Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

EPIK TUR. Voqea va xarakterlar muallifdan tashqarida qilib beriladi. Muallif 
esa, hikoyachi sifatida bo`ladi. Bu turda voqealar keng tasvirlanadi, inson va uni 
qurShab olgan muhit voqeligi to`la va har tomonlama beriladi. Bu turda hayotni 
ifodalashning har xil usullaridan foydalaniladi. SHuning uchun ham epik turda 
voqelik keng qamrab olinadi. 
Epik tur 
uchun xos bo`lgan yana bir xususiyat - voqealar bo`lib o`tgan qilib 
beriladi. Bu xususiyat muallifga voqealarni tasvirlabgina qolmasdan, izohlash, ularga 
munosabat bildirishga ham imkon yaratadi. Hikoya ko`pincha uchinchi Shaxsda 
bo`ladi. Masalan, «Qutlug` qon», «Anna Karenina». SHuningdek, hikoya birinchi 
Shaxs tilidan ham berilishi mumkin. «Davr mening taqdirimda», «Qadrim», 
«Zamonamiz qahramoni». 
Epik tur voqelikni qamrab olish kengligi jihatidan 3 ga bo`linadi: 
Yirik epik Shaklda inson hayotining ma’lum bir davri uni ko`plab boshqa 
Shaxslar taqdiri bilan bog`lab beradi. Bunga quyidagilar kiradi: - epos, roman, 
roman-epopeya. 
O`rta epik formada inson hayotining ma’lum bir davri, bir necha epizodi 
beriladi. Bunga quyidagilar kiradi: - qissa. 
Kichik epik formada inson hayotidan muhim bir epizod olinadi. Bunga hikoya, 
novella, ocherk kiritiladi. 
Epos. Epos adabiyot taraqqiyotining dastlabki davrlarida yaratiladi. Unda 
ma’lum tarixiy davr yoki umumxalq ahamiyatiga ega bo`lgan yirik voqealar 
tasvirlanadi. Bu bilan shu xalqning shuhrati va qudrati ulug`lanadi. V.Belinskiy 
aytganiday, bu janrda muallif voqea va hodisalarga o`z xalqi ko`zi bilan qaraydi. 
Epik poemaning qahramoni xalq ommasi bo`ladi. Undagi asosiy qahramonlarda 
xalqning eng yaxshi qahramonlarining fazilatlari namoyon bo`ladi. Eposning yorqin 
misoli Xomerning «Iliada» dostonidir.
V.Belinskiy fikricha, bu janr namunasi bo`la oladigan boshqa birorta asarni 
topish mumkin emas. Bu kabi janr asarlarida ijtimoiy hayot va ijtimoiy tafakkur har 
tomonlama o`z aksini topadi. «Iliada» da o`Sha davr greklarining hayoti har 
taraflama o`z aksini topadi. Ma’lum ma’noda «Farhod va SHirin» ham epos 
namunasi bo`la oladi. Unda hayot keng tasvirlangan, davrning davlat tuzumi, 
siyosati, tafakkuri, san’ati, ijtimoiy kurashi, xalqning ahvoli, maktab, tarbiya 
bilimlari, xalqning orzu-niyatlari mujassamlashgan. 


Hindlarning «Maxabxorat», «Ramayana», Firdavsiyning «SHohno-ma», 
Dantening «Ilohiy komediya», SH.Rustavelining «Yo`lbars terisi-ni yopingan 
pahlavon» asarlari ham ma’lum ma’noda epos namunasi bo`la oladi. Ularda eposga 
xos xususiyatlar uchraydi. Bu asarlarda ham voqealar keng olinadi, butun xalq, butun 
bir davr tasvirlanadi. Lekin bular eposning barcha talablariga javob bermaydi. 
CHunki epos aytilganidek, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida yaratiladi, 
xolos.
Eposlar odatda she’r bilan yoziladi. Uning uslubi ko`tarinki, qahramonona 
bo`ladi. Voqealar shoshilmasdan, batafsil hikoya qilinadi. Natijada ayrim voqea va 
holatlar detallashtirib beriladi. Bunday janrda insoniyat taraqqiyoti to`laroq namoyon 
bo`ladi. Insoniyat taraqqiyotining keyingi davrlarida taraqqiyotning murakkablashuvi 
natijasida bunday janr o`z imkoniyatlarini tugatdi, ya’ni bir asarda butun bir xalq 
taqdirini berish mumkin bo`lmasdan qoladi. 
ROMAN. Bu janr voqelik va inson xayoti keng va har taraflama tasvirlaydi, 
uni butun murakkablikda ifodalaydi va ochadi. Qissadan farqli ravishda romanda 
ishtirok etuvchi personajlar, syujet liniyalari ko`p va murakkab bo`ladi.
Romanning dastlabki namunalari antik adabiyotda yaratilgan. O`rta asrlarga 
kelib roman keng rivojlangan. 
Romanning paydo bo`lishi Shaxsning jamiyatdan ajralib chiqishi, insonda 
individ xayotiga qiziqishning kuchayishi bilan bog`liq. Qadimgi romanlarda ko`proq 
qahramonlik va sarguzashtlar, qahramonlar taqdirida yuz bergan kutilmagan 
o`zgarishlar ko`rsatilgan edi. 
Masalan, «Oltin eShak», Longning «Dafnis va Xloya», ritsarp romanlari. Bu 
romanlar asosida ko`proq fantastik syujetlar va taqdirlar yotardi. Bu voqealar hayot 
haqiqatidan ancha uzoqda edi. 
Hozirgi romanning dastlabki namunalari feodalizmning emirilishi va burjua 
munosabatlarining paydo bo`lishi bilan bog`liqdir. Realistik romanning dastlabki 
namunalarini Rable bilan Servantes yaratdilar. Ular o`z asarlarida davrning keng 
voqeligini ifoda etdilar, feodal jamiyatning halokati, burjua munosabatlari-ning 
paydo bo`lishini ko`rsatdilar. SHu bilan birga ular burjua munosabatlarining ham 
cheklanganligini ko`rsatdib, halqning orzu - ideallarini ham ifodaladilar. Bu 
yozuvchilar davrning ijtimoiy ziddiyatlarini, inson psixologiyasini aniq va bo`rttirib 
berdilar, yorqin xarakterlar chizish darajasiga ko`tarildilar. Ular o`z asarlarida 
davrning yirik muammolarini kuratib chiqdilar. SHu bilan Rable va Servantes hozirgi 
ma’nodagi klassik romanning paydo bo`lishiga zamin hozirladilar.
Hozirgi klassik romanning Shakllanishi kapitalistik munosabatlarning qaror 
topishi bilan bog`liqdir. Belinskiy romanning paydo bo`lishini V.Skott nomi bilan 
bog`laydi. Demak, evropada XIX asrda kapitalizmning qaror topishi bilan roman 
janri ham to`la ma’noda Shakllanib etdi. 
O`zbek adabiyotida romanning daslabki belgilari O`rta asrlarda paydo bo`ldi. 
Ishqiy-fantastik va sarguzasht romanlari: 
«Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy», «Yusuf va Zulayxo», «Tohir va Zuhro», 
«Oshiq g`arib va SHoxsanam», «Yusuf va Ahmad», «Kuntug`mish», 
«Devonai Mashrab» va h.k. 


Realistik romandagi voqelikni keng va batafsil tasvirlashga intilishni 
«Bobirnoma»da ko`rish mumkin. 
O`zbekistonda romanga extiyoj XIX asrlar so`ngida tug`ildi. Bu davrda O`rta 
Osiyoda kapitalistik munosabatlar qaror topa boshlagan edi. Roman sohasidagi 
dastlabki izlanishlar ham shu davrdan boshlandi. Hamzaning «Yangi soadat» asari 
ana shunday izlanish natijasida edi. Lekin to`la ma’nodagi roman o`zbek adabiyotida 
20-yillarda yaratildi. O`zbek romanining dastlabki namunalarini yaratganlar - Ayniy, 
Mirmuhsin, SHermuhamedov, A.Qahhor, CHo`lpon, H.Shams va Oybeklardir. 
O`zbek romani faqat tashqi ta’sir natijasigina bo`lmay, avvalo hayotiy 
zaruriyat, hamda milliy an’analar natijasidir. Tashqi ta’sir ana shu ildiz va 
zaruriyatning Shakllanishiga yordam berdi va ana shu jarayonni tezlashtirdi. 
O`zbek romanining ildizlari: 
1.
Hayot voqeligi. 
2.
Xalq sarguzasht romanlari, dostonlari. 
3.
YOzma adabiyotning romantik dostonlari. 
4.
Sharq va G`arb romanchiligi 
Hozirgi roman o`zining rang-barangligi va voqea hamda xarakterlarga boyligi 
bilan ajralib turadi. 
Hozirgi romanning asosiy xususiyatlari: 
-
inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bora olish; 
-
yirik hayotiy muammolarni ko`tarib chiqa olish; 
-
insonning ijtimoiy va xususiy hayotini butun to`laligi bilan ifoda eta bilish; 
-
personajlarning ko`pligi, ana shu personajlarning o`zaro munosabatlarini har 
taraflama yoritish; 
-
qahramonlarning hayot Sharoitlarini ko`rsatish va xarakterlarni ana shu hayot 
Sharoitlari bilan bog`liq holda ko`rsatish, xarakterlarning Shakllanishini, 
rivojlanishini boshqa janrlarga nisbatan kengroq ko`rsatish; 
-
inson psixologiyasini, murakkab hayot jarayonlarini to`la ocha bilish; 
-
xarakterning ichki taraqqiyotini ko`rsata olish. 
ROMAN-EPOPeYa. Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi yuqori davrlari ham o`z 
epopeyasiga ega bo`ladi. Bu epopeya xalq hayotining muhim bir davri voqeligini 
qamrab oladi va o`zida butun xalq hayotini emas, uning muhim bir tomonini qamrab 
oladi. Bunday epopeyaning qahramoni xalq ommasi bo`ladi. Bu roman-epopeyadir. 
Bunga L.Tol-stoyning «Urush va tinchlik», M.SHoloxovning «Tinch Don», 
A.Serafimovichning «Temir oqim», Zolaning «Rugon-Makkarlar» asarlari misol 
bo`la oladi. 
QISSA. O`rtacha epik janr bo`lib, unda inson hayotining ma’lum davri, bir 
necha epizodi beriladi yoki bir qahramon hayoti va taqdiri ko`rsatiladi. Voqealar 
romandagi kabi keng qamrab olinmaydi va personajlar ham romandagi kabi ko`p 
bo`lmaydi. 
Qissada voqealar romandagi kabi detallashtirib chuqur ko`rsatilmaydi. Biroq 
qissa syujeti hikoyaga qaraganda murakkabroq bo`ladi, syujet liniyalari ham ancha 
ko`proq bo`ladi. Masalan, «Obid ketmon», «Nur qidirib», «Qadrdon dalalar», 
«G`oliblar», «O`tmishdan ertaklar», «Sinchalak». 


Qissada asosan psixologizm, lirizm, axloqiy-oilaviy muammo-larga e’tibor 
beriladi.
Qissanoma asarlar o`zbek adabiyoti uchungina xos emas. Buni rus va boshqa 
qardoshlar adabiyotida ham ko`rish mumkin. CH.Aytmatov, Tendryakov, 
Rekemchuk, SHoloxovning «Inson taqdiri» asari va b. 
HIKOYa. Siqiqlik va rivoyaning uncha murakkab emasligi hikoyaga xos 
xususiyatdir. Hikoyada qahramon hayotidan bir muhim epizod olinadi, hayotning u 
yoki bu tomoni ochiladi. Mana shu olingan tomon alohida bo`rttirib tasvirlanadi. 
Biroq hikoyaning Shakl va usullari rang-barang. Hikoyada voqealar ancha keng 
olinishi ham mumkin. Biroq bu voqealar ancha siqiq beriladi. Personajlar juda oz 
bo`ladi, ko`pincha ikki yoki uch kishidan oshmaydi. 
NOVeLLA. Hajm jihatidan hikoyaga nisbatan ancha ixchamroq bo`ladi, 
syujetning ancha dinamikligi, echimning kutilmaganligi bilan ajralib turadi. «Mateo 
falpkone», Turgenev, Mopassan novellalari. 
«DahShat» - A.Qahhor. 
Umuman, novella bilan hikoya o`rtasida farq uncha katta emas, ular qariyb bir 
narsadir. 
OCHeRK. Rivoya usuli va hajmi jihatidan hikoyaga yaqin turadi. Biroq o`z 
oldiga qo`ygan vazifasi va hayot materialini o`zlashtirish va tasvirlash usuli bilan 
undan farqlanadi. Ocherkda hayot faqat o`z holicha tasvir etiladi. Ocherk aniq 
adresga qaratilganligi va hujjatligi bilan ajraladi. Ocherkda yozuvchi hikoyadagiday 
erkin umulashmalar va badiiy to`qimalardan foydalana olmaydi, hujjatli voqealardan 
chetga chiqish imkoniga ega bo`lmaydi. Biroq bu narsa ocherkda umumlashtirish
tipiklashtirish bo`lmaydi, degan gap emas. Ocherkda yozuvchi qahramon 
xarakterining muhim tomonlarini quyuqlashtiradi, voqealarning hamma tomonlarini 
emas, ularning muhim tomonlarini quyuqlashtirib tasvirlaydi. Biroq ocherk uchun 
tipik bo`lgan fakt va hayot hodisalarigina tanlab olinadi. SHu bilan birga ana shu 
tipik bo`lgan fakt aktual ham bo`lishi kerak. Obrazlar, voqea va hodisalar yozuvchi 
tomonidan aniqlik bilan berilishi lozim. 
Ocherk, hikoyadan farqli ravishda, aniq, izchil syujet bo`lmasligi ham mumkin. 
Ocherk ma’lum muhitning ayrim tomonlari materialidan iborat bo`lishi ham 
mumkin. Ba’zan ocherkda biror hayotiy epizod tasvirlanadi. 
Ocherk hayot razvedkachisidir, hayotdagi muhim voqea va hodisalarga 
hozirjovoblik bilan munosabatda bo`luvchi tezkor janrdir. M: H.Olimjonning 
«Zaynab» ocherki uning «Zaynab va Omon» dostoniga material bo`lgan. 
Ocherk XIX asr o`rtalarida rivojlandi. Bu hol rus xalqining mazlum ahvolini 
ro`y-rost ko`rsatish ehtiyoji natijasi bo`ldi. Ocherkning paydo bo`lishi adabiyotda 
xalqchillikning chuqurlashuviga olib keldi. Rus ocherkining yirik namoyandasi 
G.Uspenskiydir. 
O`zbek adabiyotida Oybek, X.Olimjon, A.Muxtor ocherkning yaxshi 
namunalarini yaratganlar. Ocherkchi yozuvchilardan Y.ShamSharov nomini 
keltirish mumkin. 
L i r i k t u r. 
Lirikada Shaxsning biror munosabat bilan tug`ilgan bir muddatli tuyg`u va 
o`ylari, kayfiyati, kechinmalari, muhit va voqelikka munosabati ifoda etiladi. Biroq 


bu Shaxsning tuyg`u va kayfiyatlari tasodifiy bo`lib qolmasdan, unda ko`pchilik 
uchun umumiy bo`lgan kayfiyat va qonuniyatlar o`z ifodasini topadi. SHoir umumiy 
narsalarni o`z nomidan, o`z qalbining tebranishi sifatida ifodalaydi. Insonning ichki 
dunyosi lirikada alohida his va ta’sirchanlik bilan ochiladi. SHu sababli lirikani 
qahramon tuyg`ulari ifodalagan monolog deb atash mumkin. 
Lirik asarlar kompozitsiyasi ifodalanayotgan tuyg`uning yaxlit bo`lishini 
taqozo qiladi. Lirika insonning muayyan kayfiyatini ifoda etarkan, ana shu kayfiyat 
eng kuchli namoyon bo`lgan muddatni oladi. SHu muddatdagi boshqa tuyg`u va 
kayfiyatlar esa yordamchi ahamiyatga ega bo`ladi. Demak, lirika insonni biror 
tuyg`u, kayfiyat, kechinma yoki o`y-fikr bilan benihoya band bo`lgan holatini 
ifodalaydi. SHundagina lirik asar g`oyaviy mazmuni hamda kompozitsiyasi jihatidan 
yaxlit bo`la oladi. 
Lirika tuyg`ularning bevosita va hissiy ko`rinishidir. SHuning uchun ham inson 
tuyg`ulari kuchli va bevosita ifodalangan asarni lirizm xususiyatiga ega deb 
ta’riflanadi. 
Lirikada tuyg`u, kayfiyat qanchalik kuchli bo`lmasin, tuyg`uning o`zi 
lirikaning asosiy maqsadi bo`la olmaydi. Inson taqdirini, hayotini ifodalashning 
vositasi, Shakli, o`ziga xos usuli bo`la oladi, xolos. Lirika ham adabiyotning boshqa 
turlari kabi, asosiy maqsadi insonni, uning taqdiri, xarakterini berishdir. Agar lirika 
inson hayoti, uning ichki dunyosi uchun xarakterli va ahamiyatli, kishilar uchun 
umumiy bo`lgan tuyg`ularni ifodalamas ekan, qimmatga ega bo`lmaydi. 
Demak, lirikada faqat muallifning obrazi, tuyg`u va kechinma-lari, ichki 
dunyosigina ifodalab qolinmasdan, shoir o`z tuyg`ulari orqa-li keng ma’nodagi 
zamon kishisi, lirik qahramonning umumlashma obrazini yaratadi. Lirik qahramon 
xoh shoirning o`zi bo`lsin, xoh 2 yoki 3 Shaxs bo`lsin, unda inson xususiyatlari va 
kechinmalari o`z ifodasini topadi. 
Lirikada shoir «men»i ham shoir Shaxsidan kengroq bo`ladi, lirik asarlardagi 
g`oyaviy mazmuni shoir Shaxsining xususiy biografiyasiga taalluqli bo`lganida ham, 
u orqali jamiyat uchun xarakterli bo`lgan umumlashma o`z ifodasini topadi. 
Asarda shoirning ifodalagan kayfiyati va tuyg`ulari hayot uchun xarakterli 
bo`lmasa, muayyan g`oyaga, orzuga qaratilgan bo`ladi, bunday asar qimmatga ega 
bo`lmaydi. 
Epos voqea-hodisa bo`lsa, lirika kayfiyatdir. Lekin lirikada ham syujet bo`ladi. 
Masalan, A.Oripovning «U qo`shiq kuyladi, yor Sha’niga mast» she’rida syujet, 
voqea, xarakter borligi aniq. Lekin ko`pchilik she’rlarda bu kabi aniq voqea, syujet va 
xarakter ko`zga tashlanmayadi. Aslida esa bunday she’rlarda ham syujet bo`ladi. 
Biroq u ilg`ab bo`lmas darajada murakkab namoyon bo`ladi. SHe’rda ifodalangan 
insonning munosabati, muhit bilan munosabati, bir qarashda tartibsizday ko`ringan 
tuyg`ulari oqimi ma’lum izchillikda beriladi. 
SHe’rda syujet va kompozitsiya unsurlari ham o`ziga xos Shaklda namoyon 
bo`ladi. SHe’riy asarda ham qahramon tuyg`u va kechinmalari rivojlanib, ma’lum 
holatlarga borganda keskin o`zgarishga uchraydi va biror natija bilan tugaydi. 
Demak, syujetsiz deb atalgan she’rlarda ham shoir ichki hayotining ma’lum bir 
muddatli davr tugal o`z ifodasini topadi. 


Lirik she’rda shoirdagi ma’lum hodisa uyg`otgan tuyg`u, ya’ni tug`yon urgan 
tuyg`u ifodalanadi. Gap ana shu hodisani his qilishda, uni passiv qabul qilishda emas, 
ana shu tashqi ta’sirga bo`lgan ichki munosabat-dadir. Lirik asarda insonning 
xarakteri, taqdiri, uning bir g`oyaga, orzuga bo`lgan munosabati ifodalanadi. Ana shu 
ichki munosabat (reaktsiya), tuyg`u, g`oya ham ziddiyatlardan holi bo`lmaydi. SHu 
ziddiyatli-lik she’rning konfliktini tashkil etadi. 
Lirikada ham tarafkashlik namoyon bo`ladi. Ko`pincha shoir ifoda etgan 
tuyg`u munozarali bo`ladi, u biror narsa, hodisa yoki fikr bilan munozara qiladi, 
bahslaShadi, nimalarnidir inkor etadi. 
SHoir tashqi muhitdan olgan ta’sirning o`zinigina berib qo`ya qolganida edi, 
she’r uncha qimmatga ega bo`lmaydi. CHunki ta’sirlanish, his qilish va uning 
misralarda bayon etilishining o`zigina she’r bo`la olmaydi. Masalan, Oybek 
«Na’matak»da gulni tasvirlab qo`ya qolganida edi, bu hali she’r emas edi, nari 
borganda peyzaj bo`lardi. Ammo peyzajning o`zi san’at emas. Demak, na’matakni 
tasvirlash shoirning maqsadi emas. Yuksakda bir savat gulday chaman bo`lib 
ochilgan va Shamolda chayqalib turgan na’matak shoirda butun bir tuyg`ular oqimini 
uyg`otadi. Na’matak orqali Oybek barcha ezguliklar, barcha yorqin narsalarga 
intiluvchi inson qalbining ehtirosli talpinishini nozik ifoda etadi. SHe’rda sezish, his 
qilish va tasvirdan tashqari shoirning qalb qo`ri, intilishlari, uning narsalarga 
munosabati, xullas, fikr bo`lishi kerak. Biroq ana shu fikr salmoqli, salmoqdor 
bo`lishi, ma’lum qimmatga ega bo`lishi lozim. 
SHe’rda yaxlitlik bo`lsa-yu, mukammal poetik maqsad bo`lmasa, u estetik 
qimmatga ega bo`lmaydi. Xuddi shunday she’rda syujet bo`lmaydi. Bunday she’r 
inson psixologiyasini ochadi, uning ichki dunyosiga ta’sir qiladi. 
Lirik asarlarda syujet, undagi g`oya aniq ifodalangan fikrning mavjudligi bilan 
o`lchanadi. Lirik poeziyani janrlarga bo`lish masalasi juda murakkab. CHunki
lirikaning o`zi boshqa turlarga qaraganda murakkabdir. SHuning uchun uni janrlarga 
bo`lishning aniq mezonini belgilab olish mushkul, qariyb mumkin emasdir. Ilgari 
zamonlarda lirik asarlar detallashtirilib, Shakl va mavzuiga qarab, bir qator janrlarga 
bo`linadi. 
G`arb adabiyotining janrlari - annalar, ballada, vodevilp, gimn, difiramb, 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə