Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish


II Fanning ishchi o‘quv dasturi



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə2/179
tarix27.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#162599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Ер тузиш ЎУМ

II

Fanning ishchi o‘quv dasturi

5

III

Fanning asosiy o‘quv materiallari:

6

3.1

Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari

7

3.2

Amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari

60

3.3

Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari

115

3.4

Mustaqil ta‘lim bo‘yicha o‘quv materiallari

116

3.5

Fan bo‘yicha glossariy (o‘zbek, rus, ingliz tillarida)

117

IV

Fan bo‘yicha o‘tkaziladigan attestatsiyalar uchun savollar:

119

4.1

1 OB uchun og‘zaki savollar (120 ta)

127

4.2

2 OB uchun og‘zaki savollar (120 ta)

131

4.3

YaB uchun og‘zaki savollar (300 ta)

137

4.4

1 OB uchun yozma ish savollari (150 ta)

143

4.5

2 OB uchun yozma ish savollari (150 ta)

148

4.6

YaB uchun yozma ish savollari (500 ta)

153

4.7

1 OB uchun test savollari (200 ta)

166

4.8

2 OB uchun test savollari (200 ta)

193

4.9

YaB uchun test savollari (500 ta)

220

V

Fan bo‘yicha baholash me’zonlari

287

VI

Fan bo‘yicha tarqatma materiallar

289

VII

O‘UMning elektron varyanti

296



I. Fanning o‘quv dasturi

II. Fanning ishchi o‘quv dasturi

III. Fanning asosiy o‘quv materiallari:
3.1. Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari


1-Mavzu. Kirish. Muhandislik Giodizya fani va uning ahamiyati . Yer to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Davlat Giodizya tarmoqlari

Reja:


  1. Kirish.

  2. YEr to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.

  3. YEr tuzish fani, uning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishdagi o‘rni.

  4. YEr fondi.

Tayanch tushunchalar: YEr, tabiat, suv, resurslar, yer resursi, relef, hudud, maydon, yer tuzish, topografiya, xarita, meliorativ, yer fondi.
Adabiyotlar: 4, 5, 6, 7, 8, 9,10,12,13,14
1.YEr-xazina, darxaqiqat shunday negaki, yer o‘ziga to‘g‘ri munosabatda bo‘lganga xazinasini sira ayamaydi. YEr – jamiyat boyligining asosiy hamda boshlang‘ich hamda boshlang‘ich manbai, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy poydevoridir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yerning ahamiyati judayam katta. Bu sohada yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Umuman olganda, ishlab chiqarish jarayoni va insoniyatning hayoti yer va undan foydalanish bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun ham yerni asrash va undan oqilona foydalanish insoniyat oldida turgan eng asosiy vayeifalardan biri hisoblanadi. Hayot uchun uning bag‘rida juda katta qazilma boyliklar xazinalar mavjud. Hayot uchun zarur bo‘lgan suv ham yer bilan bog‘liq va uning bir bo‘lagidir. Tabiat birligini (butunligini) hamma qismlarining bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olsak yerdan foydalanish jarayonida tabiatning boshqa qismlariga ham tasir qilishingizni tushunib olish qiyin emas.
YEr va suv resurslarining cheklanganligi aholi sonining doimiy o‘sib borishi yerga nisbatan tejamkorlik munosabatida bo‘lish, undan to‘la va samarali foydalanish zaruriyatini jamiyat oldiga qo‘yadi. YErdan foydalanishda tabiatda mavjud tabiiy muvozanat bo‘zilishiga olib kelmasligi kerak.
YEr resurslaridan oqilona foydalanish ularni albatta birinchi galda ilmiy asoslangan holda yer tuzishni taqozo etadi. Hududlarni tashkil etish bir vaqtning o‘zida yagona davlat yer fondidan hamda olingan yerlardan oqilona va samarali foydalanishga asosiy zamindir. Bu yerda yer tuzish oqilona foydalanishni tashkil etish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.
Doimiy oshib boruvchi sanoat, uy-joy va boshqa qurilishlar, yangi shaharlar barpo etilishi, va eski shaharlar kengayishi hamda boshqa aholi yashaydigan joylar uchun yer ajratish ehtiyoji yer munosabatlarini qonunlar asosida doimiy takomillashtirib borishni taqoza etadi. YEr tuzish O‘zbekiston Respublikasining «YEr kodeksi» asosida olib boriladi. U yerdan foydalanishni to‘g‘ri qonunlar va hukumatimiz qarorlarining amalga oshirilishini taminlovchi davlat tadbirlari tizimi hisoblanib, xalq xo‘jaligi tarmoqlari orasida va tarmoqlar ichida olib boriladi.
Ijtimoiy tashkilotlarning xar bir turida,ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga, yerga va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan asosiy mulkchilik shaklidan kelibchiqadigan, o‘z navbatida yer tuzishning o‘ziga xos mazmuni va shaklini keltirib chiqaradigan malum yer munosabatlari mos keladi. YEr tuzishni tarixini o‘rganish uning tabiatini rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi tushunish va shunga asosan uni hozirgi sharoitda takomillashtirishning samarali yo‘llarini topish imkonini beradi.
YEr tabiiy asos ishlab chiqarish jarayonining birinchi moddiy zaruriyati va sharti hisoblanadi. Shuning uchun insoniyat jamiyati evolyusiyasining barcha tarixiy bosqichlarida yerning (xududning) va xar xil ishlab chiqarish vositalarining bir-biriga mosligini birlashtirishini u yoki bu darajada taminlash kerak bo‘ladi.
YEr jamiyat rivojlanishining qadimiy davrlaridan boshlab, yer munosabatlarining moddiy va mulkchilikning asosiy manbai vazifasini bajarib kelmoqda. YEr mulkdorlarning yerga egalik qilish va undan foydalanish bo‘yicha huquqlarini amalga oshirishdan doimiy manfaatdorligi yer egaliklari va ularning chegaralarida aniqlik bo‘lishini talab qiladi.shu bilan bir qatorda doimiy ravishda yerlarni chegaralash, bo‘lish, qo‘shish va yiriklashtirish, ulardan foydalanishda tartib o‘rnatish, muhofaza qilish va hududlarni samarali foydalanishga moslash zaruriyati tug‘ilib turadi.
YEr tuzish ishlarining, ayniqsa, ularning texnik va iqtisodiy tomonlarining murakkablashishi maxsus yer tuzish loyihalrini ishlashni taqoza etadi.
Dehqon jamoalari va yakka xo‘jaliklari yerlarini tuzish davrida (1921-1929-y.) katta aniqlikda, asosan analitik yo‘l bilan, dehqon jamoalari va yakka xo‘jaliklariga yer ajratish ishlari olib borildi.
Ommaviy kollektivlashtirish (1929-1935-y.) davrida yer tuzish ishlari kolxoz va sovxozlarni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy etibor ularning yer maydonlarini barpo qilishga qaratildi.
YErlarni qishloq xo‘jalik korxonalariga abadiy foydalanishga berish, kolxoz va sovxozlarni tashkiliy jihatidan mustahkamlash davrida (1935-1949-y.), 1935 yil fevral oyida qishloq xo‘jalik artelining (kolxozning) «Namunaviy nizomi» (ustavi ) qabul qilindi. Bu hujjatga asosan qishloq xo‘jalik artellariga yer abadiy va tekin foydalanishga berildi.
Xo‘jaliklarni yiriklashtirish davrida (1950-1954-y.) yer tuzish ishlari olib borildi.
Cho‘llarni o‘zlashtirish davrida (1954-1984-y.) Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, Shyerobod cho‘llari va boshqa ko‘plab cho‘l va bo‘z yerlar o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda yangi xo‘jaliklar barpo qilindi. YEr tuzish ishlari asosan yangi xo‘jaliklarga yer ajratish, ularga yerdan foydalanish huquqini beruvchi aktlarini berish va xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarini ishlash bilan bog‘liq bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligini intensivlash, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va tarmoqlarni yiriklashtirish, xo‘jaliklararo birlashmalarni tashkil qilish davrida (1985-1991-y.) qishloq xo‘jaligida intensiv dehqonchilik usullarini joriy qilish, qishloq xo‘jaligini uning mahsulotlarini qayta tayyorlaydigan sanoat korxonalari bilan birlashtirish va agrosanoat birlashmalarini tashkil etish, xo‘jaliklarni ixtisoslashtirish va tarmoqlarni yiriklashtirish, yerdan samarali foydalanishga qaravtilgan tadbirlarni amalga oshirish va yerlarni iqtisodiy baholash bilan bog‘liq yer tuzish ishlari olib borildi.
1991-yil qishloq aholisining tarmorqa yerlari maydonlarini kengaytirish va yangidan tomorqa yerlari ajratish, shahar aholisiga dala hovlilari uchun yer ajratish ishlari, 1992 yildan boshlab esa, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil qilishnorentabel davlat xo‘jaliklarini tugatib, ularning o‘rniga kichik jamoa xo‘jaliklarini tashkil qilish bilan bog‘liq yer tuzish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda yangi turdagi yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga ularning yerga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi davlat aktlarini berish ishlari davom etmoqda.
1998-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «YEr kodeksi» olib borilayotgan agrar islohatning negizini tashkil etuvchi yer islohatining huquqiy asosini yaratadi. Shu yili Davlat yer resurslari qo‘mitasi tashkil etildi.
Davlat yer tuzishda u yoki bu tasir etib, xar xil xududiy, iqtisodiy, tashkiliy chegaralar yordamida amalga oshiradigan yer siyosatini olib boradi. Hududiy choralar hamma vaqt ham majburiyat va majburlash elementlaridan iborat bo‘ladi. Ular yer munosabatini yer qonunchiligi, sud va mamuriy hududlar asosida tartibga solishadi.
Respublikamizning sug‘oriladigan yer maydon 4 mln. 273,3 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,5 % ni tashkil qiladi, bundan 650 ming gektar aholiga xususiy tamorqa sifatida berilgan.
Respublikamiz aholisi soni yildan-yilga ko‘payib ketmoqda. Kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ekin maydoni esa tobora kamayib, hozir 2001 yilning boshiga kelib u 0,16 gektarni tashkil etadi (Abdug‘aniyev A. Yadiyarova Sh. 2002y). Bu ko‘rsatkichlar AQSh-0,52, Fransiyada-0,34, Qozog‘istonda-1,54, Qirg‘ozistonda-0,26, Ukrainada-0,59, Rossiyada-0,67, gektarga teng. Hozirgi vaqtda respublikamizda sug‘oriladigan maydonlarining 1,5 mln. gektariga paxta va 1,3 mln. gektardan ziyed maydonga lalmi va suvli g‘alla ekilmoqda. Iqtisodiy islohatlar O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng birinchi navbatda qishloq xo‘jaligida boshlandi. Buning o‘ziga xos ramziy ma’nosi bor, chunki aholining 60 % dan ko‘prog‘i, ish bilan band aholining 44% qishloq joylarda yashab mehnat qilmoqda, yalpi ichki mahsulotning 30%, valyuta tushumining 55%, tovar mahsulot almashuvining 70%, oziq-ovqat mahsulotlarining 90% agrar sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. (R.Xusanov, 2001y).
2. O‘zbekiston Respublikasi 45585,0 ming ga yer fondiga ega bo‘lib, uning 33168,8 ming ga (72,8%) qishloq korxonalariga egalik qilish berilgan. 1993 yil 1 yanvargacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra respublikada 27449,1 ming ga qishloq xo‘jalik yerlari mavjud bo‘lib, uning 25593,2 ming ga aynan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda band bo‘lgan. Yuqorida keltirilgan maydondan 4090,2 ming ga ni haydalma yerlar, 380,0 ming ga ni ko‘p yillik daraxtzorlar, 72,5 ming ga ni bo‘z yerlar, 27449,1 ming ga ni o‘tloq va yaylovlar tashkil etadi. Arid iqlim sharoiti respublikamizda qishloq xo‘jaligini faqat sug‘orma dehqonchilik asosidagina rivojlantirish mumkinligini taqoza etadi. Suv resurslari cheklanganligini hisobga olsak, sug‘oriladigan yerlarning qadr-qimmati qanchalik yuqoriligini tasavvur etish qiyin emas.
Yuqorida qayd etilganidek, sug‘oriladigan yerlar Respublikamiz yer fondining atigi 9,5 % ini tashkil etadi, asosan cho‘l va sahro mintaqalarida joylashgan tabiiy yaylovlarning hosildorligi juda pastligi, qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarning qisman sho‘rlanganligi, tuproq eroziyasiga uchraganligi va boshqa tuproq unumdorligiga salbiy tasir etuvchi jarayonlarning paydo bo‘layotganligi respublikamiz yer fondidan samarali foydalanishni tashkil etish masalasining dolzarbligini ko‘rsatib turibdi.
YEr tuzish fani bo‘yicha tadbirlar tizimi yerga mulkchilik shakllarini yer egaliklari va yerdan foydalanishni paydo bo‘lishda, rivojlanishga, takomillashtirishga, yer rusurslaridan foydalanishni tashkil etishga uning mazmunini o‘rganishga, yer turlarining tarkibi va ularni joylashtirishga, boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda ishchi kuchlarini joylashtirish, tashkil etish bilan birga ularni hududiy joylashuvi hamda ichki maydonlarini tuzishga imkon beradi.
YEr tuzish quyidagi kompleks masalalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi:
Respublika yer resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish:
Barcha yer resurslarini chuqur o‘rganish va to‘g‘ri tuzish:
Mavjud kamchiliklarni tugatish bilan yer egaliklarini shakllantirish va hududiy takomillashtirish:
YEr turlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini joylashtirish va tashkil etish:
Barcha qishloq xo‘jalik yerlari xududini tuzish.
Barcha yer tuzish tadbirlarini o‘tkazish uchun loyihalarni ishlab chiqarish va amalga oshirishda ilg‘or tajribalardan foydalanish lozim.
YEr tabiat mahsuloti sifatida paydo bo‘lgan va inson ongi hamda irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir.
YEr quyosh tiziminingg uchinchi sayyorasidir. YEr sayyorasida quruqlik 29%, okeanlar esa 71% tashkil etib, u dengiz sathidan o‘rtacha 875 m balandlikka joylashgan. Ushbu quruqlikning 1G‘3 qismi tog‘lardan iborat. Asosiy tabiiy resurslar turiga yer, suv, biologik va boshqa boyliklar bilan birga atrof-muhim havosi ham kiradi. YEr resursi deb, tabiiy-tarixiy belgilar bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi hamda ma’lum maqsadlar uchun foydalaniladigan yoki foydalanishga yaroqli bo‘lgan yerga aytiladi.
YEr xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: joyning kengligi, relefi, tuproq qoplami, tabiiy o‘simliklar, gidrografik va gidrogeologik sharoit. Bular ichda eng asosiysi tuproq bo‘lib, u o‘zida unumdorlik xususiyatini birlashtirigan. Tuproq unumdorligi deb, uni o‘simlikka oziq moddalar yetkazib berishi hamda hosil etish qobiliyatiga aytiladi.
3. Qishloq xo‘jalik sohasida yer tuzish ishlarining ahamiyati juda katta. Bu sohada yangi qishloq xo‘jalik korxonalari tashkil qilish, eskilarini takomillashtirish va ularning yer maydonlarini tashkil qilish ishlari ilmiy asoslangan loyihalar tuzishni taqoza etadi. Hozirgi vaqtga kelib, davlatimizda yer tuzish ishlari tizimi respublikamiz yerlaridan foydalanishning bosh chizmasini (ilmiy asoslangan bashorat tarzida), viloyatlar va tumanlar yer tuzish hizmatlarini xo‘jaliklararo va xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarini hamda shu ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa loyihalarni tuzi shva amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bu loyihalar tarkibiga yer eroziyasini to‘xtatish va uning oqibatlarini to‘gatishga, yerning meliorativ holatini yaxshilashga, ifloslanishiga va qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib qolishga qarshi qaratilgan tadbirlar kiradi.
Fan va texnika rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jalik sohasiga yangi texnikalar, texnologiyalar, agrotexnika va mehnatni tashkil qilish usullari, ekinlarning yangi-yangi turlari, qishloq xo‘jalik hayvonlarining yangi zotlari va nasllari kirib kelaveradi. Bu esa o‘z navbatida yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan unumli foydalanish maqsadida yer bilan ajralmas bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini (yo‘llar, uylar, omborlar, shiyponlar, suv inshoatlari va boshqalar) to‘g‘ri joylashtirishni talab qiladi.
YErdan foydalanishni tashkil etish va bu jarayonnig doimiy ravishda takomillashtirib borish qiyin masala bo‘lib, yerni xalq xo‘jalik tarmoqlari orasida taqsimlash unumdorlarini imkoni boricha qishloq xo‘jaligi uchun ajratish va undan to‘la foydalanish, haydaladigan va sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish, yerning unumdorligini doimiy ravishda oshirib borish,tuproq eroziyasiga va sho‘rlanishiga qarshi kurashishni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan esa, yer ishlab chiqarish vositasi sifatida tushuniladi. Qishloq xo‘jaligida, sanoatda, transportda, xalq xo‘jaligida yer ishlab chiqarish vositasi sifatida mavjuddir.
Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirishda yer mehnat predmetini o‘taydi. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida yer bilan bir qatorda suv ham asosiy ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. YEr tuzishning xududiy asosiy respublika Konstitusiyasiga asoslangan qonuniyatlari hisoblanadi. Uning asosiy manbalarini «YEr tug‘risidagi» qonuni, «YEr kodeksi» hukumatning yerdan foydalanish va yer tuzish to‘g‘risidagi qarorlari, ko‘rsatmalari va Prezident farmonlari kiradi.
YEr tuzishning texnik asoslariga uni tarx, xarita maxsulotlari bilan ta’minlash topografik – geodeziya ishlarini va boshqa yer tuzish tarkibidagi texnik ishlar kiradi.
YEr tuzish – bu davlatdagi yer munosabatlarini sotish va yerni muhofaza qilishga qaratilgan yer qonunlarini amalga oshirish ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash maqsadida yerdan hamda yer bilan chambarchas bog‘lik bo‘lgan ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar tizimidir.
YErlarni chizish, maydon o‘lchash, malum uchastkalarga bo‘lish va ishlab chiqarish vositalarini joylashtirishdan iborat.
YEr tuzish malum maqsadda yerdan foydalanishni tashkil etish bilan birgalikda yer bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda ihchi kuchini joylashtirishdir.
YEr tuzishning asosiy vazifasi hududni tashkil etishdan iborat, yer qonunlari asosida xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yer resurslaridan to‘la, oqilona va samarali foydalanishni tashkil etishdir. Hudud-bu yer yuzasining chegaralangan, o‘ziga xos tabiiy va antropogen xususiyatlariga, resurslariga ega joylashgan o‘rni, maydoni, shakli, relefi, kengligi va boshqa sifatlari bilan tavsiflanadigan bo‘lagidir.
Mazmuni, maqsadi va vazifalariga ko‘ra yer tuzish quyidagi asosy funksiyalarni bajaradi.

  1. Yangi yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni yaratish, tartibga solish, yerning joylashishi va foydalanishdagi kamchilliklarni tugatish, mavjud yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, chegaralarni yer tuzish sxemasiga asoslangan holda aniqlash hamda o‘zgartirish.

  2. Ilmiy jihatdan almashlab ekishni qo‘llash;

  3. Tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish, reaksiyasi va qo‘riqxona singari o‘ziga xos rejimdagi maydonlar chegaralarini belgilash va joylashishini asoslash;

  4. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun yangi yerlarni aniqlash;

  5. Xalq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish;

  6. Aholi joylari chegaralarini belgilash va o‘zgartirish;

  7. Joyda tuman yoki shunga o‘xshash ma’muriy xududiy joylar chegaralarini belgilash;

  8. Topografo-geodezik, xaritashunoslik, geobotanik, meliorativ va boshqa kuzatuvlar va qidiruvlar o‘tkazish.

YEr tuzish tizimiga iqtisodiy xududiy texnik, ijtimoiy va ekologik tadbirlar kiradi. YEr tuzishning mohiyati, vazifasi va mazmunini quyidagi sxemadan ko‘rishimiz mumkin.
YEr davlatimiz hududida yashaydigan xalqning boyligidir. YEr mulkchiligiga davlat, jamoa-shirkat, fermer, dehqon xo‘jaliklari, jamoa-hissadorlik, shaxsiy mulkchilik turlari kiradi. YEr dehqon, fermer va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarini yuritish, qurilish, jamoa bog‘dorchiligi,

chorvachiligi uchun umirbod meros qoldirish xuquqi bilan yoki belgilangan muddatga ijaraga beriladi.


4. YEr fondidan foydalanishni boshqarish va nazorat qilish, yer munosabatlarini takomillashtirish, umuman davlatimizning agrar siyosatini amalga oshirish Davlat yer tuzish hizmati tomonidan amalga oshiriladi.
YEr fondini boshqarish buyicha muhim vazifalarni yer tuzish organlari, yer resurslari buyicha davlat qo‘mitasi yechadi. Ular yer islohati, davlat yer kadastri, yer monitoringi, yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, chizmalarni, yer tuzish chizmalari va loyihalarni, eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish buyicha ishlarni tashkil etadi. YEr tuzish organlari yerlarni tasvirga olish va xaritalash, tuproq, geobotanik va boshqa izlanishlarni o‘tkazadi. YEr tuzish organlarining vakolatlari doimiy ravishda ortmoqda. YEr resurslari buyicha davlat qo‘mitalari tuman, shahar va viloyat hokimiyatlarining yerlarni olish va berish buyicha qonunga zid qarorlarini to‘xtatish huquqi berilgan. YEr fondini boshqarishda tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishda ham davlat organlari qatnashadi. Ular ekologik meyorlarni qoidalar va standartlarni tasdiqlaydilar, davlat ekologik ekspertizasini olib boradilar. Quriqxona ishlarini boshqaradilar. O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun (1992y) hizmat qiladi.
Mahalliy hokimiyatning organlari vakolatiga quyidagilar kiradi: yerlarni berish va qaytarib olish, yer tuzish va yer kadastri yuritishni tashkil qilish, nazorat qilish. Markaziy hokimiyatga umumiy yer muammolarini yechish yuklatilgan.
XULOSA:
YEr tuzish fani bo‘yicha tadbirlar tizimi yerga mulkchilik shakllarini yer egaliklari va yerdan foydalanishni paydo bo‘lishda, rivojlanishga, takomillashtirishga, yer rusurslaridan foydalanishni tashkil etishga uning mazmunini o‘rganishga, yer turlarining tarkibi va ularni joylashtirishga, boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda ishchi kuchlarini joylashtirish, tashkil etish bilan birga ularni hududiy joylashuvi hamda ichki maydonlarini tuzishga imkon beradi.
Qishloq xo‘jalik sohasida yer tuzish ishlarining ahamiyati juda katta.
YEr tuzishning asosiy vazifasi hududni tashkil etishdan iborat, yer qonunlari asosida xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yer resurslaridan to‘la, oqilona va samarali foydalanishni tashkil etishdir.
Savollar:

  1. Tabiiy va yer resurslari tushunchalariga tavsif bering?

  2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda yer qanday iqtisodiy ahamiyatiga ega?

  3. YEr tuzish nima?

  4. Hudud tushunchasi qanday ma’noga ega?

  5. YEr tuzishning qanday funksiyalari bor?

  6. YEr kategoriyasi nima?




Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə