Adabiyotshunoslik asoslar


Tragediya asosini t r a g i k k o n f l i k t tashkil etadi. Bunda ikki baquvvat



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
adabiyotshunoslik asoslar

 
Tragediya asosini t r a g i k k o n f l i k t tashkil etadi. Bunda ikki baquvvat 
ijtimoiy kuch kuraShadi. Tragik konflikt to`qnashuvchi kuchlarning teng 
ekanligidan kelib chiqadi. Bunda ulardan birining halokati aniq bo`lib qoladi. 
Tragik kolliziya asarga kuch bag`ishlaydi. Qahramon ikki o`t orasida qoladi. Har 
ikki yo`l ham uning uchun maShaqqatli. SHu yo`llardan birini - eng qiyinini 
tanlab oladi. Bu yo`lning qanchalik xatarliligini bilsa-da, qahramon o`zi tanlagan 
yo`ldan qaytmaydi. Uning fojiali taqdiri esa xarakter taraqqiyotining zaruriy 
natijasi sifatida kelib chiqadi.
Tragediya Yunonistonda xalqning Dionis bayramlaridagi o`yinlaridan kelib 
chiqqan. Dionis Zevsning irodasiga qarshi borib, xalqqa mo`l-ko`lchilik va vino 
beradi. Bu tragik kolliziya edi. 
Antik tragediya o`ziga xos bo`lib, u prolog, peripetiya (burilish, 
kulpminatsiya), echim dan va xorning yakunlovchi qo`shig`idan iborat bo`ladi. Antik 
tragediyada xor voqealarga bevosita ishtirok etmasdan, qahramonlar taqdiriga 
munosabat bildirish, voqealarni hikoya qilish, ularga izoh berish vazifasini bajargan. 
Keyinchalik esa xorning ahamiyati tushib, u yo`qola borgan. 
Qadimgi tragediyada tragik kolliziyani keltirib chiqargan sabablar shu 
kolliziyaning o`zi va uning qanday rivojlanishiga katta e’tibor berilardi. Keyinchalik 
adabiyotning hayotga yaqinlashishi natijasida tragik xarakterlarning alohida bo`rttirib 
va o`ziga xoslashtirib berilishi sababli tragik kolliziya sabablarini izohlashga ehtiyoj 


qolmaydi. Uning vazifasi to`la ravishda xarakterlarning to`qnashuvlariga yuklanadi. 
SHekspir tragediyani sotsial va psxologik jihatdan chuqurlashtiradi, unga kulgililik, 
tubanlik unsurlarini ham olib kirdi. SHiller esa tragediyani siyosiy tendentsiyalar 
bilan boyitadi, uni inqilobiy isyonkorlik g`oyalari targ`ibotchisiga aylantiradi. 
Pushkin esa «Boris Godunov»da cheklanmagan saltanat uchun kurashgan, o`zi 
tanlagan yo`lning xatarli ekanligini his qilib, o`zining ojizliklarini ham anglab etgan 
hukmdor fojiasini ko`rsatgan. Biroq V.Belinskiy aytganidek, bu asar ko`proq epiklik 
kasb etgan. «Xasis ritsar», «Motsart va Salperi» asarlari bilan Pushkin yangicha 
kichik tragediya janriga asos solgan. Bu asarlarning birinchisida xasislik, ikkinchisida 
- xasad, jinoyatkorona ehtiroslarning halokatli oqibat-larga olib kelishi ko`rsatiladi. 
O`zbek adabiyotida tragik konfliktga ega bo`lgan asarlar anchagina. Masalan, 
«Xolisxon», «O`tkan kunlar», «Sarob», «Qutlug` qon», «Nurxon», «Alisher Navoiy», 
«Muqanna», «Tohir va Zuhra» va boshqalar. Tragik kolliziyaning yaxshigina 
namunasi «CHinor» romanidagi Akbarali qissasi. Biroq bularning birortasi ham 
tragediya bo`la olmaydi, balki tragediya elementlaridir. Tragediya namunasi 
M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug`bek» asaridir. Biroq bu asar ham, garchi muallif uni 
tragediya deb atasada, to`la ma’nodagi tragediya bo`la olmaydi. Asar tragediyadan 
ko`ra dramaning yaxshi namunasidir. CHunki tragediya bo`lish uchun «Mirzo 
Ulug`bek»da tragik konflikt bor-ku, lekin tragik kolliziya yo`q. Ulug`bekning o`limi 
anchagina tasodifiydir. «Qirol Lir»ning qahramoni Lir o`z ahvolining fojialiligini 
taxtdan tushganidan so`nggina biladi. Ulug`bek esa o`z ahvolining fojialili-gini, ya’ni 
caltanat bilan ma’rifatni kelishtirib bo`lmasligini tushunib etgach, taxtni tashlab, 
o`zini ana shu fojiali ahvoldan olib qochmoqchi bo`ladi, natijada o`zi tanlagan oxirgi 
yo`lning fojialiligini bilmaydi, josuslar tomonidan o`ldiriladi. 
Komediya. Bu janr tragediyadan farqli o`lroq, engil voqealarga quriladi. 
Komediyada eskilik, illat, bid’at tanqid qilinadi, hajv etiladi, anglashilmovchiliklar 
hal etiladi. Komediya hayotning yumoristik yoki hajviy tasvirini beradi.
Komediya ham qadimgi Yunonda tragediyadan keyinroq rivojlangan. 
Komediyaning otasi Aristofandir. Uning komediyalari o`zining siyosiy o`tkirligi, 
dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Antik komediya xususiyatlari: 
Prolog 

asar 
mavzui, 
tuguni 
beriladi, 
keskin 
ikki 
qarama-
qarshilik(tendentsiya) belgilab olinadi. 
Parod - voqea rivojiga zamin hozirlanadi va agonga olib keladi.
Agon - muhim siyosiy mavzuda bahs beriladi. SHundan so`ng yana parod - 
agonning oqibatlari ko`rsatiladi. 
Eksod - agon va parodning natijasi - echimdir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə