Adabiyotshunoslik asoslar


Adabiyotshunoslikning quyidagi tarkibiy qismlari mavjud



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

Adabiyotshunoslikning quyidagi tarkibiy qismlari mavjud
1. Adabiyot tarixi. 
2. Adabiyot nazariyasi. 
3. Adabiy tanqid. 
1. A d a b i yo t t a r i x i - badiiy adabiyot tarqqiyotini, yozuvchilarning 
hayoti va ijodini, alohida asarlarni o`rganadi. SHu bilan birga, adabiyot tarixi ijodiy 
metodlarning paydo bo`lishi va taqdirini, har bir davr adabiyotining o`Sha zamon 
bilan bog`liq xususiyatlarini ham o`rganadi, adabiyot faktlarini sistemalashtirib, 
umumlashtiradi. Adabiyot tarqqiyotida har bir asar har bir yozuvchining o`rnini 
belgilab beradi. Adabiyot tarixi alohida asarlarning tarixi va taqdirini ham o`rganadi. 
Masalan, «O`tkan kunlar» romanining tarixi bor. Bu roman 20-yillarda qoralangan 
so`zoshi bilan chiqqan. So`ngra to`liq kitob bo`lib chiqdi. 50-yillarda va undan keyin 
sekin-asta oqlandi. 
O`zbek adabiyoti tarixi bundan ikki yarim, uch ming yil oldin paydo bo`ldi. 
«Avesto»ning ham kirib kelishi, kitob bo`lishiga 2700-2800 yil bo`ldi. 3000 yillik 
adabiyotimiz tarixining bo`limlari: 
1.
O`zbek mumtoz adabiyoti (eng qadimgi davrdan XIX asr
o`rtalarigacha). 
2.
XX asr o`zbek adabiyoti (90-yillargacha)
3. Istiqlol davri adabiyoti (hozirgi kunlargacha). 
Adabiyot tarixi har bir xalq adabiyoti taraqqiyotining o`Sha xalq tarixi bilan 
bog`liq xususiyatlarini ochadi, uni boshqa xalqlar bilan solishtiradi, o`zaro aloqalarni 
qayd etadi, har bir xalq adabiyotining umuminsoniy madaniyat xazinasiga qo`shgan 
hissasini belgilaydi. 
Adabiyot tarixi badiiy adabiyotni tarixiy taraqqiyot jarayonida o`rganadi. 
Adabiyot tarixi adabiy hodisalar yig`indisidir, ya’ni badiiy asarlar, adabiyotning 
mohiyati, vazifasi va turlari haqidagi fikrlardan iborat. Turli joylarda bir davrda bir 
xil g`oya va janrlarning tug`ilishi tabiiydir. 


G`arb adabiyotining quyidagi bosqichlari mavjuddir: 
1. Qadimgi (antik). 
2. Qadimdan o`rta asrga o`tish (ellinizm). 
3. O`rta asrdan yangi zamonga o`tish ( renessans). 
4. Yangidan eng yangiga o`tish. 
Bularning har biri daho asarlar bilan nishonlangan. 
Adabiyot tarixi deganda barcha xalqlarining adabiyot tarixi tushuniladi. Qirg`iz 
adabiyoti tarixi, ingliz, xitoy, arab, rus, olmon va hokazo. Ingliz adabiyoti tarixi
deganda qaerda ingliz xalqi yaShasa, o`Sha er adabiyoti tushuniladi. Markaziy Osiyo 
xalqlari adabiyoti bor. Bunda o`zbek, qirg`iz, qozoq, tojik adabiyotlari jamuljam. 
Yana turkiy xalqlar adabiyoti ham bor. Bunga Sibirdan Markaziy Osiyogacha bo`lgan 
adabiyotlar kiradi. G`arbiy Ovrupo va hokazo adabiyoti bor. Umumjahon xalqlari 
adabiyoti tarixi ham bor. 
Markaziy Osiyoda dastlab adabiyot tarixi tazkiralar tarzida yuzaga kelgan. 
Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Navoiyning «Majolis un-
nafois» asarlarida adiblar to`g`risida biografik va bibliografik ma’lumotlar, 
asarlaridan ayrim namunalar keltiriladi. 
Adabiyot tarixi faqat buyuk siymolarnigina o`rganib qolmasdan, adabiy 
jarayonda ishtirok etgan barcha ijodkorlar merosini ham o`rganadi. CHunki buyuk 
cho`qqilarning paydo bo`lishida buyuklik darajasiga ko`tarilmasdan qolgan 
ijodkorlarning ham roli beqiyosdir. 
Adabiy oqimlar, maktablar, adabiy tashkilotlar ham adabiyot tarixining 
predmetidir. 
Adabiyot tarixi (istoriya literaturp1) atamasi 1659 yilda Frantsiyada paydo 
bo`ldi. XIX asrda adabiyot tarixi falsafa, ritorika, publitsistika, istoriografiya va 
adabiy tanqid tushunchalarini qamrab olgan. 
Adabiyot tarixiga quyidagilar kiradi: konkret adabiy asar, yozuvchi ijodi, oqim, 
adabiy bosqich, adabiy muassasalar, milliy adabiyot. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə