Adabiyotshunoslik asoslar


T a r j i m a sh u n o s l i k -



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

T a r j i m a sh u n o s l i k - badiiy adabiyotlar o`rtasida muhim ahamiyatga 
egadir. Tarjima bu adabiyotlar o`rtasidagi elchi, tilmoch. Tarjima tufayli yozuvchilar 
boshqa adabiyotlarni o`rganadi. Tarjima adabiyotlarni boyitadi. Tarjimon tarjimani 
tahlil qiladi, tarjimada har qanday iboralar ham tarjima qilinmaydi. Buning o`ziga xos 
xususiyatlari, tamoyillari bor. 
Tarjima bu san’atdir, bu ijoddir. Bu asarni o`girish emas, balki boshqatdan 
yaratishdir. 
Tarkibiy qism va boshqa sohalardan tashqari, adabiyot haqidagi fanning
yordamchi sohalari ham mavjud: 
Matnshunoslik - badiiy asarlarning variantlari, nusxalari va turli 
qo`lyozmalarini solishtirish asosida originalga yaqin bo`lgan matnni tiklaydi, 
xatoliklarni bartaraf qiladi, keyin kiritilgan o`rinlarni topib, originalni ulardan 
tozalaydi va tushib qolgan o`rinlarni to`ldiradi. Masalan, «Maxabxorat»ning matni 
1919-1967 yillar davomida olib borilgan tekstologik tadqiqot natijasida tiklangan. Bu 
ishni mashhur hind olimi R.G.Bxandarkar boshqargan. Buning uchun 1250 ta 
qo`lyozma o`rganib chiqilgan. SHulardan 734 tasi tanlab, asos qilib olingan. Katta 
hajmda 13 ming betdan iborat tanqidiy matn nashr etilgan. Tanqidiy matn 100 ming 
shlok (1 shlok 2 misra), ya’ni 200 ming misraga yaqin. 
 Manbashunoslik - adabiyot tarixi, nazariyasi, adabiy tanqid, ayrim 
yozuvchilar, adabiyotshunoslikning ma’lum muammolariga oid ilmiy, tanqidiy 
manbalarni to`plashdir. Manbashunoslik bu manbalarni topish, qidirish, ro`yxatlarini 
tuzish, sistemalashdan iborat. Ilmiy ish qilishdan oldin ham manbalar to`planadi. 
Bunda ayrim masalalarning tarixi, fanning tarixi, jumladan, adabiyotshunoslik tarixi 
o`rganiladi. 


 Atributsiya - muallifi noma’lum manbalarning muallifini aniqlashdir. 
Masalan, Xomer masalasi, SHekspir masalasi, Lutfiyning «Gul va Navro`z» asari, 
Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni va boshqalar. 
«Yusuf va Zulayho» dostoni an’ana bo`yicha Durbekniki deb kelinadi. 
Frantsuz olimi E.Bloshe doston Navoiyniki deydi. D.Voronskiy dostonni Ulug`bekka 
nisbat beradi. Afg`on olimi Juzjoniy Homidiy Balhiyga nisbat beradi. 1979 yilda 
M.Diyoriy dostonni YOdgorbek Jahonmulk o`g`liniki deydi. J.Lapasov XU asr shoiri 
«Sozlar munozarasi» asarining muallifi Ahmadiy bo`lsa kerak, - deydi.
YOki «Gul va Navro`z» dostoni Lutfiyga nisbat berilgan. Lekin tadqiqotlar 
doston Haydar Xorazmiy qalamiga mansubligini to`la tasdiqladi. 
Bibliografiya 
(biblio-so`z, 
grafo-yozuv) 

badiiy 
adabiyot 
va 
adabiyotshunoslikka oid adabiyotlar ro`yxatini tuzish, ularga annotatsiya, obzor 
yozish. Ilmiy o`rganish lozim bo`lgan manbalar ko`rsatkichi. Yangi chiqqan 
adabiyotlar, badiiy asarlar, maqola va materiallarni hisobga olib boradi. 
Bibliografik to`plamlar, bibliografik ko`rsatkichlar, kitob yilnomalari, jurnal 
materiallari yilnomalari, gazeta materiallari, kutubxonalardagi kataloglar (katalog - 
yunoncha «qayd etish»), alfavit katalog, sistematik katalog. 
Bibliografiya - kitoblarning yozilgan, ko`chirilgan, bosib chiqarilgan vaqti, 
joyi, ba’zan mazmuni, muallifga oid to`plamlarni ma’lumotlarini to`playdi, ularga 
annotatsiya yozadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə