Adabiyotshunoslik asoslar


A d a b i yo t n a z a r i ya s i - badiiy adabiyotning qonun-qoidalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

2. A d a b i yo t n a z a r i ya s i - badiiy adabiyotning qonun-qoidalari
hayotni badiiy aks ettirish hamda adabiyot taraqqiyotining qonuniyatlari 
to`g`risidagi fandir. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning jamiyat taraqqiyotida 
o`ynagan roli, tur va janrlari, badiiy tasvir vositalarini o`rgatadi. Bu fan badiiy 
adabiyotning xususiyatlarini, ijtimoiy tabiati, vazifasi, borliqqa munosabati 
masalalari xususida ma’lumot beradi. Ijodiy metodlar, uslublar, an’ana va 
mahorat masalalari, Shakl va mundarija, romantizm, realizm masalalari adabiyot 
nazariyasi fanining diqqat markazida turadi. Adabiyot nazariyasi badiiy 
adabiyotning taraqqiyoti qonuniyatlarini, janrlarning xususiyatlari, badiiy til
uslub, she’r tuzilishi, syujet va kompozitsiya masalalari, tipiklashtirish kabilar 
bilan bog`liq holda o`rganadi. Bu jihatdan adabiyot nazariyasi umuman san’at 
qonuniyatlarini o`z ichiga olgan estetika faniga yaqin turadi. 
Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash me’yorlarini 
belgilab beradi. Adabiyot nazariyasi ommaning badiiy adabiyotni tushunishi va shu 
yo`l bilan kishilar didini o`stirishga xizmat qiladi. 


Xo`sh, shunday ekan, adabiyot nazariyasi materialni qaerdan oladi? 
Adabiyot nazarayasi o`z xulosalarini chiqarar ekan, avvalo: 
- konkret badiiy asarlarga, adabiy jarayonga, adabiyot tarixi materiali va ana shu 
badiiy adabiyotning taraqqiyot jarayoniga suyanadi; 
- o`tmish va hozirning badiiy asarlar, yozuvchilar va adabiyot to`g`risidagi fikrlariga 
suyanadi; 
- insoniyat badiiy dahosining eng nodir namunalariga suyanadi, eng mukammal 
taraqqiy etgan adabiyotlarning tajribasiga asoslanadi. Bu bilan birga adabiyot 
nazariyasi badiiy adabiyotning barcha namunalari, barcha xalqlar adabiyotlari 
yutuqlari tajribasini ham umumlashtirib, o`z qoidalarini boyitadi. 
Adabiyot tarixi adabiyotning taraqqiyot yo`llarini o`rgansa, adabiyot nazariyasi 
adabiyotning taraqqiyot qonuniyatlarini o`rganadi. Adabiyot tarixi Alisher Navoiy 
qachon yaShagan, degan savolga javob bersa, adabiyot nazariyasi Navoiy nima 
uchun XU asrda yaShaganligiga javob beradi. Adabiyot nazariyasi adabiy asarning 
xususiyatini, ichki tuzilishini o`rganadi. Ichki mazmunni adabiyot tarixi o`rganadi. 
Adabiyot nazariyasi soatsoz soatni qanday qilib buzib, tuzatsa, nazariya ham badiiy 
asarni o`Shanday tekshiradi. Fitratnikidan mukammalroq «Adabiyot nazariyasi» 
darsligini 1940 yilda I.Sulton yozgan. O`zbekistonda adabiyot nazariyasi fan sifatida 
1925-1926 yillarda paydo bo`ldi. U jahon mutafakkirlarining adabiyot nazariyasi 
haqidagi bilimlaridan paydo bo`ldi. Jumladan, Arastu «Poetika» asarini yozdi. Unda 
tragediya nima, lirika nima, degan saollarga javob berdi. Gegelp «Estetika» (4 
tomlik) asarini, XIX asrda V.Belinskiy «Poeziyaning xil va turlarga bo`linishi» 
haqida yozdi. Bunda u adabiyotni tur va janrlarga ajratadi. 
Sharq adabiyotida nazariy fikrlar asosan X asrlardan boshlab yozilgan. 
Forobiy «SHe’r san’ati», Beruniy «Osor ul-boqiya» va «Hindiston» asarlarida 
adabiyot haqida juda ko`p ma’lumotlar berilgan. Masalan, hindlarning she’r tuzilishi 
haqida ma’lumot beriladi. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon», Bobur «Muxtasar» 
kabi asarlarida adabiyot nazariyasining ba’zi bir masalalari (aruz, she’rshunoslik) 
yoritiladi. XX asrgacha, ya’ni Gegelgacha adabiyot nazariyasini o`z ichiga olgan asar 
yozilmagan edi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə