Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

hikoya
, ikkinchisini 
novella
deb 
farqlash amaliyoti ham mavjud. E’tibor berilsa, «hayotdan 
bittagina epizodni aks ettiruvchi» deb ta’riflaganimiz hikoya 
tipi aynan novellaga mos kelishini sezish qiyin emas. Hi­
koyaning bu ikki tipi o'zaro syujet-kompozitsion xususiyat- 
lari bilan farqlanadi. Xususan, novella (novellistik hikoya) 
ning kompozitsion qurilishiga xos xususiyatlar quyidagi- 
lardir: 1) roviyning xolis «kuzatuvchi» mavqeyida turishi;
376


2) hikoya qilinayotgan voqeaning yuz berish vaqti bilan hi~ 
koya qilinish vaqtining bir-biriga mosligi; 3) «sahnaviylik»
- o‘quvchi nazdida, hayot sahnasida kechayotgan voqeani 
tomosha qilayotganlik illyuziyasining yuzaga keltiriîishi; 
4) syujetning shiddaili rivojlanishi-yu kutilmagan burilish- 
larga egaligi. Adabiyoiimizda novellaning ilk namunasi 
sifatida, bizningcha, Cho'lponning «Oydin kechalarda» 
asarini ko'rsatish to'g'ri bo'ladi. Keyinroq esa A.Qahhor, 
S.Ahmad, Sh.Xolmirzayev kabi adiblar ijodida ushbu janr- 
ning go‘za! va betakror namunalari yaratildi.
Qissa janri dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan. 
Qahramon hayoti va sarguzashtiarini qiziqarli hikoya qi- 
luvchi asarlar 
{mas,:
«Ibrohim Adham qissasi», «Qissayi 
Mashrab», «Zufunun qissasi») elda juda mashhur bo'lgan. 
Avvaliga qissalar ham ijro qilingan, keyinchalik ularning 
bir qismi sqtidorli kishilar (ko'plarining ismi noma’lum) to- 
monidan adabiy qayta ishlanib, kitobat qilingan: qissalar 
endi 
xalq kitoblari
sifatida yashay boshlagan. Shuningdek
janrning shakllanishi va takomilida payg'ambarlar haqidagi 
qissalar ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etganini alohida 
ta’kidlash kerak. XX asrga kelib o'zbek adabiyotida yangi 
tipdagi qissa shakilandi: Hamzaning «milliy ro'mon» un- 
voni bilan chop qilingan «Yangi saodat»i, Cho'lpon janrini 
«xayoliy hikoya» deb belgilagan «Do‘xtur Muhammadi- 
yor» - ikkisi ham zamonaviy qissaning adabiyotimizdagi 
ilk namunalari sanalishi mumkin. Xullas, bu asarlarning 
barini umumlashtiradigan asosiy jihat - diqqat markazida 
qahramon turishi. Shu xususiyati bois «qissa» so‘zi ilgari 
hamma vaqt qahramon ismi bilan birga qo‘llangan, «qis­
sa» so‘zi qahramon ismi bilan assotsiatsiyalangan. Natija- 
da bu so‘z «kimdir birovning hayotidan hikoya» ma’nosini 
anglatadi, ya’ni mohiyatan janrning asosiy belgisini atay- 
di. Albatta, janr muttasil rivojlanish-o‘zgarishda yashaydi, 
biroq uni belgilovchi javhar-xususiyat haqida bunday deb 
bo‘lmaydi.
377


Mazkur qonuniyatni nazarda tutmagan holda, balki yan- 
gi tipdagi qissani farqlash maqsadi ham bo'lgandir, sho'ro 
davriga kelib qissa o'rnida «povest» istilohini qo'llash keng 
ommalashdi. Natija shu bo'ldiki, bu ikki termin hanuz si- 
nonim sifatida, goh esa boshqa-boshqa janr nomlari si- 
fatida ham ishlatiladi. Holbuki, qissa bilan povestni bosh- 
qa-boshqa janrlar deya talqin qilishga asos yetarli emas, 
sinonim sifatida qo'llashga esa zarurat yo‘q: «qissa» isti- 
lohining o‘zi kifoya qiladi. Qissaning poetik qurilishi ham 
maqsadga - qahramonga qaratilgani bilan belgilanadi. 
Jumladan, qissa syujetidagi barcha voqealar qahramon 
atrofida uyushtiriladi, ya’ni syujet romanniki kabi ko‘p tar- 
moqli emas. Darvoqe, o‘z vaqtida Belinskiy «povest ham 
romanning o'zginasi, faqat hajmi kichikroq»1 degan. Yoki 
G'arbda qissa (povest) o'midagi alohida janr ajratilmasli- 
gi ham ma’lum. Shunaqa ekan, qissani alohida janr sifa­
tida tasniflashga zarurat bormi? Albatta, bor. Zero, bizda 
qissaga alohida janr deb qaralishi shunchaki, masalan, 
rus adabiyotshunosligining ta’siri emas. Yuqorida ko'rdik, 
adabiyotimizda qissa epos taraqqiyotining tabiiy hosilasi 
o'laroq vujudga kelgan, hodisa mavjud ekan, u haqdagi 
tushuncha ham, uni anglatuvchi istiloh ham zarur. Ikkin- 
chi yoqdan, «hikoya - qissa - roman» uchligi epik janr­
lar tizimining umurtqasi - yadrosi deyish mumkin. Uchlik 
markazida joylashgan qissa g'oyaviy-badiiy jihatlari bilan 
hikoya tomon ham, roman tomon ham siljiy oladi. Masalan, 
«Muqaddas» (O.Yoqubov), «Chollardan biri» (M.Muham­
mad Do‘st), «Hali hayot bor» (A.A’zam) kabi qissalarda 
hikoya bilan qondoshlik belgilari saqlansa, «Galatepaga 
qaytish» (M.Muhammad Do'st), «Guli-guli» (E.A’zam), 
«Yozning yolg'iz yodgori» (X.Sultonov) kabi qissaiarning 
romanga bo'ylashayotgani sezilib turadi.
1 Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. Т.5. - М., 1954. - С.42.
378


Román haqida so‘z borganda, odatda, uning hajman 
kattaligi, hayotni keng kolamda tasvirlashi, qahramon ha- 
yotidan katta davrni olib, turli ijtimoiy munosabatlar bilan 
bog'lab talqin qilishi, ko‘plab va turfa kishilar taqdirlari orqali 
jamiyatning joriy holatini aks ettira olishi, murakkab va ko‘p 
chiziqli syujetga ega bo'üshi kabi janr xususiyatlari qayd 
etiladi. To‘g‘ri, bular aksariyat romanlarga xos, lekin janrni 
shularning o‘zi bilangina belgilash kamlik qiiadi. Sababi, 
hajmi qissadan uncha farq qilmaydigan yoki qisqa vaqt 
davomida kechuvchi voqealar qalamga olingan romanlar 
ham, bitta shaxs taqdiridan bahs etuvchi yoki bitta syujet 
chizig'iga ega romanlar ham bor. Shu sababli romanning 
belgilovchi xususiyatlari deb yana 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə