Adabiyotshunoslik asoslar


mavjud?  28. Mamlakatimizdagi etuk adabiyotshunoslardan kimlarni bilasiz?



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

mavjud? 
28. Mamlakatimizdagi etuk adabiyotshunoslardan kimlarni bilasiz?
Ular haqida ma’lumot bering. 
29. Mumtoz adabiyotda adabiy-nazariy qarashlar qay yo`sinda
rivojlangan? 
30. Badiiy adabiyotni davrlashtirish haqida fikringiz qanday? Bunda
qaysi tamoyillarga asoslaniladi?
TAYANCH IBORALAR: 
1. Adabiyotshunoslikning predmeti. 2. Adabiyot atamasi. 3. Tarkibiy qismlari. 4. 
YOrdamchi sohalari. 5. Adabiyot tarixi. 6. Adabiyot nazariyasi. 7. Adabiy tanqid. 8. 
Adabiyot metodologiyasi. 9. Folpklor-shunoslik. 10. Qiyosiy adabiyotshunoslik. 11. 
Matnshunoslik. 12. Manba-shunoslik. 13. Bibliografiya. 14. Atributsiya. 
ADABIYOTLAR: 
1. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent,1979. 
2. N.SHukurov va b. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1984. 
3. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1995. 
 
ADABIYOTSHUNOSLIKNING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI 
R e J A: 
1. G`arbiy Ovrupoda adabiyotshunoslikning Shakllanishi tarixi. 
2. Markaziy Osiyo va O`zbekistonda adabiyotshunoslikning Shakllanishi tarixi. 
3. XX asr o`zbek adabiyotshunosligi. 
Adabiyotshunoslik fan sifatida uzoq tarixiy tarqqiyot jarayonida Shakllangan. 
Badiiy adabiyot haqidagi dastlabki fikrlar adabiyotning paydo bo`lishi bilan birga 
vujudga keldi. Dastlabki bosqichlarda badiiy adabiyot to`g`risidagi fikrlar badiiy 
asarlarning o`zida berilar edi. CHunki hali adabiyotshunoslik alohida fan sifatida 
ajralib chiqmagan edi. Masalan, qadimgi yunon komediyanavisi Aristofan (e.a.446-
385) «Q u r b a q a l a r» komediyasida o`zining adabiyot haqidagi fikrlarini beradi. 
Unga ko`ra, Esxil bilan evripid vafotidan keyin er yuzida biror buyuk shoir qolmabdi. 
er ostiga tushib, ularning ikkisidan qaysi biri zo`r bo`lsa, o`Shani er ustiga olib 
chiqishmoqchi bo`lishibdi. Esxil va evripid asarlarini tarozida tortib ko`rishsa, Esxil 
asarlari og`ir kelibdi. SHuning uchun ham Esxilni er ustiga olib chiqib ketiShadi. 
Aristofan Esxil bilan evripid o`rtasidagi bahslar orqali oetik san’at, ayniqsa, 
tragediyaning vazifasi to`g`risida fikr yuritadi. Uning fikricha, poeziya ko`tarinki va 
qahramonona bo`lishi kerak. SHundagina u fuqarolarga namuna bo`ladi. evripid 
asarlari tilining soddaligi, qahramonlarning oddiy kishilar ekanligi uchun 
tragediyaning oliy mavqeiga to`g`ri kelmaydi, deydi. Aristofan badiiy adabiyotning 
yuksak ijtimoiy rolini yoqlaydi, unga ibrat, namuna, tarbiya vositasi sifatida 
yondaShadi va ana shu o`lchovdan kelib chiqib san’atkor oldiga qator talablar 
qo`yadi. 


Qadim zamonlardan boshlab badiiy adabiyot va san’atning yutuq va 
tajribalarini umumlashtiruvchi ilmiy traktat (ilmiy asar)lar ham yaratila boshlangan. 
Ana shu ilmiy asarlarda adabiyot haqidagi dastlabki fikrlar bayon qilingan bo`lib, 
ular adabiyotshunoslik fanining paydo bo`lishiga zamin hozirlagan. Adabiyot va 
san’at to`g`risida ilk marotaba ilmiy asar yaratgan mutafakkirlardan biri qadimgi 
yunon faylasufi Platon (e.a. 427-374 yy.)dir. 
Platon «S u h b a t l a r» kitobida muallifning tutgan o`rniga ko`ra adabiy 
asarlarni uchga bo`ladi: 
1) yozuvchi o`z nomidan gapiradigan asarlar - lirika; 
2) yozuvchi o`zi voqealarda ishtirok etmay, boshqalar ishtiroki bilan voqealarni 
tasvirlagan asarlar - drama; 
3) har ikki usul ham qo`llanilsa - epos. 
Arastu (e.a.384-322yy.) o`zining «P o e t i k a» asari bilan adabiyot haqidagi 
fanga asos soladi. Uning fikricha, badiiy adabiyotning mazmuni hayotdan olinishi 
kerak. Arastu badiiy adabiyotning ijtimoiy rolini yuqori baholaydi, idealistik 
qarashlarga zarba berib, «katarsis» (soflash) nazariyasini olg`a suradi. Arastu badiiy 
asarlarni ikki guruhga ajratadi: oliy janrlar va quyi janrlar. Oliy janrlarga epos va 
tragediyani kiritadi, quyi janrlarga esa lirika va komediyani kiritadi. 
«Poetika» XU11 asr oxirlarigacha Ovrupoda estetikadan asosiy qo`llanma 
bo`lib kelgan. Arastuning bu asari Sharq ijtimoiy tafakkuri taraqqiyotida ham katta iz 
qoldirdi. «Poetika» 1X-X asrlardayoq arab tiliga tarjima qilinib, unga Forobiy 
Sharhlar yozgan. SHuning uchun Arastu «birinchi muallim», Forobiy esa «ikkinchi 
muallim» deyiladi. 
O`rta asrda jaholatning avj olganligiga qaramay, adabiyot to`g`risidagi fikr 
nisbatan rivojlandi. Dante (1265-1321) « Xalq nutqi haqida» degan asarida badiiy 
adabiyotni lotin tilida emas, o`z ona tilida yaratish fikrini olg`a suradi. 
XU11 asrda Frantsiyada klassitsizm adabiyoti qaror topadi. Bualo (1636-1711) 
o`zining «SHe’riyat san’ati» asarida klassitsizm adabiyotining asosiy qoidalari o`z 
ifodasini topadi. Klassitsizm tarafdorlari antik adabiyotni namuna deb biladilar. Ular 
yozuvchida badiiy barkamollikka erishish uchun bir qator qat’iy qoidalarga rioya 
qilishni talab etadilar. 
Didro (1713-1784) « Dramatik poeziya haqida mulohazalar» kitobida 
adabiyotni hayotga yaqinlashtiruvchi jihatlarini olg`a suradi. 
Olmon mutafakkiri Lessing (1729-1781) ham «Laokoon», «Gamburg
dramaturgiyasi» risolalarida klassitsizmga qarshi chiqib, badiiy adabiyotning hayotni 
keng va erkin aks ettirish huquqini yoqlab chiqadi, badiiy asarda oddiy kishilarni 
tasvirlashga chaqirdi. 
XIX asrga kelib fan taraqqiyoti adabiyotshunoslikning ham taraqqiyotiga 
sababchi bo`ldi. 
Gegelp (1770-1831) « Estetika» asarida adabiyotshunoslikning qator muhim 
masalalalarini hal qilib berdi. U endi o`z nazariy fikrlarini biror xalq adabiyoti 
tajribasi asosida emas, butun jahon adabiyoti tajribasi asosida yaratdi. Uning fikriga 
ko`ra, san’at uch bosqichni kechirgan: - simvolik; - klassik; - romantik. 
Gegelning fikricha, Sharq san’ati simvolik bo`lib, u Ovrupo san’atiga asos 
solgan. SHundan so`ng qadimgi yunon mumtoz san’ati paydo bo`ladi. San’atning 


oliy Shakli esa romantik san’at bo`lib, u burjua davrida dunyoga keladi. Gegelp 
fikricha, burjua jamiyati eng mukammal bosqich bo`lib, bu davrda san’at ham 
cho`qqisiga chaqadi. 
Gegelp adabiyotning tarix, jamiyat bilan bog`liqligini isbotlaydi. U 
adabiyotning uch xili: drama, epos, lirika haqidagi ta’limotni mukammallashtirdi. 
Gegelp fikricha, san’at go`zallikni aks ettirishi kerak. Lekin go`zallikni tasvirlashdan 
maqsad ilohiy go`zallikka etishdir. 
XIX asrga kelib adabiyotshunoslik fan sifatida Shakllana boshlaydi, uning bir 
qator maktab va yo`nalishlari: biografik metod, madaniy-tarixiy, qiyosiy-tarixiy 
maktablari paydo bo`ladi. 
V.Belinskiy, N.Chernishevskiy, I.Gertsen, N.Dobrolyubov kabilar o`z 
asarlarida adabiyotshunoslikning qator muhim masalalarini to`g`ri hal etganlar, 
adabiyotning xalqchilligi, zamonaviylik va haqqoniylik g`oyalarini yoqlaganlar. 
O`rta Osiyoda adabiyotshunoslik ilmi yunon va arab ilmi ta’sirida vujudga 
keldi. 
Abu Nasr Muhammad al-Forobiy (873-950) Arastu ta’sirida «SHe’r kitobi»
hamda «SHoirlar san’ati qonunlari haqida risola» asarlarini yozadi. Ularda Forobiy 
badiiy adabiyotning xususiyatlari, badiiy obraz, she’r tuzilishi, adabiy tur va janrlar 
haqida ma’lumot beradi. 
O`rta asrlar adabiyot ilmining eng yirik namunalaridan biri Abu Mansur as-
Saolibiyning (961-1038) «Yatimat ad - dahr» kitobidir. Asar to`rt qismdan iborat 
bo`lib, uning 1U qismida X-X1 asrlarda arab tilida ijod etgan 415 o`zbek shoiri 
haqida ma’lumot beriladi. 
Ibn Sino (980-1037) o`zining «Mu’tasam ush-shuaro» («SHoirlar panohgohi») 
asarida adabiyot tarixi va adabiyotshunoslikka oid fikrlarni olg`a surgan. 
Abul Qosim az-Zamaxshariy (1075-1144) grammatika, lug`atshunos-lik, 
adabiyot, aruz ilmi, jug`rofiya, tafsir, hadis, fikhga oid 50 dan ortiq asar yozgan. 
Masalan, «Al Qustos fi-l-aruz» («Aruzda o`lchov»), «Al-Mustaqso fil-amsol» 
(«Nihoyasiga etgan masallar»), «Maqomat» («50 maqomdan iborat qofiyali 
o`lchov»), «Devon ush-she’r» va boshqalar. 
Nasriddin Tusiyning (1201-1274) «Me’yor ul-ash’or» (aruz bilan bog`liq vazn 
masalalari) asari yaratildi.
Rashididdin Vatvot (X11 asr) «Hadoyiq us-sehr» 
(«SHe’riy san’atlar talqini») asarida she’r turlari, qofiya va radif qoidalari, so`z va 
she’riy san’atlar, vazn, muammo usuli asoslari haqida fikr yuritiladi. 
Shayx Ahmad bir Xudaydod Taroziyning «Funun ul-balog`a» asari AQSHning 
Michigan universiteti kutubxonasidan topildi. Kitob hijriy 840, melodiy 1436-1437 
yillarda yaratilgan. Muallifning fikricha, nasr va nazmning qoidalarini o`rganish, 
bilish har bir insonning vazifasidir. Kitob 5 qismdan iborat: 
1-qism. SHe’r turlari haqida. 
2-qism. Qofiya va radif haqida. 
3-qism. So`z va she’riy san’atlar haqida. 
4-qism. Vazn haqida. 
5-qism. Muammo nazariyasi asoslari haqida. 
Taroziy she’rning 10 turini ajratadi: qasida, g`azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, 
tarse’, musammat, mustazod, mutavval, fard. Kitobda she’rga ta’rif berilgan. 


Sultonlar, amirlar, vazirlar maqtalsa - madh yoki tamadduh; marhumlar zikr qilinsa - 
marsiya; biror Shaxs masxara qilinsa - hajv yoki mazammat; hazil qilinsa - mutoyiba 
deyiladi. 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) «Hindiston» asarida hind she’riyati poetikasi 
to`g`risida ma’lumotlar beradi. 
Abdullo ibn Muslim Dinovariy (829-889) «Kitob ush-she’r va shuaro», 
Mahmud Qoshg`ariyning (11 asr) «Devoni lug`atit-turk» asarlarida ham 
adabiyotshunoslikka oid fikrlar mavjud. 
Keyinchalik turli tazkiralar paydo bo`ldi. Ularda shoirlar tarjimai holi qisqacha 
beriladi, ular ijodi baholanadi. 
Muhammad 
Avfiyning 
«Lubobul 
albob» 
(«Mag`izlarning 
mag`zi»). 
Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkiratush-shuaro» (XU asr), Navoiyning «Majolis 
un-nafois», Maleho Samarqandiyning «Muzakkir us-ashob» («Iste’dod egalarining 
zikri») XU11 asr, Fazliyning «Majmuatush-shuaro» asarlari shular jumlasidandir. 
SHu bilan birga, aruz san’ati, qofiya ilmiga oid bir qator risolalar ham yaratilgan. 
Bulardan eng muhimlari Navoiyning «Mezon ul-avzon», Boburning «Risolai aruz» 
asarlaridir. 
O`tmishdagi adabiyotshunoslikka oid asarlarning eng ko`zga ko`ringanlaridan 
biri Navoiyning «Muhokamatul-lug`atayn» asari bo`lib, unda xuddi Dante singari
Navoiy ham o`z ona tilining, adabiy tilning huquqlarini yoqlab chiqadi. Demak,
1.Sharqda adabiyot haqidagi dastlabki fikrlar og`zaki suhbatlarda bayon etilgan 
bo`lib, ular boshqa manbalar, xotiralar orqali etib kelgan. Bular Xondamirning 
«Makorimul-axloq», Mirxondning «Ravzatus-safo», Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe», 
Ogahiyning «Firdavs ul-iqbol» asarlari. 
2. Badiiy asarlar tarkibida berilgan.
3. Maxsus badiiy asrlarda bayon qilingan. 
Sayfi Saroyining «Jahon shoirlari, ey gulShani bog`» masnaviysida shoirlar 
ikki guruhga: 1) haqiqat so`zlovchilar; 2) quruq safsata bilan shug`ullanuvchi 
yolg`onchi shoirlarga ajratiladi. SHuningdek, Munisning «Mango», Xorazmiyning 
«SHuaro», Maxmurning «Amalim», Muqimiyning «Bo`ldimu?» nomli g`azallari ham 
adabiyot haqidadir. 
4. Tazkiralarda berilgan. 
5. Tarixiy va memuar asarlarda keltirilgan. 
Masalan, «Boburnoma»da 911 hijriyga bag`ishlangan bobda Navoiy, Jomiy, 
Shayxim Suxayliy, Binoiy, Solih, Hiloliy haqida ma’lumot beriladi. Navoiy haqida: 
«Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha 
ko`p va xo`b aytqon ermas»,- deyiladi. 
6. Maxsus nazariy risolalar yaratilgan. 
7. Adabiy-tanqidiy fikrlar badiiy asar tarzida yozilgan. 
8. Adabiy-tanqidiy fikrlar sintetik, aralash tarzda bo`lib, ular turli maxsus 
tadqiqotlarda emas, turli fanlarga oid kitoblarda keltirilgan. 
O`zbekistonda adabiyotshunoslikning Shakllanishida A.Avloniy, S.Ayniy, 
Hamza, A.Sa’diy, Fitrat, O.Hoshim, S.Husayn, O.Sharafuddinov, Z.Said, Anqaboy 
kabilar alohida o`rin egallaydi. 


30-yillarga kelib adabiyotshunoslikning rivojlanishishda badiiy ijod bilan bir 
qatorda, yozuvchilar ham katta ishlar qildilar. SHu yillarda adabiyotshunoslikka 
R.Majidiy, I.Sulton, H.Zarif, H.YOqubov, Yu.Sulton kabilar kirib keldilar. Ular 
mumtoz yozuvchilar merosini o`rganish, og`zaki ijod namunalarini to`plash va ilmiy 
tahlil qilish, ayrim nazariy va ijodiy masalalarni o`rganishda katta ishlar qildilar. 
30-yillarda Fanlar Akademiyasining tashkil etilishi, natijada esa uning 
tasarufida Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining paydo bo`lishi 
sohaga daxldor kadrlar tayyorlash ishini muvofiqlashtirdi.
Hozirgi kunda adabiyotshunoslikning barcha sohalari bo`yicha keng qamrovli 
tadqiqotlar olib borilmoqda. «Adabiyot nazariyasi», «Adabiyotshunoslikka kirish» 
darsliklari nashr etilgan. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika universiteti zaminida yangi, jahon adabiyotshunosligining butun 
yutuqlarini qamrab olgan adabiyot nazariyasi dasturi va darsligi yozilmoqda. Hozirgi 
kundagi asosiy vazifalardan biri adabiyotshunosligimizni jahon adabiy-nazariy 
fikrlariga hamohang bo`lishini ta’minlashdan iboratdir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə