘rsatiladi-da, unda- 
gi «qissadan chiqarilgan hissa» buning asosi o‘laroq qayd 
etiladi. Ya’ni bunday talqinga ko‘ra, masaldagi voqea epik 
ibtido boisa, «qissadan chiqarilgan hissa» lirik ibtido - ik- 
kisining qorishiqligi liro-epiklik haqida gapirishga asosdir. 
Biroq, har qanday masal asosida voqea (juda qisqa bo‘lsa 
ham) yotishi e’tiborga olinsa, uni epik asar sanash to‘g‘riroq 
bo'lur edi. Zéro, bu yo'ldan borilmasa, voqeaband she’rlar- 
ni ham, muallif chiqargan xulosa ochiqroq ifodalangan epik 
asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to‘g‘ri kelur 
edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, «doston» nomi bilan 
yuritiluvchi janr lirikada ham, eposda ham, kerak bo'lsa, 
dramada ham bolishi tabiiy. Shu bois adabiyotshunoslikda 
«lirik doston», «epik doston», «dramatik doston» singari 
janr atamalari qo'llanadi. Shunday ekan, konkret dostonni 
u yoki bu turga mansub etishda o‘sha dostonning o'zidan 
kelib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog'ini 
asosga olishimiz zarur bo'ladi. Masalan, xalq og'zaki ijo- 
didagi dostonlarning ko'pi epik doston sanalsa, Mirtemir- 
ning «Surat» (muallifi «lirik qissa» desa ham), S.Zunnu- 
novaning «Ruh bilan suhbat» dostonlari lirik, Oybekning 
«Mahmud Torobiy», A.Oripovning «Jannatga yo‘l» asar-
375


lari dramatik dostonlardir. Nihoyat, uchinchidan, ayrim 
mutaxassislar hikoya bilan qissani eposning o‘rta shakl- 
lari sirasida koYsatadilar. Albatta, bunday qarashda ham 
muayyan asos, ratsional mag‘iz borki, bunga quyiroqda 
yana to'xtalamiz.
Avval aytilganidek, zamonaviy adabiyotning asosiy epik 
janrlari hikoya, qissa va romandir. Hikoyaning bir tipi lati- 
fa yo masal kabi hayotdan bittagina epizodni aks ettirsa, 
boshqa bir tipi qahramon hayotidan (ya’ni uning uchun 
ahamiyatli) bir yoki bir-biriga uzviy bog'liq (qisqa vaqt 
davomida kechgan) ikki-uch voqeani qalamga oladi. Ya’ni 
agar birinchi tip hikoya mohiyatan latifa va masalga (unda 
voqea hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi) yaqinlashsa, ikkin- 
chisida qissaga tomon siljish (unda qahramonning ahami- 
yati ortadi) kuzatiladi. Tasvirlanayotgan voqealarning yuz 
berish vaqti qisqaligi bois hikoyaning hajmi kichik, syujeti 
sodda, personajlari kam bo'lishini taqozo etadi. Hikoyana- 
visning mahorati eng avval hikoyabop voqeani tanlay olishi 
bilan belgilanadi. Zero, har qanday voqea ham hikoyabop 
emas, ijtimoiy-estetik qimmatga molik voqeani tanlay bilish 
lozim. Chunki hikoyada xarakterning ayrim chizgilarigina 
namoyon bo'ladi, shu bois voqeaning o‘zi (mas., «Anor», 
«Bemor», «Dahshat») ahamiyatli mazmun-mohiyatni 
namoyon etish uchun yaroqli bolishi lozim. Mutaxassislar 
hikoyaning ikki tipini farqlashadi: ularning birida ocherklilik 
(tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistiklik (konfliktli-ri- 
voyaviy) xususiyati ustuvorlik qiladi. Adabiyotshunoslik- 
da bularning birinchisini 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə