Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Nazariy ma’lumot
ISHQIY-QAHRAMONLIK DOSTONLARI
Doston
xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek mumtoz adabiyotida 
keng foydalanib kelinayotgan epik shakllardan biridir. «Dos-
ton» so‘zi xilma-xil ma’noni bildirib kelgan. Masalan, «doston» 
forschada epik asar nomini anglatadigan so‘z bo‘lib, u hatto 
qissa, romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi. Siz 
bilan biz o‘rganayotgan doston esa xalq og‘zaki ijodida yara-
tilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega 
bo‘lgan xalq dostonlaridir. Ular yozma adabiyotdagi «Suhayl va 
Guldursun», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dos-
tonlardan fantaziya ko‘lami, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan vo-
qealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq 
qiladi. To‘g‘ri, yuqorida nomlari tilga olingan dostonlarda ham 
fantastik unsurlar, mubolag‘ali o‘rinlar mavjud. Biroq ularning 
birortasi sujet erkinligi, favqulodda qiziq voqealar borasida xalq 
dostonlari bilan tenglasha olmaydi.
Dostonlarimizda xalqimizning baxtli kunlar, ro‘shnoliklar ha-
qidagi orzu-umidlari, faqat yaxshilikka, yorug‘ kunlarga erishish 
istagi yotadi. E’tibor bersangiz, dostonlar muvaffaqiyatli yakun 
bilan tugaydi. Asar qahramonlari juda katta fojialarni, qiyinchi-


40
liklarni boshlaridan kechiradilar, og‘ir sinovlarga bardosh be-
radilar, oxir-oqibat murod-maqsadlariga erishadilar.
Xalq dostonlarining ko‘pchiligiga xos xususiyat – ularda ishq-
muhabbat mavzusining ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahra-
monlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga 
mashhur «Alpomish»ni olasizmi, «Ravshan» yoki «Kuntug‘mish» 
dostonlarini olasizmi – bari-barisida muhabbat mavzusi ustuvor-
lik qiladi. Darhaqiqat, muhabbat – muqaddas tuyg‘u. Bekorga 
xalqimiz «Ishqsiz eshak – dardsiz kesak», demaydi. Sevimli 
shoiramiz Nodirabegim ta’biri bilan aytganda esa:
«Muhabbatsiz kishi odam emasdur, 
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et».
Muhabbat 
insonni 
ezgulikka 
yetaklaydi, 
sevgan 
kishi 
har qanday qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o‘rgangan 
«Kuntug‘mish» dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning 
janrini ishqiy qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin.
Chunki Kuntug‘mish dostonda katta qahramonliklar ko‘rsatadi: 
yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo‘yilgan 
kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o‘zini 
ko‘rsatish emas, avvalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo‘lsa, 
sevikli yori, bolalarini deb g‘oyat tang bir holatda yovlari 
o‘rab-chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos 
bo‘lib chiqadi.
Umuman, Kuntug‘mishning dostondagi hayoti qahramonlik 
bilan kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq sa-
farga otlanishi, yo‘lidagi barcha to‘siq-g‘ovlarni yengishi haqi-
qiy insoniy jasorat, 

doyilikdir. Dostondagi Xolbeka, Gurkiboy 
va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari mavjud. 
Axir Xolbekaning sevgan yori, bolalari uchun jonini berishga 
tayyorligi, Gurkiboyning ukasi uchun o‘zini 

do qilishga shay-
ligi (uning dor ostidagi so‘zlarini eslang) qahramonlik emasmi?!
Birgina 
«Kuntug‘mish» 
dostoni 
emas, 
boshqa 
doston-
larda ham asar personajlari turli qahramonlik namunalarini 
ko‘rsatadilar, bu qahramonliklar odamlarning og‘irini yengil 
qiladi, el-yurtga ro‘shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib 


41
kuylagan «Kuntug‘mish» kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari biz-
ni muhabbatdek ezgu tuyg‘uni qadrlashga undaydi, 

doyilik, 
qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat, qahramonlik, 
jo‘mardlik doimo egizak tushunchalardir.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə