Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

M a ‘ r i f i y ahamiyati. Badiiy adabiyot katta ma’rifiy qimmatga egadir. U 
kishilarga bilim beradi. San’at vositasida olamni bilib bo`ladi. San’at ham 
narsalarning mohiyatini ochadi. Badiiy adabiyot ob’ektiv haqiqatini qanchalik chuqur 
aks ettirsa, uning qimmati shuncha yuqori bo`ladi. San’atning xayotni bilishdagi 
ahamiyati juda katta. N.CHernishevskiy adabiyotni «xayot darsligi» deb atagan edi.
Badiiy adabiyot - tuganmas bilim manbaidir. Ayniqsa, qadimgi davrlar 
adabiyoti tarix fani boy material manbaidir. Masalan, «Rigveda»da (e.a. X asr xind 
eposi) oila va nikoh masalalari. Gomer va Gesiod dostonlari. «Alpomish»da 
urug`chilik munosabatlarining emirilishi ifodasi. «Qutlug` qon» romanida kapitalistik 
munosabatlarning aks etishi. 
 
Boshqa xalqlar adabiyoti namunalarini o`qish kishilarni ularning hayoti, 
turmush tarzi, madaniyati va tarixi bilan tanishtiradi, baynalmilal tarbiyada 
muhim rol o`ynaydi. M.Avezovning «Abay» romanini o`qigan kitobxon qardosh 
qozoq xalqining og`ir qismati, fojiali o`tmishi bilan taniShadi. 
T a r b i ya v i y ahamiyati. Adabiyot odamlarni tarbiyalaydi, ularga taqlid 
namunalari beradi. Ba’zi qahramonlar kishilarni qanday yaShash va kurashishga 
o`rgatsa, boshqalari qanday yaShamaslik, kimlarga o`xShamaslikka o`rgatadi.
Adabiy qahramonlari - kishilarning doimiy yo`ldoshi bo`lib qoladi. Saida va 
Luqmonchalar kundalik hayotimizda bizga o`rnak, hamdard va hamnafas bo`lib 
qolgan qahramonlardir. Ayrim adabiy qahramonlar butun bir davr, butun bir avlod 
kishilarini o`z ortidan ergashtiradi. San’ati takrorlanmas, o`ziga xos Shakllarda 
jamiyat keltirib chiqargan olijanob axloqiy va psixologik fazilatlarni tasdiqlaydi. 
Ayniqsa, yosh bolalarni tarbiyalashda badiiy adabiyot qudratli vositadir. U bolani 
obrazning poetik olamiga olib kiradi. Bola o`sgan sari adabiyot uni insoniy 
munosabatlar va kechinmalar dunyosiga tobora ko`proq olib kiradi, uni hayotiy 
kurashga tayyorlaydi. Masalan, D.Defoning «Robinzon Kruzo» romanida insonning 
qudrati va matonati, mehnat jarayonlari ulug`lanadi. M.Tvenning «Gekkelpberri 
Finning boshidan kechirganlari» romanida turli irq kishilarining tengligi va do`stligi, 
ezgulikka intilishi ko`rsatiladi. Maktablarda bolalarga adabiyot tarixini, alohida 
asarlarni o`rgatish, ularga badiiy asarlarni o`qitish, ijro ettirish yo`li bilan, avvalo, 
bolalarga bilim berilsa, ikkinchidan, ular ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiya qilinadi. 
Biroq o`quvchilarning sistemali kitob o`qishlariga erishish bilangina badiiy 
adabiyotning izchil tarbiyaviy rolini ta’minlash mumkin. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə