Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«faulun–faulun–faulun–faul» 
(V – – /
V – – / V – – / V –) yoki maqsur, ya’ni
«faulun–fau-
lun–faulun–faol»
(V – – / V – – / V – – / V ~). Mu-
taqoribi musammani maqsur vazniga tushadigan misralarda 
oxirgi hijo o‘ta cho‘ziq – 
«sabr»

«qand»

«tog‘», «tor»
kabi 
so‘zlardan tashkil topadi. Masalan, asardagi: Biliglik, bilig-
siz, chiqay bar ya bay, Uqushliq, uqushsiz, otun bir gaday, – 
bayti 
mutaqoribi 
musammani 
mahzuf, 
ya’ni 
«faulun–fau-
lun–faulun–faul»
(V – – / V – – / V – – / V –) vaznida 
bitil gan bo‘lsa, mana bu qo‘shmisra mutaqoribi musammani 
maqsur, ya’ni 
«faulun–faulun–faulun–faol»
(V – – / V – – /
V – – / V ~) vaznida yozilgan:
Qayu begda bo‘lsa bu arquq qilinch, 
Ishi barcha tetru sevinchi saqinch.
Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asar-
lar, davrlar mobaynida shakllangan an’anaga ko‘ra, asosan, shu 


45
vazn da bitilgan. Masalan, Firdavsiyning «Shohnoma»si, «Xam-
sa» turku mining Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) 
hayoti va faoliyatini asos qilib olib yaratilgan oxirgi dostonlari, 
jumladan, Abdurahmon Jomiyning «Xiradnomayi Iskandariy» 
(«Iskandar aqlnomasi»), Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» 
asarlari ham aynan shu vaznda yozilgan.
«Qutadg‘u bilig» kam nusxada saqlanib qolgan bo‘lsa ham, 
muallif uning o‘z davrida ancha mashhur ekani haqida faxrlanib
so‘z yuritadi. Chinliklar uni «Adab ul-muluk» («Podshohlar 
odobi»), mochinliklar «Amin ul-mamlakat» («Mamlakat omon-
liklari»), Sharq elining ulug‘lari «Ziynat ul-umaro» («Amir-
lar ziynati»), eronliklar esa «Shohnoma»yi turkiy» («Turkiy 
«Shohnoma»), turonliklar «Qutadg‘u bilig», ba’zilar esa «Pand-
nomayi muluk» («Podshohlar pandnomasi») deb atayotganini 
alohida qayd etadi.
«Qut» – baxt, saodat, «bilig» esa bilim degani. Shunga 
ko‘ra, asarning nomini «Baxtga eltuvchi bilim» yoki «Saodatga 
yo‘llovchi bilim» deb tarjima qilish mumkin. Abdurauf Fitrat 
uni «Baxtliklanish bilimi» deb o‘girgan.
Albatta, XI asrga qadar ham tilimizda dostonlar bitilgan 
bo‘lishi kerak. Lekin hozircha bizgacha yetib kelgan ilk turkiy 
doston – aynan ana shu «Qutadg‘u bilig».
Dostonda to‘rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga 
ramzan muayyan bir ezgu tushuncha – ma’naviy qadriyat-
ning timsoli yanglig‘ qaralib, alohida ma’no-mazmun yukla-
tilgan. Kuntug‘di (chiqqan Quyosh) – elig, ya’ni hukmdor. U 
adolat ramzi bo‘lib kelgan. Oyto‘ldi (to‘lgan Oy) – vazir. U 
baxt va davlat ramzi hisoblanadi. O‘gdulmish (aqlga to‘lgan) – 
vazirning o‘g‘li. U aql va zakovat ramzi yanglig‘ tasvirlangan. 
O‘zg‘urmish (uyg‘ongan) – vazirning qarindoshi. U asarda 
qanoat, o

yat, ya’ni sog‘lomlik ramzi sifatida qalamga olingan. 
Men shu to‘rt tushuncha ustida 

 kr yuritdim, 
deydi shoirning 
o‘zi:
Bu to‘rt nang uza so‘zladim men so‘zug, 
O‘qisa ochilg‘ay yetig qil ko‘zug.


46
(So‘zni shu to‘rt narsa ustida yuritdim,
Uni o‘qib, tushunilsa, ro‘shnolik bo‘ladi, ko‘zingni och.)
Doston – sof badiiy asar. Bunday deb urg‘u berib aytishimiz 
bekorga emas. Adabiyot tarixida Kaykovusning forsiy tilda 
yozilgan «Qobusnoma»si kabi nasihatnomalar ham, Zahiriddin 
Muhammad Boburning «Boburnoma»si singari tarixiy-memorial 
asarlar ham mavjud, ularning ham badiiy ahamiyati – juda kat-
ta. Biroq «Qutadg‘u bilig» – pandona (didaktik) ruhdagi, ta’lim-
tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan tipik badiiy asar. 
Unda, shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o‘rni, komillik shart-
lari, umrni bekorga o‘tkazmaslik, turli ijtimoiy tabaqaga mansub 
kasb-kor egalarining ma’naviy-axloqiy mezonlari, davlatchilik 
qat’iyat va tamoyillari asosiy yo‘nalishga aylangani bilan, bu 
g‘oyalarning bari badiiy bo‘yoq va timsollarga burkangan holda 
taqdim etilgan.
Asar, nasriy hamda she’riy muqaddimadan tashqari, 71 max-
sus bobdan tashkil topgan. Boblarda ko‘proq savol-javob, muno-
zara olib boriladi. Shu tariqa shoir oldiga qo‘ygan masalalarga 
o‘z hissiy munosabatini bildirib boradi. Ko‘tarilgan masalalar-
ning barida aynan qanday bilim kishini baxt-saodat sari yetak-
lashi oydinlashadi. Bu esa asar nomi naqadar oqilona tan-
langanini ko‘rsatadi.
Yalpi olib qaraganda, bu doston orqali XI asrda xalqimiz-
ning qanday yuksak ma’naviy mezonlarni ulug‘lab yashaganini 
ham to‘liq tasavvur qilish mumkin.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə