Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

Savol va topshiriqlar:
365


ADA8SY JANRLAR
Adabiyotshunoslikda «janr» atamasini ¡kki ma’noda 
qollash an’anasi kuzatiladi. Fransuz tilidan olingan bu so‘z 
«tur» va «xil» ma’nolarini anglatadi. Shuning uchun ¡Igari 
«janr» termini bilan epik, lirik va dramatik turlar atalgan 
bo'lsa, keyinchalik ularning muayyan tarixiy davrdagi na- 
moyon bo‘lish shakllari (román, qissa; komediya, tragedi- 
ya; sonet, elegiya kabi) shu istiloh bilan yuritilgan. Natijada 
«janr» so‘z¡ bugungi o'quvchi tanishishi mumkin bo'lgan 
ayrim manbalarda adabiy turni, boshqalarida muayyan 
bir janrni, tag‘in birlarida janr ko'rinishini anglatadi. Masa- 
lan, V.G.Belinskiy adabiy asariarni «tur (rod) - xil (vid) -
janr» silsilasi asosida tasniflaydiki, bunga mos ravishda 
«epos - román - tarixiy román» tushunchalari to‘g‘ri ke- 
ladi. Zamonaviy manbalarda esa ko'proq «tur va janrlar» 
haqida gap boradi, ya’ni ikkita asosiy tushuncha tasnifla- 
nadi. O'zbek tilidagi manbalar ham bu kabi turlichalikdan 
xoli emas. Jumladan, ikki jildlik «Adabiyot nazariyasi»da 
adabiy tur tushunchasi «jins», janr tushunchasi esa «tur» 
deb yuritilgan.1 «Adabiy turlar va janrlar» kollektiv mono- 
grafiyasi mana bu jumlalar bilan boshlangan: «Adabiyot- 
ning asosiy turlari (yoki jinsi) uchta - epos, lirika va drama. 
Har bir adabiy tur esa xilma-xil janrlarni o‘z tarkibiga oladi. 
Epik sistemaning xil va janrlari eposni tashkil etadi»2.
Ko‘rib turganimizdek, dastlabki ikki jumlada «tur (yoki 
jins) va janr» haqida gap borsa, uchinchi jumladan «(epik) 
sistema - xil - janr» uchligi kelib chiqadi. Biroz o‘tib esa
1 A flaG né T
HasapMflcu. 2 
tomiimk. 
2-t. -
TotuKeHT: ctaH, 
1979. - 5.305.
2Afla6nÉí Typnap ea waHpnap. Tapnxn Ba Ha3apnacnra onfl. 3 
>k. 
1->k. 3noc. -
TouiKeHT: O a n , 
1979. - 5.7 - 8.
366


L.Timofeyevning ayni shu uchlik tasnifi keltirilganki, natija- 
da istilohiy turlichalik yuzaga keladi. ¡.Sulton tasnifida isti- 
lohlar «adabiy tur (yoki jins)», «janr (yoki xii)» tarzida juft 
qollangan. Ya’ni «tur» bilan «jins», «janr» bilan «xii» is- 
tilohlari sinonim deb e’tirof etilgan-da, so‘ng asosan «tur
- janr» juftligi ishlatiigan, qo'shimcha ravishda janr ko'ri- 
nishiarining «janr shoxobchalari» deb ataiishi ham qayd 
etilgan.1 T.Boboyev tasnifida «adabiy tur» - «adabiy tur 
shakllari» - «adabiy janr» - «janr xiilari» silsilasi hosil 
bo'iib, uning haiqalari mos ravishda «epos - epik turning 
katta shakli - roman - tarixiy roman» tushunchaiariga 
to‘g‘ri keladi.2 E.Xudoyberdiyev zanjirida esa bunga qara- 
ganda bitta halqa kam: «adabiy tur» - «janr» - «janr ko‘rin- 
ishlari».3 H.Umurov masala talqinida «tur» - «janr» ikkiligi 
bilan chekianishga moyildek, biroq roman janrini xillarga 
ajratishga qarshi bo'lgani holda, dostonga o'tganida «epos 
janrlari va ko'rinishlari» haqida so‘z yuritadi.4 Albatta, ilmiy 
muomalada istilohiy birxillik ahamiyatini e’tiborga olsak, 
termih qollashdagi mazkur holatni bartaraf etish zarurati 
allaqachon yetilgan. Shunga ko‘ra, muayyan bir ma’nosi 
bilan ommalashish darajasi va qolianish faolligini nazarda 
tutib, bizningcha, «tur - janr - janr ko'rinishi» terminlarida 
to'xtash maqsadga muvofiq ko'rinadi.
Janr deyilganda adabiy asariarning bir tur doirasidagi 
tarixan shakllanuvchi, o'zining nisbatan barqaror poetik 
strukturasiga ega tipi tushuniladi. Tarixiy kategoriya olaroq 
janrlar muttasil harakatda yashaydi: yangi janrlar paydo 
boladi, takomillashadi, iste’moldan chiqadi. Har bir alohi- 
da janrda ham mudom sifat o'zgarishlari kuzatiladi, badiiy
1 H338T C y m o H . A fla 6 n e T Ha3apMflCM. - T
o h ik
8
h t

1986. - B.238 -
243.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə