Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«Agar, –
deydi O‘gdulmish, 
arslon itlarga bosh 
bo‘lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik 
qilsa, arslonlar itlar kabi bo‘lib qoladi».
Beklik mustahkam bo‘lishi uchun to‘rt narsaga – birinchi-
si, kuchli lashkarga; ikkinchisi, kuchli lashkarni saqlash uchun 
ko‘p boylikka; uchinchisi, ko‘p boylikni to‘plash uchun badavlat 
xalqqa; to‘rtinchisi, boy-badavlat xalqqa ega bo‘lish uchun ado-
latli siyosat yuritishga katta ehtiyoj bor.
Bek, o‘zida shunday ko‘p fazilatlarni kamolga yetkazishi bilan 
birga, mana bu besh illatdan ehtiyot bo‘lmog‘i zarur: birinchisi – 
shoshqaloqlik, ikkinchisi – ochko‘zlik, uchinchisi – jaholat (aql 
bilan emas, jahl bilan ish ko‘rish, bilimsizlik), to‘rtinchisi – bu-
zuq fe’llilik, beshinchisi – yolg‘onchilik.
Yuqorida qayd etilgan sifatlarni o‘zida shakllantirgan, sanal-
gan illatlarni o‘zidan forig‘ aylagan kishigina sarvar, ya’ni bosh-
liq, yetuk va komil bo‘ladi. Rahbar har tara

ama boshqalardan 
ustun bo‘lmog‘i darkor.
Bobning tub mohiyatida yotgan masala – bugun uchun 
ham juda dolzarb. Hozirgi zamonda boshqaruv ilmi, rahbarga 
qo‘yiladigan talablar mukammal bir ilm darajasiga ko‘tarilgan. 
Bu masalalar o‘zbek adabiyotida bundan o‘n asrlar ilgari shu 
darajada tahlil etilganining o‘zi jahon tamadduniga xalqimiz 
nechog‘li buyuk hissa qo‘shganini yana bir karra isbotlab tu-
ribdi.
Shuning uchun ham G‘arb dunyosi Sharq didaktik adabiyoti-
ga juda-juda qiziqadi. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni 
Yevropa olimlari atro

icha o‘rgangan, o‘z tillariga tarjima qil-
gan. Bunday ilmiy-adabiy qiziqish hamon qizg‘in davom etyapti.
Asarning tili bugungi o‘quvchi uchun to‘la tushunarli emas, 
albatta. Shuning uchun 

lologiya fanlari nomzodi Qayum Ka-
rimov uni baytma-bayt bugungi o‘zbek tiliga ilmiy tabdil qil-
gan. Filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To‘xliyev esa 


69
dostonni she’riy yo‘l bilan ommabop qilib o‘zbekchalashtirgan. 
Ada biyotdan 8-sinf uchun darslik-majmua (2001) tuzgan 

lolo-
giya fanlari doktori, professor Akrom Kattabekov, pedagogika 
fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, 

lologiya fan-
lari doktori, professor Hamidulla Boltaboyevlar ham doston 
matnini soddalashtirib tushuntirishga tutungan. 
Biz muhtaram o‘quvchilarimiz manfaatlarini hisobga olib
baytlar mazmunini bugungi tilda bayon etishda ana shu nasriy 
bayonlardan ijodiy foydalandik.
Dostonning tili shoir badiiy mahoratidan dalolat beradi. 
Asarda aruz vazni qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Jami 6 
ming 409 baytli katta bir asarni boshdan-oxir bir vaznga solib 
yaratish XI asrning turkiy adabiyoti uchun juda ulkan jasorat 
va yangilik edi. Chunki bu borada hali unchalar katta aruziy 
an’analar shakllanib ulgurmagan edi.
Qo

yalarda, asosan, turkiy so‘zlar qo‘llanishi ham doston-
ning butun o‘zbek adabiyoti tarixidagi o‘ziga xos badiiy o‘rni 
borligidan dalolat beradi. Misol uchun quyidagi baytlar qo

-
yalariga diqqat qilaylik:
Bu beglik iginga o‘ti o‘g 
bilik
,
Uqush birla emla, ey qilqi 
silig
.
Biliglig uqushlug‘ kerak beg 
tetig
,
Anin qilsa o‘tru iginga 
etig
.
Biliglig uqushlug‘ bo‘gu elchi 
beg
,
Ekigun ajunda bo‘lur o‘rni 
yeg
.
Biroq dostonda shu singari to‘q qo

yalar ko‘p uchrasa-da, 
bu borada, o‘zbek xalq og‘zaki she’riyatida bo‘lgani kabi, qu-
yidagilarga o‘xshash och qo

yalar ham bemalol qo‘llanaveradi:
Eki neng turur elka bag‘i 
beki,
Biri saqliq ul, bir to‘ru el 
ko‘ki,

yoki:
Bu erdi, ey elig, mening 
bilmishim,
Munuqi o‘tundum senga 
uqmishim,



70
yoki:
Mengilig qayu ul, menga ay 
yera,
Kishi qutlug‘i kim kishilar 
ara?

yoki:
Yuraklig yuraksizka bo‘lsa 
bashi,
Yuraklig bo‘lur o‘tru tekma 
kishi.
Ba’zan, hatto, vaznning mukammal, ya’ni bexato, saktasiz 
qo‘llanganigagina suyanib, misralarni vazn jihatidan mos-u, le-
kin o‘zaro ohangdosh bo‘lmagan so‘zlar bilan ham yakunlay-
veradi:
Qiling edgu erdam kerak ming tuman, 
Ati edgu bo‘lsa, tutunsa bodug‘, –
yoki:
Kishi yalg‘aninda tilama vafa,
Bu bir so‘z sinamish o‘kush yilqi ul, –
yoki:
Ukush, o‘g, bilig kimda bo‘lsa tugal,
Yavuz ersa, kad te, kichik ersa, o‘g.
Holbuki, mumtoz she’riyatimizning keyingi davrlarida bun-
day och qo

yalar ishlatilmaydigan bo‘la bordi. 
Radif qo‘llaganda ba’zan shoir, shu ohangdoshlik bayt uchun 
yetarli, deb hisoblab, radifdan oldin qo

ya keltirib o‘tirmaydi:
Aqi bo‘l, bag‘ishla, ichur ham yetur, 
Qali eksusa ur yana al yetur.
Turkiy tilimiz shakldosh (omonim) so‘zlarga boyligi bilan 
ajralib turadi. Yusuf Xos Hojib shu imkoniyatdan ham unumli 
foydalangan. Masalan:
Qilinch edgu erdan kerak ming
tuman, 
Aning tutsa el kend, ko‘tursa 
tuman.
Baytning birinchi misrasida 
«tuman»
so‘zi raqamni angla-
tib kelgan. Eski tilimizda bu hozirgi tushunchadagi o‘n ming-


71
ni bildirgan, 
«ming tuman»
esa aynan o‘n millionni anglata-
di. Ikkinchi satrda kelgan 
«tuman»
so‘zi bo‘lsa tabiat hodisasi 
bo‘lgan tuman (zulmat, qorong‘ilik) ma’nosida kelgan. Shuning 
uchun bu bayt mazmuni quyidagicha bayon etildi: 
«Erdan ezgu 
xulq va ming tuman hunar lozim, U shu hunarlari bilan elni 
boshqarib, zulmatni ko‘taradi».
Shu tahlillardan ham ko‘rinib turibdiki, «Qutadg‘u bilig»
dostoni o‘z davrining badiiy mahsuli hisoblanadi va unda o‘sha 
zamondagi turkiy she’riyatning eng muhim xususiyatlari har 
tara

ama aks etgan.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə