Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

pamflet, oktava, oksimaran, oda, romans, sonet, tertsina, elegiya, epitafiya, yamb, 
kansona, alpba, tensona.
Sharq adabiyotining janrlari: aforizm, madhiya, marsiya, masal, muammo, 
munozara, mufradot-fard, noma, ruboiy, ta’rix, tarjibband, tarkibband, tuyuq, 
qasida, qit’a, g`azal, doston, masnaviy, musaddas, musta’zod, muxammas, nazira. 
DRAMATIK TUR. Dramatik tur asarlari sahna muhiti bilan bog`liq bo`ladi. 
Dramatik turda voqealar xarakterlar faoliyati vositasida ochiladi. Unda xarakter 
rejissyor talqini, aktyor ijrosi natijasidagina to`la ochiladi. Demak, dramatik turda 
xarakter faqat badiiy til vositasidagina emas, sahna harakati bilan ham ochiladi. 
Dramatik tur asarlarini faqat o`qib, tushunib, tasvvur qilibgina qolmay, ko`riladi ham. 
Dramatik tur asarlarida voqealar qahramonlarning dialoglari Shaklida beriladi. 
Unda muallif nutqi, lirik chekinish, xarakteris-tika bo`lmaydi. Ayrim izohlarni


muallif r e m a r k a lardagina bera oladi. Biroq remarka hech qachon muallif izohi 
bo`la olmaydi. 
Dramatik turda qahramonlarning kechinmalari, nasriy voqealar ham 
qahramonlarning nutqi orqali beriladi. Bu narsa san’ator imkoniyatlarini ancha 
cheklab qo`yadi. Dramatik turning qiyinligi ham shundadir. 
Dramatik turning yana bir xususiyati - unda inson eng keskin holatlarda 
beriladi. Unda harakatgina emas, fikrlari, kechinmalari ham keskinlik kasb etadi. 
Dramatik turda voqealar har tomonlama keng ko`rsatilmaydi, xarakterlarning 
asosiy konfliktiga taalluqli tomonlarigina ko`rsatiladi. Taqdirlar ham dramada 
siqiqlik bilan beriladi. Dramatik asarlarda konflikt kuchli bo`lishi kerak, 
to`qnashuvlar keskin bo`lishi talab etiladi. SHuning uchun ham dramatik asarlarning 
ta’sir kuchi zo`r bo`ladi. 
Dramatik tur asosan uch janrga bo`linadi: tragediya, komediya, drama. 
Tragediya. Dramatik tur janrlari orasida o`zining ulug`vorligi bilan ajralib 
turadi. Unda insonning kuchli ehtiroslari, katta qurbonlar talab qiluvchi yuksak 
maqsad yo`lidagi kurash va intilishlari tasvirlanadi. SHuning uchun ham yuksak 
ma’naviy qudratga ega bo`lgan Shaxslargina tragediya qahramonlari bo`la oladilar. 
Bu kabi qahramonlar o`zlari tanlagan yo`lning qanchalik fojialiligini bilsalar ham, o`z 
yo`llaridan qaytmaydilar, qat’iyatli Shaxslar bo`ladilar. Ular oliy niyat, ezgulik uchun 
kurash yo`lida halok bo`ladilar. SHuning uchun ham ularning o`limi kishini 
umidsizlantirmaydi. 
Tragediyaning oxiri fojia: bir yoki bir necha qahramonning halokati bilan 
tugaydi. Lekin doimo o`lim bo`lishi Shart emas. Qahramon taqdiri biror dahShatli 
yakun bilan tugashi ham mumkin. Masalan, Edip ko`zini ko`r qilib, mamlakatdan 
bosh olib ketadi, Medeya o`z ikki farzandini o`ldirib, osmonga uchib ketadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə