Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish


-Mavzu: Topografik karta, plan va masshtab. Oriyentirlash



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə4/179
tarix27.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#162599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Ер тузиш ЎУМ

3.-Mavzu: Topografik karta, plan va masshtab. Oriyentirlash.
Reja:

  1. YErning shakli va o‘lchami.

  2. Masshtab, karta, plan va profil.

  3. Xaritalar klassifikasiyasi.

  4. Qishloq xo‘jalik kartalari va atlaslari haqida tushuncha

Tayanch tushunchalar: vertikal masofa, geografik koordinata, to‘g‘ri burchakli koordinata, qutbli koordinata. Xarita, plan, profil, masshtab, xarita nomenklaturasi.
Adabiyotlar: 4, 5, 6, 7, 8, 9,10,12,13,14
1. YErning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, to‘g‘rilik va tekislik, tizma tog‘ va vodiylardan iborat, o‘tkazilgan geodezik o‘lchashlardan foydalanib yer yuzidagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblab chiqarishda yerning umumiy shaklida o‘xshash va uni ifodalay oladigan ma’lum bir yuza boshlang‘ich deb qabul qilindi. Geodeziyada boshlang‘ich yuza qilib yerning asosiy satxiy yuzasi olingan. Masalan: yer yuzasining xar bir nuqtasidan sathiy yuza o‘tkazish mumkin (28-rasm).
Sathiy yuza o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning barcha nuqtalarida shovun chizig‘i perpendikulyar yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni sathiy yuza yer yuzining har bir nuqtasidan tushirilgan shovun chizig‘ini to‘g‘ri burchak bilan kesib o‘tadi.
YErning asosiy sathiy yuzasi bilan cheklangan yumaloq geometrik shakli yerning shakli bo‘lib, «geoid» nomi bilan yuritiladi.
Geoid-tinch holatdagi okean suvi sathining tagidan fikran davom ettirishdan hosil bo‘lgan sathiy sirt.



28-rasm.
YErning shakli deganda, uning quruqlik qismidagi past-balandliklari e’tiborga olinmaydi. Chunki yer yuzining ko‘proq qismini (71%) okean va dengizlar, ozroq qismini (29%) quruqlik tashkil etadi.Bundan tashqari okean sathidan o‘rtacha balandligi 875 m; bu esa yerning umumiy kattaligiga nisbatan nihoyatda kichikdir.
YErning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa yer bag‘ridagi jinslarning joylashishi va zichligiga boqliq. Jismlarning joylanishi va zichligi yerning hamma qismida bir xil bo‘lmaganligidan geoid yuzasi ham murakkab, ya’ni, «to‘lqinsimon» bo‘ladi.



29-rasm.
Geodezik o‘lchashlar geoidning aylanma ellirsoidga, ya’ni ellipsoidning kichik o‘qi-«b» atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan geometrik shaklda yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun geodeziyada yer aylanma ellipsoid shaklida deb qabul qilinadi.


Har bir davlatda ma’lum kattalikdagi yer ellipsoidi qabul qilingan, bunga referens-yellipsoid deyiladi.
YEr ellipsoidining kattaligi uning elementlari bilan ifodalanadi. Bu elementlarga ellipsoid katta yarim o‘qi-«a», kichik yarim o‘q «b» va qutblarning siqiqligi- «α» lar kiradi. Qutblarning siqiqligi- α quyidagicha aniqlanadi:
α q __a-v___ ;
a
Bu yer ellipsoidi elementlari gradus o‘lchash natijalarida asoslanib topiladi.
YEr ellipsoidi elementlari bir qancha mamlakatlarga aniqlangan. Masalan: 1800 yilda Fransuz olimi Delambr hisoblab chiqargan. YEr ellipsoidi hozirgi vaqtda faqat tarixiy ahamiyatga ega xolos. Chunki Delambr yer ellipsoidining hisoblanishidan maqsadi-metrik o‘lchov birligining uzunligini aniqlashdan iborat edi. Delambr ellipsoidining ekvatordan qutbigacha bo‘lgan masofa 10000 km ga teng, chunki bunda chorak meridianing 10000000 dan bir bo‘lagi 1 metr deb qabul qilingan.
1841 yilda nemis astronomii F.B.Bessel yer ellipsoidi elementlarini aniqlagan. Bu elementlar 1946 yilgacha MDX davlatlarida ishlatilgan. 1909 yilda Amerikalik olim Xeyfort ham yer ellipsoidi elementlarini aniqlagan, bu elementlar AQSh, Argentina, Belgiya, Portugaliya, Turkiya va boshqa davlatlarida ishlatilgan. 1946 yil 7 apreldan boshlab, MDH davlatlari uchun rus olimi Krasovskiy aniqlagan yer ellipsoidi elementlari ishlatilmoqda Krasovskiy yer ellipsoidi elementlari quyidagicha aq6378245 m, vq6356863 m, α q1:298,3.
Krasovskiy ellipsoidi elementlarini hisoblab chiqarishda MDH mamlakatlarida, AQSh va G‘arbiy YEvropada o‘tkazilgan gradus o‘lchash natijalaridan foydalaniladi. Rus olimi Jongolovich, 1960 yilda uchirilgan uchta sun’iy yo‘ldoshni kuzatish natijasida yer ellipsoidi qutblarining siqiqligi αq1:298,2 ekanligi. 1961-62 yillarda esa Amerikalik olim I.Kozan AQSh da uchirilgan yer sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish natijasida α q1:298,3 ekanligini aniqladi.
YErning tabiiy yuzasi juda murakkab bo‘lganligidan, geodezik o‘lchash natijalarini matematik jihatdan qayta ishlashda ular ma’lum metodda ellipsoid yuzasiga proyeksiyalanadi. Masalan: yerning tabiiy yuzasida biror masofa (30-rasmda AV chizig‘ining uzunligi-D) o‘lchanlangan bo‘lsa, turli geodezik masalalarni yechish uchun bu masofaga tuzatish kiritilib, referens ellipsoid yuziga proyeksiyalanadi.
Shunda yerning tabiiy yuzasidagi masofa (D)ning ellipsoid yuzidagi gorizontal proyesiyasi- d xosil bo‘ladi. Xuddi shuningdek, yer yuzidagi A va V nuqtalarining ellipsoid yuzidagi plan o‘rni «a» va «b» nuqtalari bo‘ladi. Geodezik hisoblash ishlarida o‘lchangan chiziqning haqiqiy uzunligi (D) dan emas, balki uning gorizontal proyeksiyasi uzunligi (d) dan foydalaniladi. Demak, yer yuzidagi biror nuqtaning plani koordinatasi deyilganda, bu nuqtaning yer yuzidagi o‘rni emas balki yer ellipsoidi yuzidagi o‘rni tushuniladi. YErning tabiiy yuzasi kattaligiga qarab, ellipsoid yuziga yoki tekislikka proyeksiyalanadi. Shunga ko‘ra yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan o‘rni ellipsoid yuzida yoki tekislikda aniqlanadi.
YEr ellipsoidining ma’lum qismini yassi deb qabul qilinib, uning tekislik deb qabul qilinadigan qismi kattaligini aniqlash uchun yer sferikligi (dumaloqligi) ning gorizontal va vertikal masofalarga ta’sir etishini bilish kerak. Buning uchun yer radiusi Rq6371,1 km teng bo‘lgan shar deb olinib, shar yuzidagi «a» va «b» nuqtalari orasidagi masofa yoyning



30-rasm.
uzunligi-d «a» nuqtaga gorizontal tekislik o‘tkazilsa, bu bb1, to‘g‘ri chiziqni «b1» nuqtada kesib o‘tadi. Shunda sferik yuzasi (ab) bilan almashtirgan bo‘lamiz. YErning sferik yuzasini tekislik bilan almashtirganda (d) va balandlik (h) xatolari ro‘y beradi.


dqab1 – ab;
4,3-shakldagi ab1 to‘g‘ri burchakli uchburchagidan foydalanib quyidagilarni aniqlaymiz:
urinma uzunligi – ab1qd1qR*t ga;
Yoy uzunligi – abqdqR* α ; bu formuladan α q_ d ___
R
Shunda: ∆d q ab1 - ab q R * ga – α q R * (t gα - α) ;
∆d q R * (t gaα - α) ;
Urinma uzunligi (d1) ning qiymati yer radiusi (R) ga nisbatan juda kichik bo‘lganligidan α burchak ham juda kichik bo‘ladi;
t gα q α Q_α__ Q……..Q
3
Shunda:
∆d q R*__ d13___≈ K*__d3__ q ­­­­­­­­­­_1_ * _d3__ ;
3 3 R3 3 R2

YErning sferik yuzasini tekis deb qabul qilsak yuqoridagi formulani nisbiy xato formulasiga aylantirganda guy beradigan xato (d) ning bu tekislik uzunligi (d1) ga nisbati.


__∆d_ q _1_ * _d2_ ; bo‘ladi.
D 12 R2

Agar Rq 6371,1 km bo‘lsa (d) q 1,64 sm yoki


____1___; ga teng bo‘ladi.
1218000
Hozirgi vaqtda aniq geodezik o‘lchashlarda ham 10-20 km masofa __1______
1000000
xatolik bilan aniqlanadi. Shunga ko‘ra yer sferik yuzasining 20 *20 km kattalikdagi qismini tekislik deb qabul qilish mumkin.
2. «a» va «b» nuqtalar orasidagi sferik yuza tekislik deb qabul qilinganda ro‘y beradigan balandlik xatosi (h) ni 1.4-shakl aOb1 to‘g‘ri burchakli uchburchagidan quyidagicha aniqlanadi: ∆hqVb-Vb1;
Ob q R; Ob1 q R * sin α;
d2 q (RQ∆h)2 – R2 q R∆hQ ∆h2 ; bundan
∆h q ____ d2___
2RQ∆h
∆h q R ga nisbatan kichikligi hisobiga
∆h q _ d2__ ; bo‘ladi.
2R
Masalan: dq1 km, Rq6371,1 km bo‘lsa, hq78,5 mm bo‘ladi.
Geografik koordinatalar. Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning geografik kengligi va uzunligi bilan aniqlanadi. YEr yuzidagi nuqtaninggeografik koordinatalar aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalariga bo‘linadi.
-astronomik koordinatalar osmon yoritgichlarini yo‘li bilan aniqlanadi.
-geodezik koordinatalar esa yer yuzida olib boriladigan o‘lchash natijalaridan xisoblab chiqariladi.
Geodezik koordinata sistemasida biror nuqtaning o‘rnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi qilib referens-yellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi.
Biror nuqtada o‘tkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligini, parallel esa geodezik kengligini bildiradi.



31-rasm.
YEr ellipsoidining kichik (RR1-qutbiy) o‘qi orqali boylanmasligi o‘tkazilgan kesma-meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishidan hosil bo‘lgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi.


YEr ellipsoidining biror nuqtasidan uning o‘qiga perpendikulyar o‘tkazilgan kesma-parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishidan hosil chiziq esa parallel deyiladi.
YEr ellipsoid markazidan o‘tkaziladigan parallel kesma-yekvator tekisligi, ellipsoid yuzasi kesishishidan hlsil bo‘lgan chiziq esa ekvator deyiladi.
M nuqtaning (31-rasm) geodezik kengligi shu nuqtaning normal chizig‘i 1 bilan ekvator tekisligi orasidagi bursakdir. Geodezik kenglik-«V» bilan belgilanadi va ekvatordan qutblarga qarab 00 dan 900 gacha hisoblanadi. Agarda nuqta ekvatordan shimolda bo‘lsa, shimoliy kenglik va ishorasi-musbat, agar nuqta ekvatordan janubda bo‘lsa, janubiy kenglik va ishorasi-manfiy bo‘ladi.
Geodezik meridian bilan bosh meridian tekisligi orasidagi burchak-geodezik uzunlikdir, u «L» harfi bilan belgilanadi va 00 dan 180 gacha o‘zgaradi. Bosh meridian qilib Grinvich meridiani (London shaxri yonidagi observatoriyasining qoq markazidan o‘tgan meridian) qabul qilingan. Agarda nuqta bosh meridian G‘arbda yotgan bo‘lsa ishorasi-musbat, sharqda yotgan bo‘lsa manfiy bo‘ladi.
Astronomik koordinatalar. YEr yuzidagi nuqtalarning astronomik koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa astronomik meridian va parallel qabul qilinadi.
Berilgan nuqtaning astronomik meridiani deganda, yerning aylanish o‘qiga parallel qilib o‘tkazilgan tekislikning mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘ yunalishida yer yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq tushiniladi. Demak, yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan Grivinch meridian tekisliklari orasidagi burchak, shu nuqtaning astronomik uzunligi deyiladi va «» harfi bilan belgilanadi.
YEr yuzidagi biror nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘ bilan ekvator tekisligi orasidagi burchak, shu nuqtaning astronomik kengligi deyiladi va «» harfi bilan belgilanadi.
Kichik territoriyalarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan xisoblarda to‘g‘ri burchak yassi koordinata, hamda qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi.
To‘g‘ri burchakli yassi koordinata

32-rasm.

O‘zaro perpendikulyar ikki chiziqda-koordinata o‘qlari deyiladi.


Ikki chiziq kesishgan nuqta ya’ni «O» nuqtasi-koordinata boshi (32-rasm).
«X»-o‘qi, absissa. Chunki geodeziyada asosiy yo‘nalish deb qabul qilingan meridian chiziq to‘g‘ri burchakli koordinataning vertikal chizig‘iga to‘g‘ri keladi.
«U»-o‘qi, ordinata.
Qutbiy koordinata. Agar to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasidagi o‘zaro perpendikulyar «X» va «U» o‘qlari o‘rniga faqat «X» o‘q va koordinata boshlanish nuqtasi «O» olinsa, qutbiy koordinata sistemasi hosil bo‘ladi (33-rasm). Qutbiy koordinata sistemasida OX o‘qki, ya’ni vertikal chiziq o‘q deb, koordinata boshlanish nuqtasi O-yesa qutbiy nuqta deyiladi.

33-rasm. Qutbiy koordinata.
YEr yuzasi kichik bo‘lagining yer egriligini etiborga olmay o‘xshash holda kichraytirib qog‘ozga tushirilgan tasviriga (gorizontal proyeksiyasiga) tarx (plan) deyiladi.
YEr yuzasining berilgan yunalish bo‘yicha vertikal kesimini kichraytirib qog‘ozga tushirilgan tasviriga profil deyiladi.
Plan xarita o‘rtasida asosan quyidagi farqlar bor:

  1. Xarita yer yuzasining va uning katta qismining sferik yuzaga tushirilgan proyeksiyasining qog‘ozdagi kischraytirilgan tasviri; plan esa yer yuzi kichik qismining tekislikdagi gorizontal proyeksiyasini qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri.

  2. Planda joydagi chiziqlarni uzunligi, obektlar konturlarini maydoni va yunalishlari orasidagi burchaklar to‘g‘ri tasvirlanadi; Xaritada esa ularning tasvirida ma’lum xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi.

  3. Planning masshtabi uning hamma qismida bir xil bo‘ladi, ya’ni planda masshtab o‘zgarmaydi; Xaritada esa masshtab xaritaning turli qismlaridagina emas, xatto bir nuqtadan chiqadigan turli yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘zgarib boradi.

  4. Xarita ma’lum katografik proyeksiya yoki zonalar sistemasidagi to‘g‘ri burchakli koordinatada tuziladi; plan esa ko‘pincha shartli yoki mahalliy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida tuziladi.

3. Plan va xaritalar mazmuni, masshtabi va boshqa xususiyatlarga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin. YEr yuzasi va ayrim qismlarining landshafti bir xil aniqlik va to‘liqlikda tasvirlanadigan plan va xaritalar masshtabiga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘linadi.

  1. Masshtabi 1:5000 va undan yirik bo‘lsa-bunga topografik deyiladi;

  2. Masshtabi 1:10000 dan 1:500000 gacha bo‘lsa-bunga topografik xarita deyiladi;

  3. Masshtabi 1:1000000 va undan kichik bo‘lsa-bunga geografik xarita deyiladi.

Topografik xarita va planlar asosan joyda plan olish yoki ayerofotos’yomka yo‘l bilan tuziladi va barcha boshqa xaritalarni tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Masshtab - yer yuzidagi masofalar gorizontal proyeksiyalarining kichraytirilgan darajasidir.
Masshtabli sonli, natural va chiziqli tarzida bo‘ladi. Raqamlar bilan ifodalangan sonli masshtab deyiladi, kasr (1G‘M) ko‘rinishda yoziladi. Kasrning maxrajidagi (M) masshtabining kichraytirilish darajasi deyiladi.
Agarda sonli masshtab so‘z bilan ifodalansa-bunga natural masshtab deyiladi. Masalan sonli masshtab 1:5000 bo‘lsa, natural masshtabda plan yoki xaritadagi 1 sm joyda 50 m to‘g‘ri keladi.
Soniy masshtab ishlatish bog‘liq bo‘lgan xisoblashlarni qilmaslik uchun soniy masshtabning grafikaviy bo‘lmish chizig‘iy masshtabdan foydalaniladi.
Santimetr va millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich (lineyka) masshtab vazifasini bajaradi.
Xarita, tarx va profillar malum masshtabda tuziladi.
Masshtabi 1:200000 dan 1:500000 gacha bo‘lgan xaritalarni obzor-topografik xaritalar deb yuritiladi. Chunki bu xaritalarda yer yuzidagi obektlar yirik masshtabi topografik xaritalardagiga nisbatan umumlashtirib ko‘rsatiladi. Masalan, topografik xaritalarda ayrim bino, ko‘cha, maydon, park va boshqalar batafsil ko‘rsatsa, obzor topografik xaritalarda esa aholi yashaydigan punktlar kvartallar tarzida tasvirlanadi.
YEr yuzidagi obektlardan tashqari turli va ijtimoiy xodisalar xam tasvirlangan geografik xaritalariga-maxsus xaritalar deyiladi. Maxsus xaritalar ikki xil bo‘ladi: maxsus tabiiy va maxsus sosial-iqtisodiy xaritalari.
Maxsus tabiiy xaritalariga-geologik, gidrologik, geofizik, botanik, iqlimiy va boshqa xaritalar kiradi.
Maxsus sosial-iqtisodiy xaritalariga tarixiy-iqtisodiy va ma’muriy-siyosiy xaritalari kiradi.


XULOSA:
YErning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, to‘g‘rilik va tekislik, tizma tog‘ va vodiylardan iborat, o‘tkazilgan geodezik o‘lchashlardan foydalanib yer yuzidagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblab chiqarishda yerning umumiy shaklida o‘xshash va uni ifodalay oladigan ma’lum bir yuza boshlang‘ich deb qabul qilingan.
Plan va xaritalar mazmuni, masshtabi va boshqa xususiyatlarga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin.
Masshtab - yer yuzidagi masofalar gorizontal proyeksiyalarining kichraytirilgan darajasidir. Xarita, tarx va profillar malum masshtabda tuziladi.

Savollar:



  1. Geodeziya qanaqa fanlar bilan uzviy bog‘langan, kelib chiqish tarixi xaqida nimalar bilasiz?

  2. Geodeziyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat?

  3. Sathiy yuza nima?

  4. Geoid nima?

  5. YEr egriligining gorizontal va vertikal masofalarga ta’siri nima uchun kerak?

  6. Xaritalar necha xil va qanday xaritalarni bilasiz?

  7. Masshtab nima?




Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə