Adabiyotshunoslik asoslar


Ruboiy ham xuddi shunday qofiyalanadi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

Ruboiy ham xuddi shunday qofiyalanadi: 
Ayrim hollarda ruboiyning qofiyasi a a a a bo`lishi ham mumkin. 
Sen gulsanu men haqir bulbuldurmen, 
Sen shu’lasanu ul shu’laga men quldurmen, 
Nisbat yo`qtur deb ijtinob aylama kim, 
Shaxmen elga, vale senga quldurmen 
Bobur. 
So`zdurki, nishon berur o`lukka jondin
So`zdurki, berur jonga xabar jonondin
Insonni so`z ayladi judo hayvondin 
Bilkim, guhari Sharifroq yo`q ondin 
 
 
 
 
 
 
 
Navoiy 
Bunday ruboiy taronai ruboiy deyiladi. 
Zanjirli qofiya: a b a b v b v g v g d g 
Qofiyaning bu turi G`arbiy evropada t e r ts e t yoki tertsina deb yuritiladigan 
uch misrali bandlardan tashkil topgan she’rlarda yoki shunday misralardan tuzilgan 
epik poemalarda uchraydi. M.Dantening «Ilohiy komediya» asari ana shunday 
tertsina bilan yozilgan. Bu xususiyat A.Oripovning tarjimasida ham yaxlit berilgan.
Ternarnaya rifma - bu ham uch misrali bandlarda uchraydigan qofiya turi 
bo`lib, zanjirli qofiyadan farqli o`laroq, a a b v v b s s b bo`ladi. G`.G`ulomda ana 
shunday ternarnaya rifmaning o`ziga xos ko`rinishi uchraydi: a b v a b v 
Ko`rmasdan, bilmasdan uylanish 
Turmushday eng shirin ne’matga 


Alamni o`rtoqlash emasmi? 
Tanimay to`satdan bo`lgan yosh 
YaShashda eng chuqur kulfatga 
Sudrovchi yov tunin qiymasmi? 
G`.G`ulom. Tagduzi 
SHe’r turlari, ulardagi misralarnig soni va bandlarning xususiyatiga qarab
zanjir qofiyaning boshqa bir qator turlarini uchratish mumkin. 
Katren (to`rtlik). To`rt misrali bandlardan tashkil topgan she’r bo`lib, qofiyasi a 
b a b s d d s e g e g e g
SHe’rim! Yana o`zing yaxshisan, 
Boqqa kirsang, gullar Sharmanda. 
Bir men emas, hayot Shaxsisan, 
Jonim kabi yaShaysan tanda. 
Yuragimning dardi - naqshisan,
Qilolmaymen seni hech qanda! 
O`t bo`lurmi ishqi yo`q tanda? 
Ishqimsanki, she’rim, yaxshisan. 
Sen orada ko`prik bo`ldingda, 
Teyne bilan o`rtoq tutindim, 
Lermontovdan ko`mak o`tindim. 
Butun umrim sening bo`yningda, 
Saharda qon tupursam, mayli, 
Men - Majnunman; she’rim sen Layli! 
Nosir. 
Sekstika (oltilik). Qofiya sistemasi avvass avavss aavsssv avsavs 
Detsima (o`nlik). Qofiyasi: Avvaassdds yoki avavssdeed 
Detsima ispan poeziyasidan kelib chiqqan bo`lib, uning qofiyasida mujskaya 
va jenskaya rifma baravar bo`ladi. 
Rondelp. Uch bandli she’r bo`lib, qofiyasi avva avav avvaa
Ayrim qofiyalash sistemalari o`Shanday qofiya sistemasini birinchi marta 
ishlatgan asar nomi bilan ataladi. M., A.S.Pushkinning «evgeniy Onegin» she’riy 
romani 14 qatorli bandlardan tashkil topgan bo`lib, qofiyalash sistemasi quyidagicha: 
abab aabb abba aa
Bunday qofiyalash sistemasi «oneginskaya strofa» nomi bilan yuritiladi. 
G`.G`ulom she’riyatida (ayniqsa ijodining dastlabki bosqichida yaratilgan 
she’rlarida) turli-tuman qofiyalash sistemalarining ishlatilganligini ko`ramiz. 
«Go`zallik nimada» - aaab aaab 
«Surnay» - aabva 
«Bo`lsin»
- aabv
«Beviqor qor» 
- aabbv bbba 
«CHaman»
- aaaaaa bbbbba 


«Salom va tabrik» - aaabb 
«Paranji» 
- aaaa bbbaa 
Oybekning «Na’matak» she’ri qofiyasi ham juda nodir bo`lib, hech erda 
uchramaydi. 

























i a 
Qofiyalangan proza. Qofiya prozada ham bo`lishi mumkin. Qofiyalangan 
proza saj’ deyiladi. Sajh namunasini xalq og`zaki ijodida ko`p uchratamiz. 
Ertaklarda: bor ekanda yo`q ekan, och ekanda to`q ekan, bo`ri bakovul ekan, tulki 
yasavul ekan, qarg`a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, toshbaqa tarozidor 
ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan 
Maqollarda: «Otalar so`zi - aqlning ko`zi» 
«Ming o`yla, bir so`yla» 
«Qari bilganni pari bilmas» 
Xalq dostonlarida: «Bir so`zni eshitib, Intizor oym ertaroq bormay, uncha- 
buncha so`zga quloq solmay, oltin ko`shkning ustida turib, ko`shkning pastida asp 
jallob buni ko`rib, og`zi angrayib turdi». 
Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida: «Dehqonki dona sochar, erni yormoq 
bilan rizq yo`lin ochar. Agar rostlik va salohi bordur, uyi solih nokasidin nomadordir. 
Olam ma’murligi alardin, olam ahli masrurligi alardin. Har qayon qilsalar harakat
elga ham qut etkurur ham barakot». 
Qofiyali prozada yozish usuli boshqa. 
Saj’ usulida yozilgan asarlar musajja deyiladi. 
Qofiyali proza yozish usuli ham boshqa xalqlar adabiyotida ham bor. 
M.R.Rollanning «Kola Bryunpon» romani. 
Oq she’r. Oq she’r qofiyasiz she’r bo`lib, unda qofiya o`rnini vazn, intonatsiya 
va boshqa vositalarning mukammalligi bosishi kerak. Qadimgi yunon poeziyasida, 
Gomer dostonlarida qofiya bo`lmagan. SHekspir dramalari ham qofiyasiz yoziladi. 
M. Pushkinning «Boris Godupov», Shayxzodaning «Mirzo Ulug`bek», Nekrasovning 
«Rusiyada kim yaxshi yaShaydi» poemasi qofiyasiz oq she’rda yozilgan. O`zbek 
adabiyotida Shayxzoda va Mirtemirlar oq she’r namunasini yaratganlar. 
Shayxzodaning «Urug` socharlar» she’r buning namunasidir. 
Qofiyadan keyingi elementlar. Ba’zi she’rlarda qofiyadan keyin ham ayrim 
so`z, birikma yoki butun-butun jumla bir xilda takrorlanib kelishi mumkin. 
Qofiyadosh so`zlardan keyin aynan takrorlanib keladigan yordamchi so`zlar, alohida 
so`z yoki jumlalar barmoq sistemasidagi she’rlarda hamda yirik epik asarlarda 
boshdan oxirigacha davom etadigan izchil takror bo`lmasdan, o`tkinchi, epizodik 
xarakterga ega bo`ladi. Bunday takror qofiyadosh so`zlardan keyin misra oxiridagina 
bo`lmasdan band oxirida ham bo`lishi mumkin. 
Tavtalogik qofiya ham aslida misra oxiridagi takrorga kiradi. 
erdagi tangrilarning qora qanotin 
YOndirib, naxra ochding nurga, bahorga


Biz azalgi tunlarning oltin saboxin. 
O`ndik kurashlardan so`ng mirqib bahorga
Oybek 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə