Adabiyotshunoslik asoslar


 Inson mehnatida mavjud bo`lgan estetik momentlarni yuzaga chiqarish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

1. Inson mehnatida mavjud bo`lgan estetik momentlarni yuzaga chiqarish.
Bunga me’morchilik, badiiy kasblar, badiiy san’at kiradi. 
2. Inson ongining voqelikni hissiy va obrazli formada aks ettirish, bilish va 
his qilish qobiliyatiga asoslanadi. Bunga adabiyot, muzika, tasviriy san’at, 
haykaltaroshlik kiradi. 


Ma’lum san’atning o`ziga xos obrazlarda imkoniyatlarini yuzaga chiqara olish 
mahorati san’atkorga bog`liqdir. Har san’at turining o`ziga xosligi voqelikni estetik 
o`zlashtirish usuli bilan belgilanadi. Jamiyat ijtimoiy-estetik ehtiyojlarining o`sishi, 
ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan badiiy ijodning yangi Shakllari paydo bo`ldi: 
San’at turlari: 

raqs 

kino 

me’morchilik 

dekorativ-amaliy san’at 

haykaltaroshlik 

tasviriy san’at 

grafika 

musiqa 

teatr 

adabiyot 

badiiy fotografiya 

televidenie 
Me’morchilik - ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti darajasiga bevosita 
bog`liq. Me’morchilik inshootlari insonning amaliy ehtiyojlariga xizmat qiladi. U 
insonning xususiy va ijtimoiy ehtiyojlariga mo`ljallanadi. Me’morchilikdagi badiiy 
ifodalilik inson ehtiyojiga xizmat qiladi, jamiyatning moddiy va ma’naviy darajasini 
belgilaydi. U moddiy madaniyat vositasi bo`lib, jamiyat estetik tasavvurlarini 
mujassamlagan badiiy ijod turi hisoblanadi. Jamiyat ehtiyojlari, uning faoliyati 
xarakterini ifodalash me’morchilikning qimmatini belgilaydi. Ammo me’morchilik 
hayot voqeligini ifoda etmaydi. Uning o`zi o`Sha hayotning bir qismidir. 
Haykaltaroshlikda inson uch o`lchovda (balandlik, hajm, uzunlik) tasvirlaydi. 
Uning bo`yog`i qattiq materialdir (yog`och, pishgan loy, tosh, metal). Haykalda inson 
ham tasavvurdagi makonda, ham real makonda beriladi. Uni o`yish va yasash bilan 
bunyod qilinadi. U inson gavdasining proportsiyalarini, uning mimika va jestlarini
makondagi figuraning holatini ko`rsatadi. Biroq haykalning imkoniyatlari 
cheklangan. Unda insonning tabiat, maishiy muhit bilan munosabatlari bevosita 
berilmay, ba’zi elementlar bilan unga ishora qilinadi. Haykalda insonning tipik obrazi 
yaratiladi. U zo`r kuch bilan estetik idealni tasdiq etadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə