Adabiy tur tushunchasi


Epik  für va luning janrlari I Epfk turning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari. Rivoya



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

Epik 
für va luning janrlari
I
Epfk turning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari. Rivoya
eposning o ‘zagi sifatida. Epik tur janrlari, janrlarga ajra-
tish prinsiplari. Eposning asosiy janrlari.
Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketgan- 
da eng avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik 
asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar 
tasvirlanadi, so‘z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik 
kartinalariga monand jonlana oladigan tolaqonii badiiy 
voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o‘zi- 
ning tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asarda- 
gi badiiy voqelik «plastik tasvirlangan» deya tavsiflanadi. 
Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik 
elementlar ham mavjud bo'lib, ular muallif obrazini tasav- 
vur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning 
noplastik elementlari deyilganda muallif mushohadalari, 
o ‘y-fikrlari, 
tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar 
tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlar-
369


dan farqli o'laroq, asarni o'qish davomida o'quvchi tasav- 
vurida gavdalanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv 
ibtidolarning uyg'un birikishi kuzatiladi: asar badiiy voqeli- 
gini shartli ravishda obyektiv ibtido desak, asar to'qimasi- 
ning har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsi- 
ni subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli 
ravishdagina «obyektiv» ibtido deyishimizga sabab u re- 
allikdan oiingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning 
ijodkor ko'zi bilan ko‘rilgan, ideal asosida idrok etilgan, ba- 
holangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shun- 
day ekan, muallif obrazi hatto «obyektiv tasvir» yolidan 
og'ishmay borilib, yozuvchi imkon qadar o‘zin¡ chetga oi­
gan asarlarda ham muqarrar mavjuddir. Zero, bu - epik 
turning belgilovchi xususiyati, epik asarda obyekt (badiiy 
voqelik) bilan subyekt (muallif obrazi)ning qorishiq obrazi 
yaratiladi.
Epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda 
kelishi taqozo qilinadi, zero, ularning bari birlikda o‘quvchi 
tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat 
qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda 
yetakchi o'rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog 
hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va b.) 
olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka 
birlashtiradi. Shu jihatdan qaralsa, hatto, Uorren va Uellek 
ta’rificha, «obyektiv bo'lishga va pyesa-hikoya sifatida de- 
yarli to‘lig‘icha dialoglashishga harakat qilayotgan (masa- 
lan, Xemingueyning «Qotillar»i) Amerika novellasi»1 ham, 
shubhasiz, epik turga mansubdir. Negaki, unda - mayli, 
juda oz, minimumga keltirilgan bo'lsin - voqea kechayot- 
gan makon, zamon va dialog jarayoniga oid tafsilotlar roviy 
tilidan beriladi. Ya’ni, dramadagidan farqli olaroq, bundagi 
roviy tilidan berilgan tafsilotlar yondosh matn (ramka kom- 
ponentlari)ga emas, balki asosiy matnga daxldordir. Shu
’ Уоррен Р., Уаплек О. Теория литературы. - М.: Прогресс, 1978. - С.245.
370


bois ham roviy ishtiroki haminqadar ko‘rinsa-da, baribir, 
rivoya o'zining uyushtiruvchilik maqomida qolaveradi.
Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning sal- 
mog'i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og'zaki ijo- 
didagi ertakiar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog'i 
katta bo'lgani holda, dialog nihoyatda kam, tafsilotlar esa 
badiiy voqelikni to'laqonli gavdalantirish uchun ko'pincha 
yetarli bo'lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikki 
unsurning salmog'i va ahamiyati ortib boradi. Bu hoi badi­
iy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi, ularga 
xos usul va vositalarni o'ziga singdirishi natijasidagi tasvir 
va ifoda imkoniyatlarining kengayishi sifatida tushunilishi 
mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlani- 
shi natijasida inson xarakterini yaratishning dramaturgik 
usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; teatr san’atining rivoji 
esa o'quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson 
xarakterini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan 
badiiy voqelikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya’ni 
badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik un- 
surlar kirib keldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi 
dialogdan o'zining hayotiyligi, ma’no kolamining kengligi 
bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda di­
alog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda 
qatnashayotgan personajlarning ruhiy holati, xarakter xu- 
susiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari 
mavjud. Ya’ni personajning dialogda aytilayotgan har bir 
gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin.
Yuqoridagilar eposning o'zida lirika va dramaga xos 
xususiyatlarni uyg'un holda namoyon etishi, uning sinte- 
tik tabiati haqida bungacha aytilgan fikrlarni yana bir karra 
dalillaydi. Shu bilan birga, ayni shu jihat epik asarlarni janr- 
larga ajratishda muayyan qiyinchiliklar tug'dirishini ham 
ta’kidlash joiz. Zero, qorishiqlik hamisha qaysi jihat sal- 
moqliroq degan savolni yuzaga keltiradiki, unga ko'p hol- 
lardaturlichajavob berish imkoni saqlanib qoladi. Masalan,
371


avvalroq eslatganimiz «pyesa-hikoya»da kimdir dramatik 
unsurlar salmoqli ekanini asos qilsa, boshqa birov qaysi 
jihat belgilovchi, ya’ni qaysi jihat asar strukturasini belgi- 
layotganidan kelib chiqadi. Yuqorida ko'rganingizdek, biz 
keyingi yo'lni tutdik.
Epik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari masalasi- 
da adabiyotshunoslikda hanuz yakdil to'xtamga kelingan 
emas. Shu bois ham bunda bir qator xususiyatlarni e’tibor- 
ga oiish zarur boladi. Eposni janriarga ajratishda, odatda, 
eng avval epik asarlarda hayot (voqelik)ning badiiy qam- 
rov ko'lami turlicha bo'lishidan kelib chiqiladi. Masalan, 
muayyan epik asar hayotdan (yoki qahramon hayotidan) 
birgina epizodni (

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə