Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

E s t e t i k ahamiyati. Adabiyot va san’at asarlarining ahamiyati odamlarga 
taqlid namunalari berish bilangina cheklanmaydi. CHunonchi, Kumush va Saidalarga 
taqlid qilish, ergashish, N.SHomurodov va Yo`ldosh Komilovlarga havas qilish 
mumkin, lekin SHekspir tragediyasidagi Otelloga, CH.Aytmatovning «Oq kema» 
qissasidagi personajlarga ergashib bo`lmaydi SHuning uchun ham san’at, avvalo, 
insonning tuyg`usiga ta’sir qilib, uni fikrlashga, o`ylashga majbur etadi, uni soflaydi, 
butun vujudini junbushga keltirib, g`uborlardan tozalaydi, unga nimalarni yoqlab
nimalarga qarshi kurashish kerakligini ko`rsatadi. B.Brextning «Kuraj ona va uning 
bolalari» dramasi kishini o`z ijtimoiy ahvoli hamda burchi to`g`risida o`ylashga 
majbur qiladi. Demak, san’at asari kishilarning ongigagina emas, dastavval, ularning 
tuyg`ulariga ta’sir qiladi. Bunda adabiyotning emotsional-estetik tomoni katta rolp 
o`ynaydi. Biz adabiy asarlarni o`qiganimizda, fikrimiz intensiv qo`zg`oladi, tuyg`u va 
irodamiz, ongimiz tezlik bilan ishlay boshlaydi. 
Adabiyot ulkan emotsional kuchga ega ekanligi bilan ham muhim sotsial 
funktsiya bajaradi. Professor S.Mirvaliev ta’kidlaganidek, «Adabiyot ma’naviyatning 
boshqa omillariga qaraganda ham vositali ifodasi, ham ko`rgazmali ta’sir kuchi bilan 
ustuvordir». SHuning uchun ham eng nodir san’at namunalari asrlar bo`yi kishilarni 
hayratga solib, ularni to`lqinlantirib keladi. Badiiy adabiyot kishining tuyg`usini, 
ulardagi go`zallik hissini mukammallashtiradi. Badiiy adabiyot insonning ma’naviy 
va jismoniy go`zalligini, insoniy munosabatlarning go`zalligini sezishga yordam 
beradi. Badiiy asar o`zining mahorat kuchi bilan ham insonga ta’sir ko`rsatadi. Biroq 
mahorat deganda san’at asarining Shakligina emas, g`oyaviy yo`nalishi ham ko`zda 
tutiladi. Kishiga estetik lazzat beruvchi va san’atkor mahoratini ko`rsatuvchi bosh 
omil - asarning haqqoniyligidir. 
Haqiqiy xalqchil realistik asarlar insonda hayot zavqini oshiradi, unda 
go`zallikni tushunish fazilatini Shakllantiradi, hayotga ijodiy munosabatda bo`lishga 
o`rgatadi. 
Emotsionallik fanda ham bo`ladi. Ilmiy tadqiqot va kashfiyot jarayoni olimni 
ham emotsional hissiyotlar qamrab olib, unda o`zi qilayotgan ishdan zavqlanish hissi 
paydo bo`ladi. Fizik olim e.Faynberg ilmiy ijodni «emotsiya va ehtiroslar, to`lg`oq va 
quvonchlar» sifatida xarakterlaydi. Bu jihatdan fan ham san’atdan farq qilmaydi. 
Lekin emotsionallik ilmiy ijodning asosini tashkil qilmaydi. 
San’atda emotsionallik katta rolp o`ynaydi. Biroq buning o`zi etarli emas. 
San’atda emotsional ta’sirchanlik bo`lishidan tashqari, tuyg`ularning haqqoniyligi va 
samimiyligi ham juda muhimdir. 
Badiiy adabiyot insonni xalqning ruhiy olami bilangina emas, uning tili 
xazinasi bilan ham oshno qiladi, ona tilining go`zalligi, estetik mohiyatiga chuqurroq 
kirib borishga imkon yaratadi. SHu yo`l bilan badiiy adabiyot kitobxonning nutq va 
til madaniyatini o`stiradi, uning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə