Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish


Geografiya axborot tizimi o‘z navbatida bir biri bilan bog‘liq bir necha tizimlardan iborat



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə6/179
tarix27.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#162599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Ер тузиш ЎУМ

Geografiya axborot tizimi o‘z navbatida bir biri bilan bog‘liq bir necha tizimlardan iborat:

  1. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi orqali harita, aerosurat, tasvirlardan olinadigan ma’lumotlar va dalada olingan kuzatishlar kompyuterga kiritiladi. Demak, bu tizim ma’lumotlarni kiritish vazifasini, ya’ni analog ma’lumotni raqamli ma’lumotga aylantirib uni ma’lumotlar bazasiga joylashtirishni rejalashtiradi. Ma’lumotlarni saqlashda ulardan kaysi darajada foydalaniladi, yangilanib turadimi va mahfiyligi qanday degan savollarni ham ko‘rib chiqadi. Axborotni kiritadi va axborotni saklaydi.

  1. Ma’lumotlarni tahlil qilish tizimi kompyuterdagi ma’lumotlarni topib berish va tahlil qilish vazifani bajaradi. Bunday ishlar juda oson yo‘l bilan ham, murakkab statistika apparatidan foydalanib katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish yo‘li bilan ham bajarilishi mumkin. Axborotni qayta ishlab uni ekranda ko‘rsatishmi yoki jadval, harita tayyorlashmi, yoki uni boshqa raqamli tarzga aylantirishmi degan savollarni yechimini topib berish ushbu tizimning zimmasiga yuklatilgan.

  2. Ma’lumotlardan foydalanish tizimi foydalanuvchiga va geografiya axborot tizimi yordamida bajariladigan ishlarga ko‘ra tahlil qilish ishlarini va ma’lumotlar strukturasini, tizim va foydalanuvchi orasidagi aloqani o‘rnatib turadi.

  3. Idora qilish tizimi tashkiliy ahamiyatga ega bo‘lib (kompyuter markazi qoshidagi ma’lum guruh bulishi mumkin), ma’lumotlar va tahlil qilish hizmatlar bilan ta’minlaydi. Shunday guruh tizimni idora qiluvchi, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi, tizim operatori, tizim tahlilchi, ma’lumotlarni raqamli tarzga aylantirish operatori kabi mutaxassislardan tashkil topadi. Ushbu guruh faoliyati geografiya axborot tizimidan unumli foydalanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Geografiya axborot texnologiya orqali geografik ma’lumotlar boshqa ma’lumotlar bilan ko‘shib tahlil qilinadi va bu imkoniyat geografiyaga oid bilimlarni kengaytirish va mukammalashtirishga yordam beradi. Harita va tasvirlarga tayanib geografiya axborot tizimi turli xil hodisa va jarayonlarni hududiy joylashishini tadqiq qilishda yangi yondashuvni yaratadi. Geografiya axborot texnologiyalarisiz shunday yangiliklar paydo bo‘lmas edi.
Geografiya axborot tizimining texnikaviy tuzilishi quyidagicha:
1. Kompyuterlar tizimning asosiy qismi bo‘lib, ular bosh va alohida turgan mikrokompyuter, ishchi stansiyalardan iborat bo‘ladi.
2. Ma’lumotni kiritish-chiqarish vositalari va skaner, digitayzer, telekamera, printer, plotter kabi uskunalardan iborat bo‘ladi.
3. Dasturlar tizimning muhim qismidir va ularsiz ish olib boribbo‘lmaydi. Ular “Nima kilish kerak? “Ishni qanday bajarish kerak?” degan savollarga javob beradi.

Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə