Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

NAZORAT SAVOLLARI: 
1.San’at - ijtimoiy ong Shakli. 
2. San’atning xususiyatlari. 
3. Adabiyot va san’at. 
3. So`z san’atining xususiyatlari. 
4. Adabiyot va fan. 
5. Adabiyotning san’at turlaridan farqini ko`rsating. 
6. Adabiyot - so`z san’ati.
7. Adabiyot - insonshunoslik. 
8. Badiiy adabiyot xususiyatlari. 
9. «San’at - san’at uchun nazariyasi. 
10. Adabiyot va fanda inson tasviri. 
TAYANCH IBORALAR
1. Adabiyot - ijtimoiy ong Shakli. 2. Adabiyot va fan. 3. San’at va fan. 
4. Adabiyotning xususiyatlari. 5. Adabiyot - insonshunoslik. 
A D A B I YO T L A R
1. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1979. 
2. N.SHukurov va b. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1984. 
3. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1995. 
BADIIY ADABIYOTNING IJTIMOIY FUNKSIYASI VA AHAMIYATI. 
R e j a
1. Badiiy adabiyotning jamiyatdagi roli. 
2. Badiiy adabiyotning ahamiyati. 
3. Adabiyot va ahloq. 
Kishilarni axloqiy va estetik tabiyalashda adabiyot va san’at muhim funktsiya 
bajaradi. CHunki adabiyot va san’at faqat ko`ngil ochish vositasigina emas, insonni 
Shakllantiruvchi, tarbiyalovchi, uni hayotga faol aralashishga undovchi, kurashga 


da’vat etuvchi kuchdir. San’at inson psixologiyasiga ham ta’sir qiladi, uning 
xarakterini Shakllantiradi. 
San’at insonni boyitadi, kuzatuvchi qiladi, uni hayotning muhim masalalari 
xususida o`ylashga majbur etadi. San’at go`zallik ta’cirida kishining ma’naviy 
dunyosi, e’tiqodlari mustahkamlanadi. Go`zal obraz kishi qalbidan o`rin olib, uni 
hayotning ma’nosini chaqishga o`rgatadi, faoliyat va kurashga chorlaydi. SHu bilan 
birga, adabiyot va san’at inson tasavvurlari, fikrlash qobiliyatini ham o`stiradi. Inson 
tasavvurlari, fantaziyasining o`sishi faqat san’atni tushunish qobiliyatini rivojlantirib 
qolmasdan, uning texnika va boshqa sohalardagi faoliyati va mehnat qobiliyatini ham 
rivojlantiradi. Har bir buyuk asar, har bir buyuk san’atkor insonni yangi pog`onaga 
ko`taradi. SHuning uchun ham Dobrolyubov SHekspir to`g`risida gapirib, «u 
insoniyatni ma’naviy yuksaltirdi», degan edi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə