Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyotida tarbiya masalalari. Alisher Navoiy ijodi va uning o‘gitlari. Reja



Yüklə 18,21 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü18,21 Kb.
#161983
  1   2   3
2-Mavzu ona tili


Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyotida tarbiya masalalari. Alisher Navoiy ijodi va uning o‘gitlari.

Reja:
1. Alisher Navoiy ijodida ta’lim-tarbiya masalalri.
2.Navoiy ma’naviy pirimiz.

Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini, ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir. Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan.Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. 1 U kishilarning falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo‘y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, histuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini to’ldiradi. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi. 2 Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi. Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi. Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”. 3 Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi: Odami ersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi. El qochsa birovdin el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni. Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni, Olam elining yomoni yomon bil oni. Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi. 4 Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning ma’naviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bo‘la olganligida deb biladi. Ilm o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘la oladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy hikmatlarida olam-olam ma’no mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o‘rinni egallaydi.

Yüklə 18,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə