Ahmadaliyeva sabo murodovna pragmatonimlarning etimologik, leksik-semantik va struktur tadqiqi



Yüklə 371,58 Kb.
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü371,58 Kb.
#163992
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
АВТОРЕФЕРАТ АҲМАДАЛИЕВА ЯНГИ (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Qo‘lyozma huquqida
UO‘K: 811.512.133’373.2

AHMADALIYEVA SABO MURODOVNA
PRAGMATONIMLARNING ETIMOLOGIK, LEKSIK-SEMANTIK VA STRUKTUR TADQIQI
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi
avtoreferati

Qo‘qon – 2023
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida keyingi yillarda onomastik birliklar, jumladan, pragmatonimlarni uning yaratuvchisi bo‘lgan inson omiliga xos individual xususiyatlar, sotsiolingvistik muhit hamda xalq madaniyati va mentaliteti kabi ekstralingvistik omillar bilan aloqadorlikda o‘rganish muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Mazkur qarashlar negizida yuzaga kelgan antropotsentrik paradigma immanent yondashuv doirasida shakllangan ayrim xulosalarni tubdan o‘zgartirib yubordi va unga ko‘ra til (nutq) egasi bo‘lgan inson asosiy o‘ringa chiqarildi. Shu nuqtai nazardan jahon tilshunosligida antropotsentrik paradigma doirasida yaratilgan pragmatonimlarga oid izohli va etimologik lug‘atlar soha rivoji uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.
Dunyo tilshunosligida bugungi kunga kelib antropotsentrik paradigmaning sotsiolingvistik, lingvokulturologik, pragmatik, psixolingvistik, neyrolingvistik kabi bir qancha yangi yo‘nalishlari vujudga kelgan. Hozirgi kunda onomastik ko‘lamdagi barcha birliklar qatorida pragmatonimlarni ham yangi paradigma asosida o‘rganish kun tartibiga qo‘yilgan. Shu boisdan ham pragmatonimlarning lingvomadaniy va sotsial-lisoniy xususiyatlarini tahlil etish xalqning milliy-madaniy o‘ziga xosligi, olamni milliy ko‘rish tarzi, diniy-mifologik qarashlari, urf-odatlari, qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir muhim ma’lumotlarni o‘rganish hamda tilning tadrijiy takomilini yoritishda alohida ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. O‘zbek onomastikasi doirasida pragmatonimlar maxsus to‘planmagan, monografik tadqiq etilmagan. Hozirgi kunda amalda qo‘llanayotgan barcha pragmatonimlarni zamonaviy tilshunoslik yutuqlari asosida tadqiq etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Zero “milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi1”. Shu ma’noda pragmatonimlarning leksik-semantik, nominatsion-motivatsion, etimologik, derivatsion, struktur, sotsiolingvistik va lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish, tasniflash hamda tavsiflash, shu asosda o‘zbek onomastikasini pragmatonimlarga doir ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy talqinlar bilan boyitish soha oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 -2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari; 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-son “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorlari, 2022-yil 20-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 371,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə