Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Didaktik adabiyot nima, u qanday o‘ziga xosliklarga ega?
2. Didaktiklik xususiyatiga ko‘ra, Sharq va G‘arb adabiyotlari o‘rtasidagi 
o‘xshashlik va farqli tomonlar nimalarda ko‘rinadi?
3. Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida didaktik asarlarning qanday 
turlari bor?
4. O‘zbek didaktik adabiyotida qaysi asarlar mashhur?
5. Didaktik asarlarning qanday afzalliklari mavjud?
6. «Qutadg‘u bilig» didaktikasining bugun uchun ahamiyatini aytib bering.
7. «Qutadg‘u bilig»dagi bekka qo‘yilgan talablarda qanday shartlilik mavjud?
8. Zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi qaysi didaktik asarlarni bilasiz?


74
LUTFIY 
(1366 – 1465)
Lut

y – o‘zbek adabiyotining XV asr 
ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrlardagi eng 
mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham za-
monasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni 
«malik ul-kalom»
, ya’ni 
«so‘z podshosi» 
deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi ol-
didan 
«ulug‘ ustod»
ma’nosidagi 
«Mavlono» 
sifatining qo‘shib tilga olinishi ham – shun-
dan. Obro‘yi va shuhrati juda yuksak daraja-
ga yetgan edi. Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb 
biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi 
bu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbot-
laydi: 
«Mavlono Lut

 y o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, 
forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi… va turkcha devoni ham 
mashhurdur».
Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuv-
vat» degan tasavvuf vakillari – shayx-avliyolar to‘g‘risidagi taz-
kirasida esa Lut

yning uzoq umr ko‘rgani va qabri haqida ham 
qimmatli ma’lumot beriladi: 
«...To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin 
o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi».
Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan De-
hikanor degan qishloqda dafn etilganini bilib olamiz. Bi-
roq Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda yashab, ijod etgan 
o‘zbek adabiyotshunosi Ahmad Taroziyning keyingi yillarda 
Amerika Qo‘shma Shtatlaridan topilgan adabiyot nazariyasiga 
bag‘ishlangan «Funun ul-balog‘a» asarida bu shoir 
«Lut

 yi Sho-
shiy»
deya tilga olinganiga asoslanib, olimlar uning Toshkentda 
tavallud topgan bo‘lishi mumkinligini ham aytishyapti. 
С
hunki 
Shosh hozirgi Toshkentning qadimiy nomi bo‘lganini yaxshi bi-
lasiz.
Lut

y milodiy 1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Bu 
ustoz shoir dunyodan o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi.
XV asrning birinchi yarmida o‘zbek tilida yaratilgan «Gul 
va Navro‘z» dostoni sho‘rolar davrida uzoq yillar Lut

yning 


75
asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi. Ammo keyingi tad-
qiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab, ijod etgan shoir Hay-
dar Xorazmiy qalamiga mansub ekanini ko‘rsatdi.
Lut

y – lirik shoir. Alisher Navoiy uni o‘zigacha bo‘lgan 
o‘zbek she’riyatining eng kuchli, eng taniqli shoiri sifatida ba-
holaydi. U Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Ya-
qiniy, Amiriy, Gadoiy kabi o‘zbek shoirlarini sanay turib, 
o‘zbek she’riyatida 
«mashhur forsiy shoirlar muqobalasida
(qar-
shisida) 
kishi paydo bo‘lmagan»
ini aytadi. Ammo ular orasida 
Lut

yni alohida ajratib ko‘rsatadi: 
«... Bir Mavlono Lut

 ydin 
o‘zgakim, bir necha matla’lari borkim, tab’ ahli
(nozik didli 
adabiyotchilar) 
qoshida o‘qusa, bo‘lur»
. Bundan anglashiladiki, 
Lut

y Navoiygacha bo‘lgan davrning eng oldi o‘zbek shoiri 
edi. U fors-tojik tilida ham go‘zal she’rlar bitgan zullisonayn 
(ikki tilli) ijodkor edi.
Bizgacha Lut

y turkiy (o‘zbekcha) devonining XVI – XX 
asrlar mobaynida ko‘chirilgan jami 33 nusxasi yetib kelgan. Bu 
qo‘lyozmalar dunyoning turli shaharlaridagi e’tiborli kutubxona 
va qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi. 
Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, shoir merosining umumiy 
miqdori 2 ming 774 baytdan ortiq. Buning 2086 baytini, ya’ni 
60 foizga yaqinini g‘azal janri namunalari tashkil etadi. Shoir, 
g‘azaldan tashqari, qit’a, ruboiy, tuyuq va fard janrlarida ham 
ijod qilgan.
Lut

y lirikasi faqat o‘zbek she’riyati vakillarigina emas, 
boshqa turkiy xalqlar, jumladan, turkman, ozarboyjon, usmonli 
turk shoirlari ijodiga ham sezilarli ta’sir qilgan. 
Xalqaro Bobur jamg‘armasi tashabbusi bilan 2006-yili Hi-
rot yaqinida joylashgan Dehikanor qishlog‘idagi Lut

y qabri 
aniqlashtirilib, u yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi 
maqbara bunyod etildi. 
Shoirning, xususan, g‘azal va tuyuqlari XV asr o‘zbek liri-
kasining go‘zal namunalari hisoblanadi. Hozirgi paytda ham 
shoirning ko‘plab g‘azallari qo‘shiq qilib kuylanadi. Ular xal-
qimizning sevimli ashulalari sa

dan joy olgan.


76

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə