Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

Adabiyot esa hayotning taraqqiyot tendentsiyalarini kengroq tasvirlaydi. 
Adabiyot taraqqiyotida yozuvning kelib chiqishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. 
Adabiyotda kishilarning hayoti, kurashi, konfliktlar, kechinmalar bir joydan ikkinchi 
joyga ko`chib turadi. Kitobxon o`z tajribasiga, fikr boyligiga qarab asardagi 
manzaralarni tasavvur qiladi. Biroq adabiyotda obrazlar san’atdagiday aniq 
ko`rsatilmaydi. Adabiyot va san’atning predmeti insondir, obrazlilik esa 
xususiyatidir. Qadimgi hind san’atida o`simliklar va hayvonlar ilohiylashtirilib, 
asosiy predmet qilib olingan. Inson esa tabiat va hayvonlarga nisbatan ikkinchi 
darajali ahamiyatga ega bo`lgan. Qadimgi Misr san’atida insonnamo mahluqlar 
(sfinks) obrazi paydo bo`lib, ularda inson qiyofasi namoyon bo`ldi. Qadimgi Yunon 
san’atida odam qiyofasini olgan xudo va ma’buda(kentavr)lar obrazi tasvirlandi. 
Aslida ana shu ma’budalarning o`zi ham ideal inson timsoli edi. Insonning san’atga 
kirib kelishi san’atda katta kashfiyot bo`ldi.
Demak, badiiy adabiyot markazida inson, uning hayoti, ishlari, o`y-hayollari, 
kurashi, tabiat va jamiyatga munosabati turadi. SHuning uchun ham M.Gorpkiy 
adabiyotni «insonshunoslik» deb atagan.
Ijtimoiy va tabiiy fanlar ham insonni o`rganadi. Biroq adabiyot fandan farqli 
ravishda, insonni bir butunlikda, atrof-muhit bilan bog`liqlikda o`rganadi. Bundan 
tashqari, adabiyotda tasvirlangan inson estetik qimmatga ham egadir. San’at inson 
go`zalligini ifodalab qolmay, uning salbiy jihatlarini ham ko`rsatadi.
Badiiy adabiyot insonni so`z vositasida tasvirlaydi. Badiiy so`z rassom 
bo`yog`i singari ko`rib, his qiladigan obraz yaratmaydi. So`z san’ati bizning 


tasavvurimiz uchun obraz yaratadi. Biroq so`z san’ati tasavvurimiz uchun obraz 
yaratadi. SHunday qilib, adabiyot so`z vositasida insonning ichki va tashqi qiyofasini 
ko`rsata oladi.
Demak, inson adabiyotning predmetidan ko`ra ko`proq uning maqsadidir. 
Adabiyot hayotni obrazli aks ettirish Shaklidir. Uning asosida obraz yotadi. Obraz esa 
adabiyotning xususiyatidir. 
Adabiyot o`zining uch xususiyati bilan ijtimoiy ongning boshqa Shakllaridan, 
fandan farqlanadi. Bu xususiyatlar to`g`risida V.Belinskiy ham batafsil gapirib 
o`tgandi. 
Birinchidan, adabiyot o m m a v i y d i r, u jamiyat fikriga suyanadi. Adabiyot 
ozchilik bilimdonlar doirasidan emas, butun ommaning, eng kamida xalqning 
ma’rifatli sinflaridan madad oladi. Adabiyot butun jamiyat mulkidir. Adabiyot 
jamiyatning barcha tabaqalariga mo`ljallangan bo`ladi, hamma tomonidan o`qiladi. 
Eng nodir shoh asarlar milliy chegaralardan ham chiqib ketib, butun insoniyatning 
mulki bo`lib qoladi. Maslan, CH.Aytmatov ijodi buning yorqin dalilidir. 
Ikkinchidan, adabiyot ma’lum Shaxslar, t a l a n t l a r (iste’dodlar) tomonidan 
yaratiladi. V.Belinskiy ta’rifi bilan aytganda, adabiyotning yaratuvchisi xalq emas
balki ayrim Shaxslar bo`lib, ular o`zlarining aqliy faoliyatlari bilan xalq ruhining turli 
tomonlarini aks ettiradilar». Adabiyotda yaratuvchi Shaxsning uslubi, ruhiyasi o`z 
izini qoldiradi. Ijodkorlar o`z davrida katta iz qoldiradi, adabiyotning butun davrlari 
ana shu yakka ijodkorlar nomi bilan bog`liqdir. 
Uchinchidan, adabiyotning yana bir xususiyasti - b a d i i y l i g i - 
d i r. «Adabiyot to`g`risida gapirar ekanmiz, -deydi V.Belinskiy, - biz dastavval 
go`zal adabiyotni, badiiy asarlar doirasini ko`zda tutamiz. 
Olim ham, san’atkor ham bir narsa haqida gapirib, bir xil xulosaga kelishi 
mumkin. CHunki tarixchi-olim tarixni tushuntiradi, undagi hodisalararo bog`liqlikni 
izohlaydi. Tarixchi-yozuvchi esa o`z ko`zi bilan ko`rgandek tasvirlaydi va kitobxonni 
o`Sha jonli voqealarning guvohiga aylantiradi. Fan haqiqatlari ozchilikkagina 
tushunarli bo`ladi, alohida tayyorgarlik talab qiladi. Badiiy adabiyot esa o`zining 
ommaviyligi bilan farq qiladi. San’atda fikr hissiyot vositasida ifoda etiladi. Biroq 
san’atning qimmatini hissiyot bilangina cheklab qo`shib bo`lmaydi. San’at bilish 
vositasi hamdir. SHu jihatdan ham u fanga yaqin turadi. Emotsionallik fanda ham 
bo`ladi. Tadqiqot va kashfiyot jarayonida olimni ham hissiyot qurShab oladi, unda 
qilayotgan ishdan quvonish, lazzatlanish hissi uyg`onadi. Fandagi emotsionallik ilmiy 
ijodning asosini tashkil qilmaydi. 
San’at va fan insonning borliqqa ongli munosabatining ikki bosqichi emas, ikki 
Shaklidir. Ularning har ikkisi ham logik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. 
V.Belinskiy fikricha, fan isbotlaydi, san’at esa ko`rsatadi. Aslida san’at ham mantiqiy 
isbotlaydi. Fan bilan san’atning farqi shundaki, ulardan biri borliqni ratsional 
Shaklda, ikkinchisi hissiy-emotsional tarzda ifoda etadi; biri tafakkurga, ikkinchisi 
tuyg`usiga ta’sir qiladi. 
Ilmiy va badiiy bilish bir-biridan farq qiladigan ikki xil bilish emas. Badiiy 
bilish ham ilmiy bilish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Masala san’at 
ham fan singari bilish vositasimi yoki yo`qmi, degan tarzda qo`yilmasligi kerak, balki 
san’atning xususiyatimi yoki yo`qmi, degan tarzda qo`yilishi kerak. Hayotni bilishda 


san’at fanning tayyor xulosalariga suyanishi ham mumkin, san’atkor voqelikni o`zi 
kashf qilishi ham mumkin. Masalan, «Me’mor»da Mirmuhsin Lutfiyni xurufiylikka 
aloqador etib tasvirlaydi Lutfiy hayoti to`g`risida ma’lumotlar yo`q darajada. 
Lutfiydek odam podshoni madh qilishi esa aqlga sig`maydi. Uning xurufiylarga 
xayrixohligi esa aqlga sig`adi. SHuning uchun ham romanda Lutfiy Hirotdan bosh 
olib chiqib ketgan qilib ko`rsatiladi. Romanni o`qigan olim E.Rustamov Mirmuhsin 
oldiga borib, Lutfiy haqidagi romanda foydalanilgan yangi ma’lumotlarni berishni 
iltimos qiladi. Aslida yozuvchi hech qanday yangi ma’lumot topgani yo`q. Voqealar 
mantiqi bu o`rinda xuddi olim singari, yozuvchini ham ana shunday mantiqiy 
xulosaga olib kelganki, bu haqiqatga zid emas. 
Xullas, san’at ham, fan ham faktlarni o`rganib, umumlashtiradi. Biroq ularning 
natijasi bir-biridan farq qiladi: san’at haqiqatga yaqin bo`lgan badiiy obraz yaratadi, 
fan haqqoniy ilmiy nazariya yaratadi. Ilmiy ijod natijasida yangi qonuniyatlar 
yaratilib, ijtimoiy munosabatlar, sanoat, texnika o`zgaradi. San’at esa insonni 
dunyoni o`zgartirish uchun ijodiy mehnatga chorlaydi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə