Agrobiznes va marketing


Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishi nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə22/28
tarix29.11.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#138895
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
амалий машгулот кулланма

6. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishi nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish.
7. Topshiriqlarni echishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar.
8. Savol-javoblar.
9. Uyga vazifa.
9.1. O’tilgan mavzuni takrorlash.
9.2. Berilgan tushunchalarga izohlar yozish.


11-amaliy mashg’ulot: Kommunikatsiya siyosati(4-soat).
1. Darsning maqsadi: Kommunikatsiya haqida tushuncha, kommunikatsiya siyosati, tovarlarni siljitish yo’llarini, iste’molchilar va xaridorlarga axborotlarni faol etkazib turish, tovarlar sotilishini faollashtirish, bozorlarda ijobiy tasavvurlarni shakllantirish, axborotlarni olish, ishontirish va o’z faoliyati haqida axborotlar bilan ta’minlab turish yo’llarini talabalarga o’rgatish.
2. Darsning rejasi:

  1. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari.

  2. Kommunikatsiya va siljitish marketingning muhim elementidir.

  3. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi.

  4. Servis xizmatini tashkil etish.

  5. Xaridorlarga ta’sir etish uslublari.

  6. Sotuvchilarga ta’sir etish uslublari.

Kommunikatsiya – bu hamma jarayonlar, ular orqali insonlar bir biriga ta’sir o’tkazishi tushuniladi.
Marketing kommunikatsiyasining sub’ektlari quyidagilar.



  1. Korxona




7.Moliya kredit muassasalari

13.Iste’molchilar uyushmasi

  1. Vositachi tashkilotlar

8.Ta’minotchilar



  1. Atrof muhit himoyasi tashkilotlari

  1. Ulgurji savdo




9.Mahalliy odamlar



  1. Jamoatchilik fikr yo’lboshchilari

  1. Oxirgi iste’molchilar

10.Firma xodimlari



  1. Mahalliy hokimiyat vakillari

  1. Hamkor tashkilotlar

  1. Aktsionerlar




  1. Qonunchilik va ijrochi hokimiyat vakillari

  1. Raqib tashkilotlar




  1. Jamoatchilik tashkilotlari

18.Nazoratchi tashkilotlar

Siljitishning asosini korxonaning bozor subektlari bilan kommunikativ aloqalari tashkil etadi. Siljitishning asosiy vositalari sifatida reklama, shaxsiy sotishlar, sotishni rag’batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar namoyon bo’ladi. Bu vositalarning hammasidan korxona reklama va marketing maqsadlariga erishish uchun foydalanadi.


Reklama-bu muayyan homiy buyuradigan va moliyalashtiradigan g’oyalar, tovarlar yoki xizmatlarni noshaxsiy taqdim etish va siljitishning har qanday pulli shaklidir.
SHaxsiy sotish-bu tovarni potensial mijozlarga ular bilan bevosita muloqot qilish vaziyatida taqdim etish va sotish hamda ular bilan uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish maqsadini ko’zlaydigan jarayon.
Sotishni rag’batlantirish-u yoki bu tovarlarni xarid qilishni rag’batlantirishga imkon beradigan, undovchi chora-tadbirlar kompleksi.
Jamoatchilik bilan aloqalar-korxona va turli xil aloqa qiluvchi auditoriyalar (jamoatchilik) o’rtasida yaxshi munosabatlarni o’rnatish va saqlashga qaratilgan harakatlarni korxona uchun manfaatli obro’-e’tibor, ijobiy imijni yaratish vositasida yo’lga qo’yish. Buning uchun tashviqot, matbuot, ko’rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, firma uslubini saqlab turish qo’llaniladi.
Siljitish tizimida kommunikasiyaning ikki turi amal qiladi: shaxsiy va noshaxsiy.
SHaxsiy kommunikatsiya vositalari deganda ikki yoki bir nechta kishining to’g’ridan-to’g’ri muomala qilishi tushuniladi. Muomala shakllari xilma-xil: ikki suhbatdoshning bevosita yoki telefon orqali suhbati, yozishmalar, ma’ro’zachining auditoriya bilan aloqasi va hokazo. SHaxsiy kommunikasiyaning bir turi sifatida mish-mish gaplar va ovoza xizmat qilishi mumkin. Ular maqsadli haridorlar o’rtasida, ularning do’stlari, qo’shnilari va oila a’zolari o’rtasida tovar yoki xizmat haqidagi fikrlar almashishdan iborat. Bir qator hollarda bu kommunikasiya kanalining samaradorligi ancha yuqori bo’lishi mumkin.
Noshaxsiy kommunikatsiya kanallari ommaviy axborotning asosiy vositalari, o’ziga xos muhitni yaratish va turli xil tadbirlarni o’tkazishni o’z ichiga oladi. Ushbu kommunikasiya kanalining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda shaxsiy aloqa yoki teskari aloqa omili yo’q. Ommaviy axborotning asosiy vositalari — bu matbuot, teleradio vositalari va reklamaning ko’rgazmali vositalari. O’ziga xos muhitni yaratish ofisning, savdo korxonalarining ichki va tashqi bezagi, mebellar dizayni, texnik vositalar va boshqalarni nazarda tutadi. Maxsus tadbirlarga matbuot konferensiyalari, shoular, ko’rgazmalar, taqdimotlar va boshqalar kiradi. Ular maqsadli auditoriyaga aniq ma’lumotni uzatishga imkon beradi.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə