Adabiyotshunoslik asoslar


Adabiyotshunoslik metodologiyasi - b



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

Adabiyotshunoslik metodologiyasi - badiiy adabiyotni o`rganishning tamoyil 
va usullarini tayin etadi. Badiiy adabiyotni ilmiy-nazariy tahlil qilish, ilmiy o`rganish 
yo`l va usullarini o`rgatadi. Bu usul 2 ikkiga ajraladi: 
1. Adabiyotni ilmiy o`rganish metodi. 
2. Adabiyotni o`rgatish metodi. 
Adabiyotga san’at sifatida yondashish kerak. Masalan, «Obid ketmon» 
asaridagi Obid. Adabiy asarga Shakl bilan mazmunning birligi deb qarash kerak. 
«Zarbulmasal»da 400 ta misol ishlatilgan. 
Adabiy asar o`sha asar yaratilgan zamon bilan bog`liq holda o`rganiladi. 
O`tmishda yaratilgan asarlar hozirgi zamon bilan bog`liq holda o`rganilmaydi. 
Adabiyotga sinfiy jihatdan yondashish to`g`ri emas. 
Metodologiya fanni o`rganishda umumiy qo`llanma rolini o`ynovchi nazariy 
tamoyillardir. Bizning adabiyotshunoslik adabiyot va san’atni o`rganishda quyidagi 
ilmiy-metodologik tamoyillarga amal qiladi: 
- san’atkor ijodining qimmati uning davrimizga nisbatan nimalar bera olganligi bilan 
emas, o`z zamonasiga nisbatan nimalar bera olganligi bilan belgilanadi; 
- san’atkor ijodining qimmati uning qaysi toifaga mansubligiga qarab emas, uning o`z 
asarlari bilan kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi bilan belgilanadi. 
Adabiyot metodikasi esa badiiy asarlarni o`rganish va o`rgatishning konkret 
metod hamda tamoyillarini belgilab beradi. 
Endilikda madaniyat va san’atni bir-biriga qarshi, ikkiga ajratmasdan o`rganish 
kerak, uni bir butun deb qarash kerak. Adabiy jarayonni o`rganishda o`lchovimizga 
to`g`ri kelmaydigan hodisalarni hisobdan chetda qoldirmaslik kerak. Ikkinchidan, 
asarni baholashda xalqchillik asosiy mezonlardan bo`lishi, asarning bahosini uning 


jamiyatga ta’siri, xalq manfaatlariga qay darajada muvofiqligini hisobga olish zarur. 
Uchinchidan, badiiylik ustivor mezon bo`lib xizmat qilmog`i kerak. Bunda Shakl 
bilan mazmunni bir-biridan ajratib qo`ymaslik kerak. To`rtinchidan, san’at 
hodisalarini o`rganishda davr, Sharoitni hisobga olmoq juda muhim. Taraqqiyot
harakat va rivojlanish ziddiyatdan iboratligini esdan chiqarmaslik kerak. Ijodda aql 
bilan hissiyot uzviyligini nazarda tutmoq zarur. Beshinchidan, tasavvuf bilan bog`liq 
majoziy yo`nalishni esdan chiqarmaslik kerak. 
Demak, metodologiyaga ko`ra adabiy asarga yaxlit badiiy mahsulot deb 
qaraladi. Shakl bilan mazmun ajratilmaydi. Uni yaxlit, bir butun idrok qilish kerak. 
Undagi har bir element muhim mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ana shu unsur 
boshqa unsurlar bilan birlikda yaShaydi. Bir bo`lakda sodir etilgan o`zgarish butun 
asarning xarakteriga ta’sir qiladi. SHuning uchun adabiy asar bir-biriga bog`liq 
narsalarning haddan tashqari nozik ravishda birikishidir. Uni tahlil qilishda alohida 
qismlar ajratib olinadi. Biroq bunday deformatsiya (emirilish) minimum darajaga 
keltirilishi kerak. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə