Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish


-Mavzu Joyda chiziq uzunligini o‘lchash



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə8/179
tarix27.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#162599
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179
Ер тузиш ЎУМ

5-Mavzu Joyda chiziq uzunligini o‘lchash
Reja:

  1. Chiziqlarni oriyentirlash.

  2. Xaqiqiy azimut bilan magnit azimutlari va oriyentirlash burchagi bilan gorizontal burchak orasidagi munosabat.

  3. Bussol.

Tayanch tushunchalar: Oriyentirlash, azimut, direksion burchak, rumb, meridian, parallel, bussol.
Adabiyotlar: 4, 5, 6, 7, 8, 9,10,12,13,14
1. Biror bir joyning planini chizish uchun, joyda olinayotgan ochiq yoki yopiq poligon (ko‘p burchak) tomonlarining gorizontal tomonlarga nisbatan yo‘nalishini aniqlash kerak bo‘ladi, shuning uchun ham chiziqlarni oriyentirlashni bilish zarur.
Chiziq yo‘nalishining asosiy (boshlang‘ich) yo‘nalishiga nisbatan aniqlanishiga chiziqni oriyentirlash deyiladi.
Asosiy yo‘nalish uchun meridian yo‘nalishi qabul qilingan bo‘lib, geodeziyada chiziqlar yo‘nalishi xaqiqiy meridian zonaning o‘q meridiani yoki magnit meridianiga nisbatan aniqlanadi.
Xaqiqiy meridian yo‘nalishi astronomik kuzatishlar yordamida, magnit meridiani yo‘nalishi esa strelkasi yordamida aniqlanadi.
Chiziqlar yo‘nalishi azimut, direksion burchak va rumb deb yuritiladigan burchaklar bilan aniqlanadi:
2. Azimut meridianning shimoliy yo‘nalishidan soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘lchanadigan burchakka-azimut deyiladi va u «A» xarfi bilan belgilanib, 00 dan 3600 gacha bo‘ladi (34-rasm).

34-rasm. Azimutlar.


Azimutlar to‘g‘ri va teskari bo‘ladi. Agarda azimutlar MK yo‘nalishida (34-rasm) o‘lchanayotgan bo‘lsa-to‘g‘ri azimut, agarda azimutlar KM yo‘nalishida (35-rasm) o‘lchanayotgan bo‘lsa-teskari azimut bo‘ladi. Teskari azimut, to‘g‘ri azimutdan 1800 ga farq qiladi, ya’ni:AtesqAtogQ1800;





35-rasm. To‘g‘ri va teskari azimutlar


Direksion burchak. Bir to‘g‘ri chiziqqa yotgan ikki nuqtadan (36-rasm) o‘tgan meridianlar bir-biriga parallel bo‘lmaganligi, bu nuqtalardagi, azimutlar bir-biriga teng bo‘lmaydi, ya’ni A1qA2, shu sababli, 2-nuqtadagi azimutni aniqlash qiyin bo‘lagi, shuning uchun ham bu yerda azimut o‘rniga direksion burchakdan foydalaniladi va u «a» harfi bilan belgilanadi. Direksion burchak deb, zonaning o‘q meridiani yoki unga parallel bo‘lgan chiziqning shimoliy uchidan, soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha chiziqqacha o‘lchanadigan burchakka aytiladi, u 00 dan 3600 gacha bo‘ladi. Direksion burchak ham azimut to‘g‘ri va teskari bo‘ladi. Teskari direksion burchak to‘g‘ri direksion burchakdan 1800 ga farq qiladi, ya’ni a tesqa togQ1800;





36-rasm. Direksion burchaklar.
Rumb. Berilgan chiziq (37-rasm) o‘tgan o‘q meridianing shimol yoki janub uchidan chiziq yo‘nalishigacha bo‘lgan o‘tkir burchakka rumb deyiladi va u «r» xarfi bilan belgilanadi, hamda 00 dan 900 gacha o‘lchanadi.
Chiziq yo‘nalishini rumb bilan aniqlashda rumbning son qiymatidan tashqari chiziq joylashgan chorak nomi xam ko‘rsatiladi. Masalan: 01 chiziqning rumbi ShShq : r1q300 yoki 03 chiziqning rumbi Jg‘: r3q300 deb o‘qiladi.
Agar chiziq azimuti ma’lum bo‘lsa, chiziq rumbini aniqlash mumkin. Bevosita 37-rasmdan:

37-rasm. Rumblar


r 1qA1 r3qA3-1800
r2q1800-A2; r4q3600-A4;
Bizga ma’lumki to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida absissa orqali xar bir zonaning o‘q meridianiga parallel qilib chiziqlardan iborat. Geografik meridianlar ikki nuqtada, ya’ni geografik qutblarda birlashadi. Shuning uchun geografik meridiani yo‘nalishi bilan absissa o‘qi meridianidagina bir-biriga to‘g‘ri keladi. Boshqa meridianlar yo‘nalishi absissa (o‘q meridianga parallel chiziqlar) yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmasdan meridian bilan absissa o‘qi orasida qanaqaydir burchak xosil bo‘ladi, bu burchak meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi va u «u» xarfi bilan belgilanadi.
Bu yerda : - o‘q meridian bilan belgilangan nuqta meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi.
-berilgan nuqtaning geografik kengligi.

38-rasm. Meridianlar yaqinlashishi.


Meridianlar yaqinlashish burchagining ishorasi absissa o‘qini geografik meridianga nisbatan o‘rniga bog‘liq: absissa o‘qi sharq tomonda bo‘lsa-sharqiy xisoblanib, ishrasi musbat, g‘arbda bo‘lsa-g‘arbiy xisoblanib ishorasi manfiy bo‘ladi. Biror territoriyadagi meridianlar o‘rtacha qiymati shu territoriya topografik xaritasining janubiy ramkasi ostida beriladi.


YErning geografik va magnit qutblari bir nuqtada yotmaganligi tufayli berilgan nuqtadan o‘tgan xaqiqiy va magnit meridianlari turli yo‘nalishda bo‘lganligidan xaqiqiy va magnit azimutlari xam bir-biridan farq qiladi.
Shu sababli bu farqni magnit strelkasining o‘qishi deb, uni «b» harfi bilan belgilanadi. Agarda magnit strelkasining shimol uchi haqiqiy meridianga nisbatan sharq tomonga og‘sa deb , ishorasi musbat, ya’ni: ya’ni Ahaq qAmag b bo‘ladi, yoki g‘arb tomonga og‘sa deb, ishorasi manfiy, ya’ni Ahaq qAmag – b bo‘ladi.

39-rasm. Oriyentirlash burchagi bilan gorizantal burchak orasidagi munosabat.





40-rasm.
Ko‘pincha poligon (ko‘pburchak) boshlang‘ich 1-2 tomonning direksion burchagi (a1;2)va o‘lchangan ichki burchak o‘ng (V) yoki chap burchakli bo‘yicha poligonning qolgan tomonlari diresion tomonlari direksion burchaklarini aniqlash kerak bo‘ladi. 40-rasmga ko‘ra hisoblash ishlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


a2,3qa1,2Q1800 – V2;
a3,4qa2,3Q1800 – V3;
… … … …
… … … …
anqanQ1800 – Vn;

Demak, keyingi tomonning direksion burchagi, oldingi tomonning direksion burchagiga 1800 qo‘shilib, o‘ng (V) burchak ayrilganiga (yoki chap burchakning qo‘shilganiga) teng bo‘ladi.


Magnit strelkasining o‘qishi turli joyda turli qiymatda bo‘lib, MDH territoriyasida ±150 gacha va undan ham ortiq bo‘ladi. Magnit anomaliyasi bo‘lgan rayonlarda magnit stelkasidan foydalanish mumkin emas.
Magnit strelkasining o‘qishi bir yerda hamisha bir qiymatda bo‘lmay, asta sekin o‘zgarib turadi, o‘zgarish yillik va asriy bo‘ladi. Asriy o‘zgarish 500 yil davom etib, ±22,50 ga yetish mumkin. Yillik o‘zgarish MDH davlatlarida 81 ni tashkil etadi va uzoq vaqtgacha o‘z ishorasini saqlaydi. O‘qish bir sutka davomida ham o‘zgarib turadi, bunga kunlik o‘zgarish deyiladi va u odatda 151 atrofida, ba’zan undan ham katta bo‘lishi mumkip. Shularga binoan magnit strelkasi magnit meridianining yo‘nalishini taxminan ko‘rsatadi.
3. Joydagi chiziqlarni tez fursatda oriyentirlash uchun bussoldan foydalaniladi. Bussol o‘z tuzilishi bo‘yicha komposdan bir oz farq qiladi. Bussol (41-rasm) aylanasi gruduslarga bo‘lingan haqli doiraviy quticha bo‘lib, markazidagi sixchaga magnit strelkasi erkin o‘rnatilgandir. Quticha shisha qopqoq bilan berkitiladi. Vaqtiqvaqti bilan strelkani mahkamlash va bo‘shatish uchun maxsus vint-arretir ishlangan. Halqa aylanasi 00 dan 3600 gacha bo‘lingani azimut, 00 dan 900 gacha bo‘lingani esa rumb halqasi deb ataladi.
Azimut halqali bussol yordamida joyidagi chiziqlarni magnit azimutlari, rumb halqali bussol yordamida magnit rumblari o‘lchanadi.

41-rasm. Bussol.


Bussolni ishlatishdan oldin quyidagi shatrlar bo‘yicha tekshirib ko‘rish kerak:
1.Bussol strelkasi muvozanatda bo‘lishi kerak, ya’ni bussol halqasi gorizontal holatda turganda uchlari bir xil balandlikda bo‘lishi kerak muvozanatga keltirish uchun strelkani ko‘tarilgan uchiga suriladigan homut (bo‘yin bog‘) o‘rnatiladi.
2.Strelka sezgir bo‘lishi kerak, ya’ni strelkaga temir predmetni yaqinlashtirilganda u aylanishi, predmet olingach, yana tezda o‘z o‘rnini egallashni kerak, agarda bu shart bajarilmasa, strelkani darhol magnitlash kerak.
XULOSA:
Biror bir joyning planini chizish uchun, joyda olinayotgan ochiq yoki yopiq poligon (ko‘p burchak) tomonlarining gorizontal tomonlarga nisbatan yo‘nalishini aniqlash kerak bo‘ladi, shuning uchun ham chiziqlarni oriyentirlashni bilish zarur.
Chiziqlar yo‘nalishi azimut, direksion burchak va rumb deb yuritiladigan burchaklar bilan aniqlanadi. Joydagi chiziqlarni tez fursatda oriyentirlash uchun bussoldan foydalaniladi.
Savollar:
1.Chiziqni oriyentirlash nima?
2.Azimut nima?
3.Direksion burchak nima?
4.Rumb nima?
5.Meridianlar yaqinlashishi nima?
6.Magnit strelkasining o‘qishi deganda nimani
tushunasiz?
7.Bussol nima va uning vazifasi?

Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə