Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish


Yer to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Davlat Giodizya tarmoqlari



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə3/179
tarix27.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#162599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Ер тузиш ЎУМ

2.Yer to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Davlat Giodizya tarmoqlari
REJA

1.YEr fondining toifalari.


2.Qishloq xo‘jalik yer turlari.
3.YEr tuzish loyihalashini iqtisodiy asoslash.
4.YErning ekologik xususiyatlari.

Tayanch tushunchalar: YEr resursi, xudud, toifa, zaxira yerlar, yer uchastkalar, inshoatlar, tabiiy muhofaza qilish, ixotalar, fond salmog‘i, aholi punktlari.
Adabiyotlar: 4, 5, 6, 7, 8, 9,10,12,13,14
1. YErlardan foydalanishni tartibga solish maqsadida davlat yerlari maydonlari va yer turlari bo‘yicha alohida ishlab chiqarish komplektivlari va fuqarolari o‘rtasida, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari o‘rtasida tarqatadi.
O‘zbekiston Respublikasining hududi 44890,1 ming gektarga teng bo‘lib, davlat yerning yagona egasi sifatida yer fondini boshqarishini amalga oshiradi. YEr fondi yerlardan foydalanishning asosiy maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  1. Qishloq xo‘jaligi yerlari – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yoki ana shu maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;

  2. Aholi punktlarining (shaxarlar va qishloqlar aholi punktlarining yerlari), shahar qishloq aholi punktlari chegaralari doiralaridagi yerlar;

  3. Sanoat, transport, aloqa, mudofa maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan yerlar;

  4. Tabiatni muxofaza qilish, rekreatsiya maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan yerlar;

  5. Tarixiy madaniy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan yerlar;

  6. O‘rmon fondi yerlari;

  7. Suv fondi yerlari;

  8. Zaxira yerlar.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki shu maqsadlar uchun belgnilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar deb hisoblanadi.
YEr qonunlarda yerga egalikning doimiy va umrbod merosiy turi ajratilgan. Doimiy yer egaligi - bu qishloq xo‘jaligi va doimiy o‘rmon xo‘jaligi yuritish uchun jamoa (davlat) xo‘jaliklariga, boshqa davlat, kooperativ, jamoa korxonalariga, muassasalar, tashkilotlarga doimiy egalik qilish maqsadida beriladigan yer egaligidir. U pullik va muddatsiz.
O‘zbekiston Respublikasi fuqoralariga yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun yer umrbod meros qilib qoldiriladigan tarzda egalik qilishga beriladi.
Shahar doirasidagi barcha yerlar, shaxar yerlariga kiradi. Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tarkibida anna shu punktlar uchun belgila qo‘yilgan chegaralari doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Sanoat yerlari jumlasiga sanoat korxonalariga, energetika korxonalariga, ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshoatlar qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Transport yerlari jumlasiga temiryo‘l, ichki suv transporti uchun doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Aloqa yerlari jumlasiga aloqa hamda tegishliinshoatlarni joylashti-rish uchun aloqa, radioyeshittirish va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi.
Qurolli kuchlar, chegara, ichki va temiryo‘l qo‘shinlarining tabiiy qismlari, xarbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashishi hamda doimiy faoliyati uchun berib qo‘yilgan yerlar mudofaa ehtiyoji uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi.
Suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun tashkilotlarga belgilangan tartibda berib qo‘yilgan suv xavzalari (daryolar, ko‘llar suv omborlari va h.k) gidrotexnika va suv xo‘jaligi inshoatlar egallab turgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, tabiat yodgorligi yerlari kiradi.
Aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar rekreasiya uchun mo‘ljallangan yerlar.
Tarixiy madaniy qo‘riqxonalar, mineral bog‘lar, maqbaralar, arxeologiya tarix va madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar madaniy ahamiyatga molik yerlar qatoriga kiradi.
O‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.
Zaxira yerlar tuman, shaxarlarining davlat hokmiyat organlari tasarrufida bo‘ladi va qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun egalik qilish, foydalanishga va ijara berishga mo‘ljallanadi.
YErni xududiy, miqdor va sifat jihatdan tavsiflash uchun yer turlarining klassifikasiyasi kiritilgan. Turlicha tabiiy xususiyatlariga ega bo‘lgan, aniq bir ishlab chiqarish maqsadlarida tizimli tarzda foydalanadigan yer bo‘laklariga yer turlari deb e’tirof etiladi.
2. Qishloq xo‘jalik muxsulotlarini yetishtirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanilgan yer turlariga qishloq-xo‘jalik yer turlari deb ataladi.
Qishloq xo‘jalik yer turlariga quyidagilar kiradi:

  1. Haydalma yerlar;

  2. Ko‘p yillik daraxtlar;

  3. Bo‘z yerlar;

  4. Pichanzorlar;

  5. Yaylovlar.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish maqsadida mustaxkam ravishda foydalaniladigan yer turi haydalma yerlardir. Bunga ekilgan ko‘p yillik o‘tlar va dam berish uchun qoldirilgan shudgor yerlar ham kiradi.
Ko‘p yillik daraxtzorlarga bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar va mevali ko‘chatzorlar kiradi.
Muntazam ekin ekib kelingan, ammo bir yil va undan ortiq davrda (kuzdan-kuzgacha) haydalmagan va foydalanilmay qolgan yerlar bo‘z yerlardir.
Uzluksiz pichan o‘rib turiladigan qishloq xo‘jalik yerlari pichanzorlardir.
Qishloq xo‘jaligida chorva mollarini uzluksiz boqish uchun foydalaniladigan yerlar yaylovlar e’tirof yetiladi.
YEng yaxshi loyihaviy yechimni tanlash va uni asoslash yerdan foydalanuvchilar xududini tashkil qilishda ba’zi bir elementlarni joylashtirishning loyihaviy yechimlarini baholash natijalari asosida o‘tkaziladi. Loyihada yer melioratsiyasi gidrotexnik inshoatlarning joylashishi yo‘l tarmoqlarini loyihalash bilan bog‘liq bo‘lan qator oraliq masalalar yechiladi.
3. Loyihani iqtisodiy asoslashda iqtisodiy hisob-kitobning quyidagi umumiy tamoyillaridan foydalaniladi:

  • Xududni tashkil qilish elementlarini loyihalashning zarurligini asoslash;

  • Qimmatbaho qishloq xo‘jalik yerlarining yuqotilishini aniqalash;

  • Loyihalash ishlarning narxini aniqlash;

  • Xududni tashkil qilish elementlari loyihalangan inshoatlarning samaradorligini aniqlash;

  • Loyihaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi;

  • YEr tuzish loyihasini tuzishga sarflangan xarajatlar;

  • YEr tuzish obektlarining miqdori va sifat o‘zgarishiga (yer turlarining transformasiyasi, ularning yaxshi-lanishi va boshqalar) ketgan sarf-xarajatlar;

  • Aholi yashaydigan punktlar xo‘jalik markazlari dala shiyponlarining qurilishi va yaxshilanishi, ko‘p yillik daraxtlarni ekish, gidrotexnik inshoatlarining qurilishi va boshqalar uchun ketadigan kapital xara-jatlar;

  • O‘simlikchilik, chorvachilik va boshqalar bo‘yicha yalpi maxsulot qiymati;

  • Xo‘jalik bo‘yicha sof daromad;

  • Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi.

4. Insonning atrof muhitga bo‘lgan tasirining kuchayishi munosabati bilan ekologiyani o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish va ularning inson faoliyati natijasida sifatli o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Ob-havo, joy relefi, tuproq va o‘simlik qoplamasi, geologiya, gidrografiya va boshqa fizik-geografik faktor-lar mamlakatning turli tabiiy-iqtisodiy hududlaririni tavsiflaydi.
Ob-havo qishloq xo‘jalik ekinlarning o‘stirish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini aniqlab beradi.
Joy relefi hosil bo‘lish jarayonining rivojlanishga ta’sir qiladi.
Tuproq yerning ustki unumdor qatlami. Tuproqni o‘rganish va ularni hududiy joylashtirishni o‘rganish uchun tuproqni tekshirish o‘tkaziladi, uning natijalari yer tuzishni o‘rganish uchun kerak bo‘ladi.
YEr haqidagi geologik ma’lumotlar grunt suvlarining sathi, gumus gorizontining miqdori va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
XULOSA:
Mamlakatimiz tashqi chegaralari ichidagi yer davlatimiz mustaqilligining hududiy asosini tashkil etadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga asosan va mazkur hududda yashayotgan xalqlar xayoti va faoliyati asosi hisoblanadi. Bunda yer xususiy, davlat va boshqa mulkchilik shakllarida bo‘lishi mumkin.


Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə