Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

Rassomlik(tasviriy san’at)da bir vaqtda ham inson, ham muhit tasvirlanadi. 
Unda hayot butun boyligi va ranglari bilan beriladi. Rang va nur inson estetik 
tuyg`usini ifodalab, voqea-hodisalarga munosabatini, kechinmalarni ifodalaydi. Biroq 
tasviriy san’at voqealarning bir lahzasini bera oladi, xolos. Oldin va keyin bo`ladigan 
hodisalarga ayrim ishoralar bildirish bilan cheklanadi.
Musiqada aniq. Konkret voqealar tasvirlanmaydi. Unda voqea makoni ham
qahramonlar, xarakterlar ham yo`q. Biroq musiqa borliqni zo`r kuch va chuqurlik 
bilan ifodalab, inson kechinmalarini yorqin beraoladi. Musiqada berilgan tuyg`u 
orqali uning sabablari va voqelikni tasavvur qilamiz. Musiqali obraz mavhum 
namoyon bo`lib, hissiy xarakter kasb etadi. Inson kayfiyatining nozik tebranishlarini 


berish bilan inson ma’naviy hayotining muhim tomonlarini bera oladi. Tinglovchi shu 
tovushlarni eshitib, ular tug`dirgan ijtimoiy hayot hodisa va qonuniyatlarini his etadi.
Teatr sintetik san’at turi bo`lib, unda badiiy adabiyot, tasviriy san’at 
elementlari bo`ladi. Teatrning g`oyaviy-tematik asosini dramaturgiya tashkil etadi. 
Dramatik asar faqat teatrdagina o`z imkoniyatlarini to`liq namoyon qiladi. Aktyor o`z 
o`yini bilan xarakter yaratib, muallif niyatini ifodalaydi hamda matnga hayot baxsh 
etadi. Teatr voqea-hodisalarni, xarakterlarni jonli qilib ko`rsatadi. Unda Shaxslarning 
munosabati, to`qnashuvi, kurashi hamda fikrlar, tuyg`ular to`qnashuvi ifodalanadi. 
Spektakl bir o`ynalganda san’at asari sifatida namoyon bo`ladi. Keyingi o`yinda u 
o`zgarishga uchrashi mumkin. Biroq teatrning imkoniyati tor. U hodisalarni epik 
asarlardagiday ko`rsata olmaydi. Voqealar qahramon tilidan bayon etiladi. 
Qahramonlar san’atdan tashqaridagi voqealardan xabar beradilar. Biroq bu usul 
asosiy emas, yordamchi vositadir. Teatrda kishilarning fikr-tuyg`ulari, sahna harakati, 
mimika va nutqi bilan beriladi.
Teatr ikki turga bo`linadi: 
1.
Dramatik (tragediya, komediya, drama, tragikomediya). 
2.
Musiqali ( opera, operetta, musiqali drama). 
Kino eng yosh va eng ommaviy tur bo`lib, moddiy-texnik vositalar 
taraqqiyoti natijasida paydo bo`lib, tarix sahnasiga chiqqan ommaning ijtimoiy-
estetik ehtiyojlarini qondiradi. Kino o`zida teatr, balet va boshqa tomoSha turlarini 
birlashtirib, ularning imkoniyatini kengaytiradi. Kinoda obraz tugal bo`ladi. Unda 
teatrdagiday har safar yangicha bo`lmaydi. Kinoda tasviriylik va ko`lamlilik birlashib 
ketadi. Kino badiiy fotografiya bilan ham bog`liqdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə